Salomatlik Ayollar uchun 10 yilga yoshroq ko‘rinish uchun dietolog va kosmetologlardan 7 maslahat

10 yilga yoshroq ko‘rinish uchun dietolog va kosmetologlardan 7 maslahat

O'qildi: 394


10 yilga yoshroq ko‘rinish uchun dietolog va kosmetologlardan 7 maslahat

Yosh, kuchli va faol bo‘lishni barcha insonlar xohlasa kerak, to‘g‘rimi?Ammo buning uchun chuqur o‘yga tolishning keragi yo‘q. Quyida mutaxassislar tavsiya qilgan 7 ta ketma-ketlikni kundalik hayotda odatga aylantirish orqali bularga erishish juda oson.

Foto: “Domashniy ochag”

Tez-tez tabassum qilish

Foto: “Domashniy ochag”

Samimiy va quvonch bilan tabassum qiladigan odamlar hamisha yoshroq va g‘ayratliroq bo‘lib tuyuladi. Buni hattoki odamlarning yoshini suratlarga qarab aniqlashda olib borilgan tadqiqot natijasi ham isbotladi. Tadqiqot qatnashchilari suratdagi insonlarni 5—10 yilga yosh deb baholadi. Jiddiy odamlar aks etgan suratlarga esa nisbatan katta yosh berildi. Shuning uchun ham tabassum qilish kerak. Kulgi nafaqat hayotni, balki yoshlikni ham uzaytiradi.

Ko‘proq uzum iste’mol qilish

Foto: “Domashniy ochag”

Uzum, olxo‘ri va nokning shirinligi beradigan sorbit moddasi juda kuchli tabiiy namlantiruvchi vosita hisoblanadi. Ushbu mevalar tanovuli tufayli hujayralardagi namlik uzoqroq saqlanadi. Namlik — yosh va teri elastikligining asosiy siridir.

Qoshlarga e’tibor qaratish

Foto: “Domashniy ochag”

Chiroyli qoshlar qarishga qarshi bo‘yanishning asosiy tamoyilidir. Ular juda nozik bo‘lmasligi ham kerak. Shuningdek, soch rangidan biroz ochroq rang berish tavsiya etiladi. Bu bilan atrofdagilarning diqqatini jalb etish, yosh va ko‘rkam ko‘rinishga erishish mumkin.

Qo‘llarga g‘amxo‘rlik qilish

Foto: “Domashniy ochag”

Qo‘llar asosiy guvohnoma bo‘lib, yoshni yuzga qaraganda aniq namoyon qiladi. Buning uchun terini har kuni namlash va oziqlantirish bilan birga ultrabinafsha nurlaridan ham himoya qilish kerak. Xuddi yuzni asragan kabi qo‘llar ham himoyaga muhtoj.

Ko‘proq ko‘kat va sabzavot iste’mol qilish

Foto: “Domashniy ochag”

Ko‘kat va sabzavotlar, ayniqsa, pomidor tarkibida ko‘plab vitamin va minerallar mavjud bo‘lib, ular hujayralarning qarishini keltirib chiqaradigan erkin radikallar ta’siriga qarshi kurasha oladi. Bundan tashqari pomidor tarkibidagi likopen terini ultrabinafsha nurlaridan himoyalaydi. Albatta, ratsionga pomidor mahsulotini qo‘shish foydalidir.

Yog‘li baliq iste’mol qilish

Foto: “Domashniy ochag”

Miyani yosh bilan bog‘liq kasalliklardan himoya qilish uchun haftasiga ikki marotaba baliq iste’mol qilish kifoya. Bundan tashqari, yog‘li baliqlar mushaklar tonusi va teri tarangligini kuchaytiradi. Ba’zi kosmetologlar muntazam ravishda yog‘li baliq iste’moli tufayli qarishga qarshi kremlardan foydalanish shart emas, deya ta’kidlamoqda.

Sport bilan shug‘ullanish

Foto: “Domashniy ochag”

Haftada kamida 4 marotaba sport mashg‘ulotlarini bajarish mushaklar tonusi va sog‘lom uyqu uchun yetarli. Lekin uyqusizlik erta qarishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun haftada iloji boricha 150 daqiqa sport bilan shug‘ullanishni odat qilish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.