Salomatlik uchun: nima sababdan har doim yangi kiyimlarni sotib olgandan keyin yuvish kerak?
Do‘kondan o‘zingiz hali kiyib ko‘rmagan va sizdan avval ham hech kim kiyib ko‘rmagan yangi, o‘ramdan hozirgina o‘zingiz ochgan buyumni olib kelgan bo‘lsangiz, uni kiyishdan oldin bir marta yuving.
Yangi narsa uchun doim ishlov berish davrlari
Yangi kiyimlar o‘zi bilan birga uyga yana nimalar olib kelishi haqida juda ozchilik o‘ylaydi. Ammo do‘kondagi javonga tushishidan oldin har qanday kiyim bir nechta qayta ishlash davrlaridan o‘tadi.
Foto: “Noviy ochag”Birinchi sikl — oqartirish
Dastlab barcha tabiiy matolar(tolalar)to‘q jigarrangda bo‘ladi. Tabiiy rangini yo‘qotish uchun ular oqartirgich, vodorod periks, kislotalar yoki boshqa oqartirgichlarga namlanadi. Keyin quritiladi va tozalanadi. Matoda nima qoladi?To‘g‘ri, u oqartirilgan eritmaning eng kichik qurigan zarralari. Va sayqallash bilan reaksiyaga kirishgan pigment qoldiqlari.
Agar siz ushbu yangi tikilgan kiyimni kiysangiz va teringiz taʼsirchan bo‘lsa, unda tirnalish paydo bo‘ladi. Yengil qichishdan tortib og‘ir dermatitgacha.
“Stop. Men oq emas, rangli kiyimlar kiyaman!” Yaxshi
Foto: “Noviy ochag”Ikkinchi sikl — matoni bo‘yash yoki tayyor naqshlar bostirish
Jarayon avvalgidek. Matoga nam bo‘yoq(anilin bo‘yoqlari)qo‘llanadi, shundan so‘ng u quritiladi. Mato qanchalik teksturali va qalin bo‘lsa, unda quritilgan bo‘yoqning mayda zarrachalari shunchalik ko‘p qoladi.
Tabiiy shaklida ham ko‘pchilik anilin bo‘yoqlari kanserogendir. Kiyimlarni bo‘yash mumkin emas, chunki bo‘yoq suvda erimaydi. Ammo ular teringiz orqali organizmga tushadi.
“Odatda bo‘yalmagan va oqartirilmagan kiyimlar kiyaman!” Yaxshi
Foto: “Noviy ochag”Uchinchi davr — sotishdan oldingi tayyorgarlik
Kiyimlarni tayyorlash vaqtida, hatto eng tabiiylarini ham, mog‘orlab qolmasligi va buklanib ketmasligi uchun ular konteynerlarda Xitoydan do‘konga olib ketilayotganda barchasi qayta ishlanadi. Yangi kiyimlarga suv o‘tkazmaydigan vositalar bilan ishlov beriladi, ushbu kimyoviy vositalarning gippoallergen ekani haqida, ishoning, birov qayg‘urmaydi. Shuningdek, matoda chuqur tekislab bo‘lmaydigan burmalar hosil bo‘lmasligi uchun formaldegid qatroni bilan ishlov beriladi.
Ip g‘altakni birinchi marta to‘quv dastgohiga qo‘ygan paytdan boshlab tayyor ko‘ylak sizning qo‘lingizga yetib borgunga qadar matoni hech kim yuvmaydi. Ularga faqat teringizga shifo bermaydigan turli xil moddalar qo‘llanadi.
“E, ha. Tunov kuni oldingizda yubka kiyib ko‘rgan husnbuzarli o‘sha qizni unutmaylik”
Shuning uchun sotib olgandan so‘ng darhol yangi narsani kiyib ko‘rsatishga qanchalik shoshsangiz ham, avval uni bir marta yuvib oling.
Manba