Salomatlik Ayollar uchun Yangi yilga tayyorgarlik: Mazali mandarinlar sotib olish uchun 9 ta maslahat (foto)

Yangi yilga tayyorgarlik: Mazali mandarinlar sotib olish uchun 9 ta maslahat (foto)

O'qildi: 337


Yangi yilga tayyorgarlik: Mazali mandarinlar sotib olish uchun 9 ta maslahat (foto)

Yangi yil yaqinlashmoqda, demak, sevimli bayram mevasi — mazali mandarinlar sotib olish vaqti keldi. Ularning xushbo‘y hidi darhol kayfiyatni Yangi yil rejimiga o‘tkazishi mumkin. AdMe nashri mazkur mavsum mevalarini tanlashda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun eng sara maslahatlar bilan bo‘lishdi.

Qaysi biri suvli ekanini bilish uchun 2 ta bir xil mevani solishtirib ko‘ring

Foto: AdMe

Mevalarni tanlashda ularning bir xil o‘lchamdagisini qo‘l bilan taqqoslab ko‘rish kerak. Qaysi biri og‘irroq bo‘lsa, u suvli bo‘ladi. Yengilrog‘i esa daraxtdan ertaroq uzib olingan va ko‘p vaqt davomida do‘kon rastasida turgani uchun suvsizlanib qoladi.

Mandarin yaxshilab tekshirib ko‘riladi


Foto: AdMe

Agar meva yangi bo‘lsa, uning uzilgan joyi oq va yumshoq bo‘lishi kerak. Atrofdagi qobiq qurib, jigarrang bo‘lsa, unda mandarin allaqachon eskirgan bo‘lishi mumkin.

Mandarin po‘stiga e’tiborli bo‘ling


Foto: AdMe

Mandarin po‘sti zich va qattiq bo‘lishi kerak. Agar po‘stlog‘ yumshoq va katta bo‘lsa, bu meva juda ko‘p sharbatini yo‘qotganini ko‘rsatadi.

Mandarinni barglariga ham qarab tanlash mumkin


Foto: AdMe

Meva barglari elastik va yashil bo‘lsa, bu uning yangi ekanini anglatadi. Biroq barglar juda tez quriydi, shuning uchun agar ular qurib qolsa va osongina sinsa, meva eskirgan bo‘lishi mumkin. Iloji bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida bir nechta belgilarga e’tibor berish yoki har doim yangi barglari bo‘lgan mandarinlarni tanlash tavsiya etiladi.

Turli mamlakatlardan kelgan mandarin navlarining ta’mi har xil


Foto: AdMe
  • Eng shirin mandarinlar Ispaniyada o‘sadi. Ushbu mevalar katta va juda yorqin rangga ega. Turkiya navlari ko‘proq nordon bo‘lishi mumkin. Ular kichikroq, qobig‘ining rangi och sariq rangga ega.
  • Marokash mandarinlari juda shirin, qobig‘i qizil-to‘q sariq rangga ega, deyarli barcha navlari urug‘siz.
  • Abxaziya mandarinlari biroz nordon va ajoyib hidga ega, uni hech narsa bilan aralashtirib bo‘lmaydi. Mevalar hajmi jihatidan ham farq qiladi, rangi sarg‘ish, masalan, ispan mandarinlari kabi yorqin emas.

Sotib olingan mevalarni kerakli joyda saqlang


Foto: AdMe

Ko‘pincha mandarinlar istalgan vaqtda olish va yeyish uchun stol ustida saqlanadi. Bundan tashqari, ular chiroyli va bayramona ko‘rinadi. Ammo bu mevalarni yorug‘ va iliq joyda qoldirish yaxshi fikr emas. Mandarinlar muzlatkichda, havo o‘tkazadigan idishda saqlansa, ta’mi va yangiligini ancha uzoqroq saqlaydi. Shu holdatda ularni 2-3 hafta davomida saqlash mumkin.

Klementinlar — mandarin va qizil apelsin gibridi


Foto: AdMe
  • Kichikroq mevalarni tanlash kerak, ular odatda shirin bo‘ladi. Kattalari biroz nordon bo‘lishi mumkin.
  • Po‘sti yumshoq va yupqa, rangi bir xil va yorqin, qora dog‘larsiz bo‘lishi kerak.
  • Agar butun qutini sotib olsangiz, uni har tomondan tekshirib ko‘rish va uning shikastlanmaganligiga va pastdan namlanmaganligiga ishonch hosil qilish lozim.


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.