Salomatlik Ayollar uchun Hech qachon muzlatilgan holda sotib olinmasligi kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot

Hech qachon muzlatilgan holda sotib olinmasligi kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot

O'qildi: 242


Hech qachon muzlatilgan holda sotib olinmasligi kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot

Aksariyat oziq-ovqatlar yangiligida foydali, ammo muzlatilganida sifatini yo‘qotadi. Shuning uchun ularni sotib olmagan maʼqul. Jahon muzlatilgan oziq-ovqat sanoati yirik biznesdir. 2022 yil maʼlumotlariga ko‘ra 2021 yildagi 252,19 milliard dollardan 2030 yilga kelib 389,90 milliard dollargacha o‘sishi kutilmoqda. Bu muzlatilgan mahsulotlarning do‘konlarda soni sezilarli darajada oshadi deganidir. Biroq, oziq-ovqat xarid qilishdan oldin tajribali oshpazlarning fikrlariga quloq tutish zarur. Ularning fikricha, muzlatilgan shaklda bir qator mahsulotlarni sotib olishdan qochish kerak.

Brokkoli

Foto: Marie Claire

Oshpaz Syuzan Irbining so‘zlariga ko‘ra, muzlatilgan brokkolini pishirganda juda yumshoq bo‘ladi. Ammo bu chalg‘ituvchi holat. “Ishlab chiqaruvchilar muzlatilgan poyalarni asosan sifatsiz qadoqlarda yetkazib berishadi”, — deydi u. Oshpaz, retsept yaratuvchisi, fotograf va “The Forked Spoon” kitobining muallifi Jessika Randxava brokkoli nozik sabzavot ekanini, muzlatilganda o‘z taʼmini yo‘qotishini taʼkidlaydi. “Eng yomoni, brokkoli kabi nozik sabzavot muzlatilganida o‘z ozuqalarini yo‘qotadi”, — deydi MealFan oshpazi va bosh direktori Erik Sornoso. “Muz kristallarining paydo bo‘lishi hujayralar yorilishiga olib keladi. Bu suv faolligini kamaytirishi va ozuqa moddalarining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi”, — deb tushuntiradi u. Shunday qilib, muzlatilgan sabzavotlarni isteʼmol qilsangiz, hech qanday ozuqaviy qiymatga ega bo‘lmaysiz.

Non

Foto: Marie Claire

Garchi ko‘pchilik xamir mahsulotlarini muzlatishni tavsiya qilsa-da, bu samarali emas. “Non muzlatilganda uning konsistensiyasi o‘zgaradi”, — deydi oshpaz Dana Bujalski. Agar nonni yaxshi ko‘radigan bo‘lsangiz, hozirgina tandirdan uzilganidan yaxshirog‘ini topa olmaysiz. Do‘konda sotib olingan muzlatilgan nonga ko‘nglingiz to‘lmasa, uyda o‘zingiz non pishirishni o‘ylab ko‘ring.

Burger uchun kotletlar

Foto: Marie Claire

“Muzlatilgan burger kotletlari sotib olishga arzimaydi”, — deydi Jorjtaun(Texas)dagi City Post Chophouse kompaniyasining oshpazi Adrian Korkil. Har doim oziq-ovqat do‘konidan yangi qiyma go‘sht sotib oling va ziravorlar qo‘shing, bu muzlatilgandan ko‘ra yaxshiroq taʼmga ega.

Yog‘siz protein ( baliq, dengiz mahsulotlari, tovuq)

Foto: Marie Claire

 

Muzlatilgan baliq, dengiz mahsulotlari va tovuq go‘shtidan bir nechta ishonchli taomlar tayyorlash kafolatlatlangan bo‘lsa-da, Pazandachilik taʼlimi institutining oshpazlik sanʼati va oziq-ovqat operatsiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Shon Matiyevich ushbu toifadagi ovqatlardan uzoqroq turishni tavsiya qiladi. “Haqiqatan ham yog‘siz mahsulot muzlatkichda yaxshi saqlanmaydi”, — deydi u. Har qanday protein, uni muzlatib qo‘yganingizda, oqsilning hujayra devorlarini buzadi va undagi barcha suyuqlik oqib chiqadi. Oshpazning taʼkidlashicha, bu taʼsir branzino va Chili dengiz basti kabi yog‘li oqsillarda unchalik sezilmaydi.

Qulupnay

Foto: Marie Claire

Butun yil davomida mavsumiy vitaminlarni saqlab qolish uchun ko‘plab rezavorlar xavfsiz tarzda muzlatiladi. Biroq, bu tajriba qulupnayda ish bermaydi. “Qulupnay, g‘ovakli tabiati tufayli suv bilan to‘yingan va muzlatilganida tom maʼnoda bu parchalanib ketadi”, — deydi Syuzan Irbi. Muzlatilgan qulupnayni, hatto, smetanaga ham qo‘shish tavsiya etilmaydi. Muzlatilgan qulupnaydan kompot tayyorlagan maʼqul.

Qaymoqli desert uchun xamir

Foto: Marie Claire

“Zavarnoy” xamiri muzlatilgan holatda yaxshi saqlanmaydi. Misol uchun, kremli ​​eklerlar tayyorlaganda, chamadon shaklli pishiriq ko‘pirtirilgan qaymoq bilan to‘ldirilganda(qaymoqli pishiriqlar)“qarsildoq g‘ovak” paydo bo‘ladi, bu esa mahsulot tez buzilishiga olib keladi. Auguste Escoffier oshpazlik sanʼati maktabi xodimi Sara Gunderson muzlatilgan qaymoqli pishiriqlari yangilaridek xushtaʼm bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi.

Mavzuga doir:

  • Pishiriqlarni uzoq vaqt yangidek saqlash uchun xamirga nima qo‘shish kerak?
  • С vitamini: qaysi mahsulotlar tarkibida bor, nima uchun foydali va u koronavirusni davolashda yordam beradimi?




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.