Mashhur ayollardan 2021-uchun ruhlantiruvchi aforizmlar
Har kimning o‘z hikoyasi va o‘ziga yarasha kechinmalari bo‘ladi. Baland cho‘qqilarni zabt etishni ko‘zlagan inson qiyinchiliklarni yengishni ham bilishi, har gal qoqilganidan keyin ust-boshini qoqib yo‘lida davom etishi kerak. U yoki bu sohada dong taratish, ishining ustasi bo‘lish yoki shaxsiy munosabatlar borasida omad chopishi ham insonning o‘ziga va tanlagan yo‘li, hayotdan olgan saboqlariga bog‘liq. To‘g‘ri xulosa chiqarish, har qanday vaziyatda ham yengilmaslik uchun esa muvaffaqiyatga erishgan insonlarning qarashlari qaysidir ma’noda turtki bo‘lishi mumkin.
Mey Maskning “Rejasi bor ayol: baxtli hayot qoidalari” kitobidan:
Foto: Marie Claire“Model sifatidan men 10 tadan 9 marta rad javobini olaman. Biror nima o‘xshamaganida buning sababini qidirish kerak. Ko‘p ayollar o‘z kuchiga ishonmaydi. Ular hamma sohada muvaffaqiyatga erishish kerak deb hisoblaydi, atrofdagilarning tanqididan eziladi yoki hammasini birdaniga amalga oshirmoqchi bo‘ladi va muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Uddasidan chiqqan ishingiz bilan shug‘ullaning va har jabhada mutlaq eng yaxshi bo‘lishga intilmang”.
Krissi Taygenning shaxsiy blogidan:
Foto: Marie Claire“Men bilan bog‘liq voqea(bolasi tushib qolgan)yuraklaringizda qayg‘uli iz qoldirganidan afsusdaman. Ammo shundan keyin hayotimda insonlarning yaxshi amallari bilan bog‘liq lahzalar paydo bo‘ldi. Do‘konga borganimda sotuvchi bildirmasdan xarid aravacham ichiga gul solib qo‘yibdi. Ba’zida odamlar menga xat yuboradi. Aksari ayollar bunday quvonchli kichik lahzalarni his qila olmasligidan afsusdaman. Siz bilan bog‘liq hodisalar bilan bo‘lishidan qo‘rqmasligingizni hamda sizga qalbini ochayotgan insonlarga befarq bo‘lmasligingizni so‘rayman. Ba’zilar hali ham sukut saqlashni afzal bilgani sabab ham barchaga yaxshi munosabatda bo‘ling”.
Keyt Middltonning 2020-yil fevralda Happy Mum podkasti boshlovchisi bilan suhbatidan:
Foto: Marie Claire“Bolalar bilan birga sayr qilish kabi eng oddiy ishlarni amalga oshirish qanchalik muhim ekanligini juda yaxshi bilaman. Barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, ota-ona sifatida biz mana shunday oddiy lahzalar farzandlarimiz xotirasida qolishini yodda tutishimiz kerak. Men bu buni yoddan chiqarmaslikka harakat qilaman. Qizim Sharlottaning qo‘ng‘iroq gulni hidlayotgani aks etgan surati bor va aynan shu suratga muhrlangani kabi onlar men uchun katta ahamiyatga ega. Men har kuni mana shunga o‘xshash hatto ahamiyatsizdek tuyulgan kichik narsalarni vaqtim bo‘lmasa ham qayd etishga harakat qilaman. Bolaligingiz bilan bog‘liq qaysi xotiralarni eslay olasiz?Dam olish kunlari dars bajarib o‘tirganingiznimi yoki ota-onangiz bilan olovda sosiska pishirganingiznimi?Istardimki, farzandlarim oilamizni sohilga birga boradigan holda eslab qolsin. Ularning xotirasida uydagi stressli vaziyatlar muhrlanishini xohlamagan bo‘lardim”.
“Men doim farzandlarim oldida o‘zimni aybdor his qilish hissi bilan kurashaman. Buni his qilmasligini ta’kidlaydigan ayollarni aldaydi, deb o‘ylayman. Ushbu tuyg‘u farzand dunyoga kelishi bilanoq paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, katta mas’uliyatni ham his qilaman. So‘nggi yillar davomida, hatto homiladorlik vaqtimda ham boshqacharoq amalga oshirishim mumkin bo‘lgan ko‘p narsani o‘rgandim. Onaning emotsional holati to‘g‘ridan to‘g‘ri bolada aks etadi. Uchinchi farzandimga homilador vaqtim nima yaxshi ekanini birinchisiga homilador vaqtimdan ko‘proq tushunganman”.
Anya Teylor-Joy Marie Claire jurnalining 2020-yil oktabr soni uchun bergan intervyusidan:
Foto: Marie ClaireBetning xislatlaridan menga eng yoqqani(“Qirolichaning yurishi” serialida Ana Teylor-Joy gavdalantirgan bosh qahramon)ayolning 1960-yilda yashashiga qaramay, o‘sha davrga xos: ‘Sen qiz bolasan, buni istashing mumkin, buni yo‘q, dunyo seni mana shunday ko‘rishni istaydi’, degan standart me’yorlari va ko‘rsatmalariga rioya qilmaydi. Kishining jinsi yoki o‘zini qanday identifikatsiya qilishi orzularni cheklamasligi, shug‘ullanish mumkin bo‘lgan ish yoki sohani belgilab bermasligi kerak”.
Aleksandriya Okasio-Kortesning 2020-yil iyuldagi nutqidan:
Foto: Marie Claire“Fikrimcha, qiz farzand o‘stirgan har qanday erkak vijdonli inson bo‘lib qolmaydi. Rafiqasi borligi ham uni vijdonli qilib qo‘ymaydi. Boshqalarga hurmat-izzat va munosib munosabatda bo‘lgan insongina vijdonli bo‘ladi”.
Ledi Gaganing CBS Sunday Morning’ga bergan intervyusidan:
Foto: Marie Claire“Hayotimda ertalab uyg‘onganimda o‘zimni Ledi Gaga ekanligimni eslab, g‘amga botgan davr bo‘ldi. Men taniqliligim, yulduzligimdan nafratlanganman. Oilamdan boshqa yashash uchun sabab topa olmaganman. Bunday og‘ir tushkunlik meni uzoq vaqt tark etmadi va men hech nima qila olmadim. Keyin esa va nihoyat qo‘shiq yozishga qaytdim va kechinmalarimni musiqa orqali ifodalashga harakat qildim. Endilikda men Ledi Gagani yomon ko‘rmayman. Endi pianinoga qarab: ’Bu men yaxshi ko‘radigan pianino. U insonlar meni tinglashlariga imkon beradi’, deb o‘ylayman”.
Dolli Partonning Marie Claire’ga bergan intervyusidan:
Foto: Marie Claire“O‘zim haqimdagi qo‘shiqlarni yozish vaqti aqlim, qalbim va his-tuyg‘ularim so‘zlagan kechinmalarni qog‘ozga tushiraman. Ammo menda empatiya yuqori darajada bo‘lgani sabab ham boshqa odamlar, ularning boshidan o‘tgan narsalar haqida ham yoza olaman. Odamlarni chin qalbdan, samimiy yaxshi ko‘raman, bir odamda qandaydir yaxshi xislat topishga harakat qilaman. Dunyoda sodir bo‘layotgan narsalar menga ta’sir qilishi va men bu haqida yoza olishimdan baxtliman. Musiqachi sifatida bu men uchun juda muhim. Qo‘shiq men uchun hamma narsa. Har bir odam yangi qo‘shiq”.
Mey Maskning MC@WORK 2020 konferensiyasida Aleksandr Sipkin bilan suhbatidan:
Foto: Marie Claire“Ayolning ona bo‘lishni istashi yaxshi, ammo u farzandning voyaga yetishi va shundan keyin shug‘ullanishga boshqa yumush topishi kerakligini tushunishi kerak. Barchamizda uzoq muddatli strategiya bo‘lishi kerak”.
Natalya Vodyanova Marie Claire’dagi maqoladan:
Foto: Marie Claire“Pandemiya, tabiiy halokatlar, siyosiy va harbiy ixtiloflar — ushbu yil hayotni ag‘dar-to‘ntar qilish bo‘yicha rekord qo‘ydi. Ammo hayotiy vaziyat va atrofdagi insonlarga qanday munosabatda bo‘lish har qanday davrda ham insoniyat nazorati doirasida qoladi. Aynan hozir qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun har qachongidan ham ko‘proq birlashish kerakligiga ishonchim komil. Buning uchun bir-birimizni tinglashni bilish juda ham muhim. Hayot turfaligi bilan go‘zal, boshqalardan ajralib turish va nostandart yondashuv biznes va san’atda anchadan beri qadrlanadi”.
Manba