Salomatlik Ayollar uchun Oddiy tish kovlagichdan foydalanishning 15 ta noodatiy usuli 

Oddiy tish kovlagichdan foydalanishning 15 ta noodatiy usuli 

O'qildi: 244


Oddiy tish kovlagichdan foydalanishning 15 ta noodatiy usuli 

O‘tkir tish kovlagichlar tish va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasining muhim vositalaridan biridir. Uning yordamida siz tish cho‘tkasi yetib borishi qiyin bo‘lgan joylarni oziq-ovqat qoldiqlaridan tozalay olasiz. Tish kovlagichni nafaqat maqsadiga ko‘ra, balki uy sharoitida turli holatlarda ishlatish mumkinligi bo‘yicha baʼzi foydali maslahatlarni bilib olish foydadan holi bo‘lmaydi.

  1. Biskvitning tayyorligini tekshirish uchun tish kovlagichdan foydalaning. Keks yoki pirogni bu mitti tayoqcha bilan teshib, unda xamir izlari qolmaganligini tekshiring. Agar tish kovlagich quruq va toza bo‘lsa, shirinlik butunlay pishib bo‘ldi.
  2. Tish kovlagich yordamida siz smartfon g‘ilofini chang va qoldiqlardan oson tozalashingiz mumkin. Ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda ifloslantiruvchi moddalar qurilmaning ishlashiga taʼsir qiladi va uni muddatidan oldin ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi hech gap emas.
  3. Gulga suv quyish kerakmi, yo‘qmi, bilolmayapsizmi?Tish kovlagichni tuproqqa chuqur botirib, xonaki o‘simliklarga suv kerakmi yoki yo‘q — tekshiring. Agar nam tuproq tayoqchaga yopishib qolsa, siz gulni sug‘orishingiz shart emas.
  4. Mayda buyumlarga yelim surish uchun aplikator sifatida tish kovlagichdan foydalaning. Shunday tariqa ortiqcha narsalarni yopishtirmasdan ishni chiroyli bajarasiz.
  5. Tish kovlagich yordamida xonaki gulning singan poyasini saqlab qolish mumkin. Singan joyni bir nechta tish cho‘tkasi bilan aylantirib o‘rab oling va shikastlangan joyni yopishqoq lenta bilan o‘rang. Agar poyadagi asosiy “arteriyalar” uzilmagan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan to‘qimalarning birlashishi ehtimoli bor.
  6. Idish qopqog‘i ostiga bir nechta tish kovlagich qo‘ying. Bu bug‘ chiqishini taʼminlaydi va pishirish vaqtida ovqat toshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
  7. Yangi kartoshka po‘stini archmasdan pishirilgan taomni yoqtirasizmi?Har bir uchiga bir juft tish kovlagichdan tiqib, unga “oyoqlar” yasang. Kartoshkani pishirish listiga qo‘ying va pechda pishiring. Ushbu usul sabzavotlarni bir tekisda pishishiga yordam beradi.
  8. G‘altakda yo‘qolib qolmasligi uchun lentaning uchini tish kovlagichga o‘rab, g‘altakka qistirib qo‘ying.
  9. Sham yoqish uchun tish kovlagichdan foydalaning. Ular gugurtga qaraganda ancha uzoqroq yonadilar: bitta tayoqcha tug‘ilgan kun tortidagi shamlarni yoqish uchun yetarli.
  10. Agar sarimsoq bo‘laklarini qozonga vaqtincha, yaʼni taʼmi va hidi paydo bo‘lganidan keyin olib tashlamoqchi bo‘lsangiz, uni tish kovlagichga yopishtiring — bu sizga idishlardan qaynatilgan ziravorlarni tezda topishga yordam beradi.
  11. Mayda don va urug‘lar uchun tuproqda mikro chuqurchalar hosil qilishda tish kovlagichlardan foydalaning.
  12. Tish kovlagichlar soch taroqlari va uy hayvonlarining cho‘tkalarni tozalash uchun juda mos keladi. Yupqa yog‘och tayoqchalar, hatto, taroq tubiga yopishib qolgan ingichka soch tolalarini ham tortib olishga qodir.
  13. Siz hovlidagi suv sepadigan shlangdagi teshilgan joyni mahkamlashda tish kovlagichdan foydalanishingiz mumkin. Suv to‘xtaguncha tayoqni teshikka tiqing. Ortib qolgan yerini sindirib, shikastlangan joyni yopishqoq tasma bilan bir necha qatlam aylantirib o‘rang.
  14. Ko‘zoynak ramkasining vinti chiqib ketsa, uni tish kovlagich bilan almashtiring. Tayoqchaning o‘tkir chetini teshikka tiqing va uni bir necha marta bosim bilan aylantiring. So‘ng tish kovlagichning ortiqcha qismini sindirib tashlang. Bu yechim, albatta, vaqtinchalik, ammo professional taʼmirlashdan oldin shu holda ko‘zoynakni taqish mumkin bo‘ladi.
  15. Meva va sabzavotlardan sovg‘a guldastasini tayyorlash uchun tish kovlagichdan foydalaning. Gul do‘konidan o‘simliklarga mo‘ljallangan maxsus shimgichni oling(siz uni asos sifatida ishlatasiz)va uni toza pergament qog‘oz bilan o‘rang. Tanlangan sabzavot, meva va rezavorlarni tish kovlagichga, tish kovlagichni esa shimgichga yopishtiring. Guldastani dekorativ ko‘katlar va gullar uchun qog‘oz bilan bezang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.