Salomatlik Ayollar uchun Ko‘pchilik foydalanishda xatoga yo‘l qo‘yadigan 10 ta oshxona buyumi

Ko‘pchilik foydalanishda xatoga yo‘l qo‘yadigan 10 ta oshxona buyumi

O'qildi: 411


Ko‘pchilik foydalanishda xatoga yo‘l qo‘yadigan 10 ta oshxona buyumi

Oshxonaning har bir inson hayotidagi ahamiyatini e’tiborsiz qoldirish qiyin, chunki uyning bu qismida ko‘p vaqt sarflanadi. Shu bilan birga, har yili oshxona anjomlari xilma-xil bo‘lib bormoqda va yangi texnologiyalardan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, eng keng tarqalgan maishiy texnikadan har doim ham to‘g‘ri foydalanilmas ekan. Marie Claire nashri ishlatishda ko‘pchilik xatoga yo‘l qo‘yadigan oshxona buyumlari nomini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Blender

Foto: Marie Claire

Blender oshxonadagi asosiy yordamchilardan biri bo‘lib, uning yordamida qaymoqli sho‘rva, sous, smuzilarni osongina tayyorlash mumkin. Ammo mahsulotlarni keyingi safar ichiga solishdan oldin rioya qilish kerak bo‘lgan maxsus ketma-ketlik mavjudligini unutmaslik lozim. Avval suyuqlik bilan boshlanib, keyin kichik mahsulotlarga o‘tiladi, oxirida esa katta hajmli mahsulotlar solinadi.

Muzlatkich

Foto: Marie Claire

Ko‘pchilik sut, kefir yoki yogurtlarni saqlash uchun muzlatkich eshigidagi javonlardan foydalanadi. Aslida bunday qilmaslik kerak: bu javonlar muzlatkichning sovuq bo‘lmagan qismlaridan biridir. U  yerda ziravor, sous, suv, soda yoki sharbatlarni qoldirgan ma’qul, ular barqaror va ko‘proq sovitishni talab qilmaydi. Shuningdek, muzlatkichni zaxiraga olingan mahsulotlar bilan to‘ldirib yuborish odati mavjud. Ammo unda havo erkin aylanmasa, sovitish jarayoni buziladi va bu saqlanayotgan mahsulotlarga ta’sir qiladi.

Sarimsoq maydalagich

Foto: Marie Claire

Sarimsoq maydalagichdan foydalanishdan avval uni yuvib tashlashni unutmaslik lozim. Chunki juda mayda teshikchalarida avvalgi sarimsoqdan qolgan qoldiqlar bo‘lishi mumkin.

Idish yuvish mashinasi

Foto: Marie Claire

Ba’zi odamlar idish-tovoq mashinasini to‘ldirishda qanchalik ixcham taxlansa, shuncha yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Ammo, afsuski, bu joylashtirish usuli har doim ham ish bermaydi. Idishlar mashinaning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda joylashtirilishi kerak. O‘rtada eng kuchli suv bosimi mavjud. U yerda pomidor, kartoshka yoki ko‘p miqdorda uglevodlarni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat dog‘lari bo‘lgan idishlar joylashtirilishi kerak. Idishlarni yuvish vositasi ko‘proq ikki yonga taqsimlanadi, shuning uchun bu qismda oqsil mahsulotlari(go‘sht, tuxum, pishloq)iste’mol qilingan idishlarni yuvish tavsiya etiladi.

Mikser

Foto: Marie Claire

Agar o‘rnatiladigan mikserdan foydalansangiz, unda esda tutingki, uning balandligini o‘zingiz sozlashingiz mumkin. Bundan tashqari, bu nazorat qilish uchun ham kerak: mikser idishdan bir necha millimetr masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Mikserni biroz balandroq joylashtirish lozim, aks holda mahsulotlar bir tekis aralashmaydi, pastroq joylashtirilsa, idishga zarar berishi mumkin.

Qozon tutqichlari

Foto: Marie Claire

Har bir standart qozon tutqichlarida teshik bor. Ular nafaqat gazdan idishlarni olishni osonlashtirish uchun mavjud, balki kapgirlar uchun ham mo‘ljallangan. Keyingi safar ovqat pishirayotganda, aralashtirgichni tokchaga qo‘yish o‘rniga, uni tutqichdagi teshikka vertikal ravishda kiritishni unutmang.

Sabzavot tozalagich

Foto: Marie Claire

Kartoshka va boshqa sabzavotlarni tozalashda bitta qoida mavjud: jarayon gavdadan biroz uzoqroqda amalga oshirilishi kerak. Bu ham qulay, ham mahsulot toza bo‘lishiga yordam beradi. Lekin bu hammasi emas: sabzavot tozalagich nafaqat kartoshka va sabzi uchun ishlatilishi mumkin. Uning yordamida shokolad, taomga qo‘shish uchun pishloq, hatto piyozni ham osongina to‘g‘rash mumkin.

Spagetti qoshig‘i

Foto: Marie Claire

Spagetti qoshig‘ining o‘rtasidagi teshik faqat suvni to‘kish uchun, deb o‘ylamang. Ushbu qulay funksiyaga qo‘shimcha ravishda, uning asl maqsadi qismlarni o‘lchashdir. Bu kichik doira bilan spagetti suzishda aniq porsiyaga ishonch hosil qilish mumkin.

Taxtakach

Foto: Marie Claire

Ko‘pchilik plastik taxtakachdan ko‘ra yog‘ochini afzal ko‘radi. Lekin uni ishlatishdan keyin qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerakligini hamma ham bilmaydi. Namlik va issiqlik yog‘och buyumni yumshatishi mumkin, shuning uchun bu taxtalarni issiq suv jo‘mragi ostida yoki idish yuvish mashinasida yuvish mumkin emas. Taxtakachni tozalashning ajoyib usuli — yarimta limon va tuzdan foydalanish. Tuz kirni parchalaydi, limon esa sirtni dezinfeksiya qiladi. Ushbu proseduradan so‘ng taxtakachni toza sochiq bilan artib olish kifoya.

Oziq-ovqat chiqindilarini yo‘q qilish qurilmasi

Foto: Marie Claire

Ko‘pincha o‘ta kir idishlar issiq suv bilan yuviladi: bu bilan yog‘li dog‘lardan imkon qadar tezroq qutulish mumkin. Ammo agar rakovinada oziq-ovqat chiqindilarini tozalash moslamasi bo‘lsa, yuqori harorat bu oshxona jihoziga zarar yetkazishi mumkin. Issiq suv urilganda, mahsulotlar eriydi va bo‘tqaga aylanadi. Xavf shundaki, paydo bo‘lgan bu qalin qorishma quvur bo‘ylab oqib chiqa boshlaydi va devorlariga yopishadi. Shu sababli quvurlar vaqt o‘tib tiqilib qoladi. Shuning uchun chiqindilarni maydalagichga yuborgandan so‘ng suv bosimini sovuq holga keltirish kerak, shunda quvurlar soz holatda qoladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.