Salomatlik Ayollar uchun Uyda hoziroq almashtirilishi kerak boʻlgan 10 ta narsa

Uyda hoziroq almashtirilishi kerak boʻlgan 10 ta narsa

O'qildi: 240


Uyda hoziroq almashtirilishi kerak boʻlgan 10 ta narsa

Hamma narsa vaqt oʻtishi bilan eskiradi, yirtiladi, eskiradi yoki yaroqsiz buyumga aylanadi. Shunda ularni tashlab yuboramiz. Shunday narsalar borki, ular uzoq vaqt xizmat qilgan boʻlsa-da, biz ulardan foydalanishda davom etaveramiz. Aslida bu narsalarni allaqachon yangisiga almashtirish vaqti allaqachon kelgan boʻlishi mumkin.

Idish-tovoqlarni yuvish uchun gubkalar

Foto: “Noviy ochag”

Ularni qanchalik tez-tez ishlatishingizga qarab har 2-8 haftada oʻzgartirishi kerak. Idish-tovoqlarni qoʻlda yuvsangiz, ularni tez-tez yangisiga almashtirib turing, maxsus mashinadan foydalansangiz, kamroq. Gubkalarda bakteriyalar toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ularni haftada bir marta dezinfeksiya qilish kerak. Buni mikrotoʻlqinli pechda yoki idishlarni yuvish paytida idishlarni yuvish mashinasining yuqori savatiga qoʻyish orqali amalga oshirsa boʻladi.

Ziravorlar

Uyda hoziroq almashtirilishi kerak boʻlgan 10 ta narsa
Foto: “Noviy ochag”

Quritilgan oʻtlar koʻrinishidagi ziravorlar har yili yangilanishi zarur. Maydalangan quruq ziravorlar 2 yilgacha, yirik murch, kardamon kabi maydalanishi kerak boʻlganlar esa 4 yilgacha saqlanadi.

Kosmetika vositalari

Foto: “Noviy ochag”

Koʻzga infeksiya tushmasligi uchun kipriklar uchun tush va koʻz qalam(podvodka)larni har 3 oyda oʻzgartirish tavsiya etiladi. Holati buzilgan yuz upa-eliklarini va qovoqlar uchun tenlarni har 2 yilda bir marta, suyuq tonal kremi ​​va lab boʻyogʻini yiliga bir marta almashtirib turish lozim.

Tish choʻtkasi

Foto: “Noviy ochag”

Stomatologlar uni har 3 oyda bir marta oʻzgartirishni qatʼiy maslahat berishadi. Agar sizda tishga kiyiladigan qobiq moslama yoki implant tishlar boʻlsa, unda tish choʻtkasini har 2 oyda bir marta almashtirgan afzal.

Suvni tozalash uchun filtr

Foto: “Noviy ochag”

Xonadoningizda suvni tozalash tizimlaridan foydalansangiz, filtrni almashtirish sanasini belgilashni unutmang. Bu nafaqat koʻza shaklidagi filtrlarga, balki oqim filtrlariga, shuningdek, ichimlik suvi va muz bilan taʼminlaydigan muzlatgichlarga oʻrnatilgan filtrlarga ham tegishlidir.

Vitamin va dorilar

Foto: “Noviy ochag”

Yiliga kamida bir marta, muddati oʻtib ketgan dori-darmonlarni tashlash uchun uydagi tibbiy qutichani tekshiring. Shuningdek, tibbiy dori vositalarining yorliqlari, qadoqlaridagi ishlab chiqarish va saqlash muddati sanalarini koʻzdan kechiring. Saqlash muddati unchalik uzoq boʻlmagan dorilar shunchaki shkafda koʻp joy egallaydi.

Oʻt oʻchirgich ( ognetushitel)

Foto: “Noviy ochag”

Ular, odatda, hovlida yashaydigan yoki mashina haydaydiganlarda boʻladi. Ha, oʻt oʻchirgichlarda, maʼlum boʻlishicha, yaroqlilik muddati ham bor. Yongʻin oʻchirish moslamasining turiga(koʻpik, kukun va boshqalar)qarab, u har xil boʻlishi mumkin — 4 yildan 10 yilgacha. Bundan tashqari, yongʻin oʻchirgichni yiliga bir marta yoki har ikki yilda bir marta tekshirish tavsiya etiladi. Buning uchun moslamaning koʻrsatkich chizigʻiga qarang. Agar u yashil rangda oʻrnatilgan boʻlsa, u holda oʻt oʻchirgich toʻgʻri bosim ostida boʻladi.

Hojatxona choʻtkasi

Foto: “Noviy ochag”

Albatta, bunday choʻtkalarda yaroqlilik muddati yoʻq. Ammo, u nihoyatda eskirib, ifloslanib ketgan boʻlsa, joyida turmay qulab tushaversa, dangasa boʻlmang va uni oʻzgartiring. Choʻtkalar narxi qimmat emas.

Yostiqlar

Foto: “Noviy ochag”

Ular har ikki-uch yilda bir marta oʻzgartirilishi kerak. Vaqt oʻtishi bilan yostiq ichida koʻplab bakteriyalar va oʻlik teri hujayralari toʻplanadi. Ular har kecha ter va teridan ajralgan moddalarni oʻzlashtiradi va bora-bora yostiq shaklini yoʻqotadilar, boʻyin va boshni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatadi. Bu esa bosh ogʻrigʻi, uyquning yomonligi, boʻyin, bel ogʻrigʻi va boshqalarga sabab boʻladi.

Kontakt linzalari uchun idishlar

Foto: “Noviy ochag”

Koʻz infeksiyasini oldini olish uchun nafaqat linzalarni saqlash idishidagi suyuqlikni, balki idishlarni ham oʻzgartirish lozim. Har 3 oyda, xuddi tish choʻtkasi kabi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.