Salomatlik Ayollar uchun Kiyim-kechaklarning uzoq xizmat qilishiga hissa qo‘shuvchi 26 tavsiya

Kiyim-kechaklarning uzoq xizmat qilishiga hissa qo‘shuvchi 26 tavsiya

O'qildi: 332


Kiyim-kechaklarning uzoq xizmat qilishiga hissa qo‘shuvchi 26 tavsiya

Garderobdagi libos va kiyim-kechaklar uzoq vaqt xizmat qilish uchun to‘g‘ri saqlash va yuvishda ham ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.

Alohida yuvish

Och kiyimlarni to‘q ranglisidan, haddan ortiq kir bo‘lgan liboslarni esa biroz kirlanganidan alohida yuving.

Kir yuvadigan mashina ichiga haddan ortiq ko‘p kiyim-kechak solmang

Har bir mashinaga qancha kir solish mumkinligi yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Unga amal qilmaslik nafaqat kiyimlarning sifati, balki mashina buzilishiga ham sabab bo‘ladi.

Shkaflarni tekshiring

Kiyim va aksessuarlarni quruq va salqin joyda, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash kerak.

Jinsi

Jinsi shim uzoq xizmat qilishi uchun uni teskarisini qilib yuvganingiz yaxshi.

Foto: Cosmopolitan

Sviter va jemperni hadeb yuvavermang

Bunday kiyimlarni tez-tez yuvish mato sifati tushib ketishi va cho‘zilishiga olib keladi.

Kimyoviy tozalatish

Yangi va murakkab bo‘lmagan dog‘larni qo‘lda yuvgan yaxshi. Chunki kimyoviy tozalashda ishlatiladigan moddalar nafaqat kiyimlar, balki teri uchun ham zararli bo‘lishi, allergiya paydo qilishiga olib kelishi mumkin.

Zamok va shnurlarga e’tiborli bo‘ling

Kir yuvishdan avval kiyimning zamoklari va shnurlari taqilganini tekshiring. Bu uskuna ishdan chiqishining oldini oladi.

Foto: Cosmopolitan

Kiyim ilgich

Sifatsiz, arzon kiyim ilgichlardan foydalanish kiyimning yelka yoki boshqa ilingan qismining osilib qolishiga sabab bo‘ladi.

Tekislash uchun bug‘dan foydalaning

Kiyimlarni tekislash uchun bug‘li dazmoldan foydalanish mato sifati buzilishining oldini oladi.

Plastikdan foydalanmang

Kiyimlarni hech qachon plastik g‘ilof ichida saqlamang. Havo kirmasligi va harorat yuqori bo‘lishi hisobiga mato sifatiga zarar yetadi.

Kir yuvish

Agar kiyimni butunlay yuvmasdan dog‘ ketkazish usuli bo‘lsa, shundan foydalaning. Haddan ortiq ko‘p kir yuvish yuqorida takrorlanganidek, kiyimning shakli buzilishiga olib keladi.

Changdan saqlaydigan idish

Sumka va poyabzallar solib sotiladigan idishlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Undan foydalanish kiyim-kechaklarni changdan saqlaydi.

Almashtirib kiyining

Har kuni bitta kiyimni almashtirmasdan kiyish gigiyenik jihatdan ham to‘g‘ri emas. Almashtirib, yuvilgan va dazmollangan kiyimlarni kiyish kerak.

Kir yuvish mashinasining quritish funksiyasidan foydalanmaganingiz yaxshi

Tabiiy yo‘l bilan quritishning imkoni bo‘lsa, quritish funksiyasidan foydalanmang.

Dog‘ paydo bo‘lishi bilan uni bartaraf qilishga harakat qiling

Qon, yog‘ va boshqa dog‘lar vaqtida yuvib, tozalansa, ularni butkul ketkazishga muvaffaq bo‘lish mumkin.

Och rangli kiyimlarni tashqarida, to‘qlarini esa ichkarida quriting

Quyosh nurlari ta’sirida to‘q rangli kiyimlar oqarishi mumkin. Shuning uchun hovli yoki ochiq joyda och rangli kiyimlarnigina quriting.

Kiyimlarni mustaqil ravishda to‘qartirishingiz mumkin

Buning uchun mato bo‘yashga mo‘ljallangan qora bo‘yoq xarid qilib, qadoqdagi qo‘llash ko‘rsatmasiga rioya qilish kifoya.

Yostiq jildlaridan foydalaning

Kiyimlarga chang tushmasligi uchun maxsus idishdan tashqari, eski yostiq jildlaridan ham foydalansangiz bo‘ladi.

Kolgotkani muzlating

Yuvish jarayonida kolgotkalarda so‘kilishlar paydo bo‘lmasligi uchun biroz muddatga muzlatishni unutmang.

Lavandadan foydalaning

Yoqimli hid kelib turishi va kuya tushishining oldini olish uchun kiyimlar orasiga lavanda solib qo‘ying.

Garderobda tartib bo‘lishiga e’tibor bering

Kiyimlarni kiyim ilgichlarga ilib, shkafga joylang, sviter va jemperlarni taxlab qo‘ying. Ortiqcha g‘ijim bo‘lmaydi.

Ichini to‘ldirish

Mavsumga qarab poyabzal yoki sumkalarni olib qo‘yishdan avval shakli buzilmasligi uchun ichini qog‘oz bilan to‘ldiring.

Matodan kelib chiqib yuving

Ingichka va yupqa matodan tikilgan liboslarni maxsus qopchalarga solib, sovuq suvda yuvish kerak.

To‘qilgan kiyimlarni kiyim ilgichlarga ilmang

Bunday kiyimlar cho‘zilib qolmasligi uchun taxlab, shkaf polkasida saqlagan yaxshi.

Foto: Cosmopolitan

Charm matodan tikilgan kiyimlarga e’tiborli bo‘ling

Charm matosidan tikilgan poyabzal va sumkalarga maxsus vositalar bilan ishlov berib turishni unutmang.

Komplektlarni birga yuving

Har safar yuvilganda mato oqarishi mumkinligi sabab komplektlarni bittada yuvish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.