Salomatlik Ayollar uchun Kiyimlar rangini qayta tiklashda asqatadigan tavsiyalar

Kiyimlar rangini qayta tiklashda asqatadigan tavsiyalar

O'qildi: 381


Kiyimlar rangini qayta tiklashda asqatadigan tavsiyalar

Albatta, kiyilgan kiyimlarning bir muddatdan so‘ng rangi avvalgidek yorqin emasligini ko‘rish mumkin. Ammo ularning avvalgi ko‘rinishini qaytarishning bir necha usuli mavjud.

Foto: “Housewife.ru”

Uy sharoitida kiyimning rangini tezda tiklash uchun kerak bo‘ladi:

  • iste’mol sodasi;
  • sirka;
  • nashatir spirti;
  • ammiak;
  • choy;
  • tuz;
  • siyoh;
  • rezina qo‘lqoplar.
Umumiy tavsiyalar

Kiyimlarga qayta rang berish uchun birinchi navbatda ularni yuvish kerak. Yuvilgandan keyin ular iste’mol soda eritmasiga solinadi: bir litr suv uchun bir osh qoshiq soda. Yana yorqin rang uchun, ayniqsa, qizil va ko‘k ranglar uchun eritmaga bir qoshiq 9 foizli sirka qo‘shiladi. Agar kiyim suvda yuvilsa, unga ozgina ammiak qo‘shilsa, pushti rang yanada yorqinroq bo‘ladi. Ranglarning to‘yinganligi va ularning o‘chmasligi uchun kiyimlar ammiak eritmasiga botirib olinadi: ikki litr suv uchun uch osh qoshiq ammiak. Misol uchun, ikki soat namlangandan keyin djinsi shimlar yangidek mukammal ko‘rinadi. Ammiak hidini yo‘qotish uchun kiyimni yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.

Kiyimni qayta bo‘yashda qo‘llarni himoya qilish uchun rezina qo‘lqop kiyishni unutmaslik lozim.

Alohida ranglar uchun tavsiyalar

Qaymoqrang, jigarrang, mallarang narsalar choy barglari yordamida tiklanadi. Rangning intensivligi choyning kuchiga bog‘liq. Jigarrang kiyimlar yashil yong‘oq qobig‘ining qaynatmasida chayilishi bilan yangilanadi. Shu bilan bir qatorda, qaynatmada cho‘tkani namlash orqali quruq kiyimga surish mumkin. Lekin, avvalo, matoning rangi choyga mos kelishini tekshirish lozim. Neylon kolgotkalar choy barglarida yuvilsa, ular uzoq muddat yorqin rangga ega bo‘ladi.

Yashil matolar uchun suvga achchiqtosh qo‘shiladi va mato yuviladi. Ko‘k rangli narsalarni iste’mol sodasi bilan yuvish foydali. Moviy va sariq ipak yangi yoki quruq apelsin qobig‘i qaynatmasi bilan yangilanadi.

Agar kashta tikilgan kiyimlar rangini yangilash kerak bo‘lsa, yuvishdan oldin ularni tuzli eritmada namlash zarur: bir litr iliq suv uchun ikki choy qoshiq tuz. Keyin kiyimlar kir sovun bilan yuviladi. Sovuq suvda chayilgach, siqmasdan quritishga qo‘yiladi. Naqshli kiyim ichki tomondan dazmollanadi, shunda kashtali liboslarning umri va rangi uzoqqa yetadi.

Qora rangli kiyimlar avval yuviladi, keyin sho‘r suv va yozish uchun ishlatiladigan ozgina qora siyohda yuviladi. Boshqa rangdagi narsalarni tiklash uchun ham mos rangdan foydalanish mumkin. Shuningdek, qora kiyim uchun tamaki eritmasi ham yordam beradi: bir litr suv uchun o‘n besh gramm tamaki. Ushbu eritmada namlangan cho‘tka bilan kiyimni bo‘yash ham mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.