Buni bilishingiz kerak: baliq pishirishda yo‘l qo‘yiladigan 7 ta xato
Bir nechta noto‘g‘ri qadamlar yangi va eng qimmat baliqning taʼmini buzishi mumkin. Barcha saʼy-harakatlar ketadigan keng tarqalgan xatolar haqida bilib oling, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.
Birinchi xato: Baliqni qovurishda noto‘g‘ri idishlardan foydalanasiz
Odatda, baliq qovurish uchun yopishmaydigan tovaga qo‘l uzatasizmi? Shoshmang. Baliqni qovurish uchun zanglamaydigan po‘latdan yoki chugun tovalar ancha yaxshiroq. Mazali qarsildoq qobiq yaratishning asosiy kaliti — barqaror haroratdir. Tubi ingichka tovalarda baliqni bunday qovurish oson emas.
Ikkinchi xato: Haddan tashqari namlik
Foto: “Noviy ochag”
Tuz va ziravorlar sepish va botirishdan avval baliqni qog‘oz sochiq bilan artib, uni quritishni unutmang. Haddan tashqari namlik qarsildoq bo‘lib qovurilishga va tuzli qorishmaning baliq ichigacha singib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suvi ko‘p baliq kutilganidek mazali bo‘lib qovurilmaydi.
Uchinchi xato: Tovani yaxshilab qizdirmaysiz
Agar tayyor baliq tovaga yopishib qolsa va bo‘laklanib ketsa, demak, qovurishdan oldin tovani yetarlicha qizdirmagansiz. Baliq qovurayotganda yog‘ni tejamang — usiz qarsildoq qobiq hosil bo‘lmaydi. Va ortiqcha yog‘dan xalos bo‘lish uchun tayyor baliqni qog‘oz sochiq ustiga qo‘ying.
To‘rtinchi xato: Qovurish vaqti
Baliq juda uzoq vaqt qovurilsa, u tabiiy sersuvligini yo‘qotadi va quruq bo‘lib qoladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun yaxshilab qizdirilgan tovada tez qovurish usulidan foydalaning. Agar qizil baliqni qovurayotgan bo‘lsangiz, go‘shtda oq chiziqlar — aylana oqsil izlari paydo bo‘lganda uni olovdan oling.
Beshinchi xato: Baliqni tez-tez aylantirasiz
Baliq bo‘laklarini qizib turgan tozada 5-7 daqiqa qovuring, shunda baliq ustida qobiq paydo bo‘ladi va baliq soki o‘zida qoladi. Qovurilayotgan baliqqa tegmang va qisqichlarni ishlatmang. Bu bilan yumshoq go‘shtni osongina maydalab yuborasiz va uni qotirib qo‘yasiz. Baliqni aylantirish uchun yupqa kapgir yoki bir juft sanchqi ko‘proq mos keladi.
Oltinchi xato: Baliqni noto‘g‘ri tanlash
Foto: “Noviy ochag”
Baliqning barcha turi ham qovurib pishirish uchun mos emas. Yog‘li treskadan mazali taom yoki sho‘rva tayyorlagan afzal. Tilapiyani esa marinad qilish kerak emas. Bu baliq go‘shti nozik bo‘lib pyurega aylanmasligi uchun xamir yoki non bilan qovurilgan bo‘lishi kerak. Retseptda keltirilgan ko‘rsatmalarga rioya qiling va baliq turini o‘zgartirmaslikka harakat qiling. Aks holda, o‘zingiz istagan baliq taomini tayyorlay olmaysiz.
Yettinchi xato: Baliq terisini tozalash
Baliq terisini yoqtirmasangiz, uni har doim likopda qoldirish mumkin. Ammo qovurish jarayonida uni olib tashlamaslik yaxshiroqdir. Tovada baliq parchalanib ketmasligi va baliq yog‘ni o‘ziga shimib olmasligi uchun u terisi bilan qovurilishi zarur.
Mavzuga doir:
- Uy bekalariga taom tezroq tayyor bo‘lishida yordam beradigan 10 ta layfxak
- Bilib qo‘ygan yaxshi: go‘shtni muzdan eritishning eng tez va sinalgan usuli
Manba