Changyutkichning tez buzilishiga sabab boʻladigan 7 ta narsa
Changyutgich avvalgidek tortmay qoʻydimi?Ehtimol, siz undan notoʻgʻri foydalanayotgandirsiz? Uy ishlarida beminnat yordamchingizni nima ishdan chiqarishi mumkinligini, uni qanday tuzatish yoki oldini olish yoʻllarini quyida batafsil bilib oling.
Har qanday texnika yillar oʻtib eskiradi va changyutgichlar ham bundan mustasno emas. Ammo qimmatbaho qurilmani tez buzib qoʻymaslik uchun uning “zaif tomonlari” haqida bilib qoʻygan yaxshi. Odatdagidek changni tortmay qoʻyishining eng koʻp uchraydigan sabablaridan tortish quvvatining yoʻqolishi, dvigatelning haddan tashqari qizishi yoki tozalash paytida yomon hidning paydo boʻlishidir. Yaxshiki, koʻpchilik bu muammolardan toʻliq xalos boʻlishning imkoni bor.
Changyutgich yaxshi tortmasa
Chang yigʻuvchi qop yoki quti uzoq vaqt davomida tozalanmagan boʻlsa, aniqki, changyutgich toʻliq quvvat bilan ishlay olmaydi, shunchaki changni soʻrish uchun boʻsh joy qolmagan boʻladi. Bu qoida, shubhasiz, hammaga maʼlum, ammo baʼzi ishlab chiqaruvchilar chang idishini 2/3 qismi toʻlganida, yaʼni bitta umumiy yoki bir nechta kichik tozalashdan keyin boʻshatishni tavsiya qiladi. Changyutgichni toʻla chang idishi bilan ishlatsangiz, bu nafaqat samarasiz, balki uning haddan tashqari qizib ketishiga sabab boʻladi.
Changyutgich changni tortib olishni toʻxtatgani sezsangiz, quyidagilarni bajarib koʻring:
Foto: “Noviy ochag”
- Chang idishini boʻshating;
- Shlangda biror nima tiqilib qolmaganini tekshiring;
- Shlangning changyutgichga ulanadigan joyni, u yerda ham nimadir tiqilib qolganmi yoʻqmi, tekshiring;
- Choʻtka va rolikka qarang, unga oʻralib qolgan barcha narsalarni olib tashlang.
Aksar hollarda, ushbu muammolarni bartaraf etish changyutgichni oldingidek ishlashi uchun yetarli boʻladi.
Changyutgich birdaniga qizib ketib, bir necha daqiqadan soʻng oʻchib qolsa
Changyutgich qizib ketishi va bir muddatdan soʻng oʻchib qolishi mumkin va bu xavotirli muammo emas. Changyutgich dvigateli 100 darajadan yuqori haroratgacha qizib ketsa, dvigatelni avtomatik oʻchiradigan sensor ishga tushadi. Bu funksiya jiddiyroq buzilishning oldini olish uchun kerak. Dvigatel koʻpincha yomon tortish tufayli qizib ketadi, bu filtrlarda chang haddan tashqari koʻp tiqilib qolsa paydo boʻladi.
Filtrlarni oʻzingiz tozalab, changyutgich ishlashini qaytadan tekshirib koʻring. Darvoqe, bu ishni muntazam ravishda, kamida bir necha oyda bir marta bajaring. Vakuum filtrlarini tozalash jarayoni modelga qarab oʻzgarishi mumkin. Baʼzilarini oddiygina suv ostida suyuq sovun bilan yuvish mumkin. Boshqalari esa bir necha oyda yangilari bilan almashtirilishi kerak. Filtrlarni qanday saqlash boʻyicha koʻrsatmalarni toping, lozim boʻlsa, almashtirish uchun filtr toʻplamiga buyurtma bering, ular alohida sotiladi.
Foto: “Noviy ochag”
Filtrlarni oʻzingiz yuvgan boʻlsangiz, ular butkul quriganiga ishonch hosil qilish uchun bir necha kun kutib turing va changyutgichdan foydalanmang. Hatto, toza filtr ham yetarlicha quruq boʻlmasa, ishlamay qolishi hech gap emas. Filtrni almashtirish va tozalash chastotasi changyutgich modeliga bogʻliqligini yodda tuting. Bularning barchasi, odatda, koʻrsatmalarda belgilangan boʻladi. Siklonli idishlarga ega changyutgichlar filtrlari tezroq toʻlib qoladi, shuning uchun ularni doimiy kuzatib turing.
Porolon filtr
Bir boʻlak porolon, odatda, changyutgichdagi havo tozalagichga yoki dvigatelning kirish qismiga oʻrnatiladigan boʻladi. Uni idish yuvish vositalari bilan iliq suvda yuvish va koʻp marta qayta foydalanish mumkin.
Qogʻoz filtr
Bu turdagi filtrlar qogʻozdan iborat boʻlib, vaqt oʻtishi bilan ifloslanadi, uni yuvish mumkin emas, choʻtka bilan tozalab, qayta oʻrnatib qoʻyish kerak. Lekin olib boʻlmaydigan zarrachalar qoladi, shuning uchun qogʻoz filtrlarni vaqti-vaqti bilan yangisiga almashtirish zarur.
Changyutgichdan hid tarqalsa
Eng koʻp uchraydigan sabab — changyutgichda nam boʻlishi. Agar nam joylarni tozalash uchun changyutgichdan foydalanmang, u bilan hoʻl qoldiqlarni va nam changni tozalashga urinmang. Ichkarida tutib qolingan namlik bakteriya va mogʻorlarning koʻpayishiga sabab boʻladi, bu esa yoqimsiz hidni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, namlik shlangga ham, trubaga ham tushib, uning devorlarida chirk toʻplana boshlaydi. Yana oʻsha eslatma: agar filtrlarni oʻzingiz yuvgan boʻlsangiz, ularni yaxshilab quriting. Qolgan suv tomchilari ham chirishga, mogʻorlanishga va natijada yoqimsiz hidning paydo boʻlishiga olib keladi.
Changyutgichni toʻliq quvvat bilan ishlatmang
Uydagi aksariyat yuzalarni oʻrtacha quvvatda tozalasa boʻladi. Negadir koʻpchilik har doim changyutgichni toʻliq quvvat bilan ishlatadi, motorga ortiqcha yuk hisoblanadi. Bundan tozalash sifati yaxshilanmaydi, dvigatelning eskirishi oshadi, elektr energiyasi koʻproq sarflanadi va oʻzingiz ham tez charchaysiz. Shu bilan birga, sifatli tozalash siri nafaqat tortish kuchida, balki toʻgʻri texnikada ham yotadi. Shunchaki shoshilishmasdan va xonaning perimetri boʻylab sekinroq harakat qilish kifoya.
Har qanday yuzani changyutgich bilan tozalamang
Odatda, changyutgichlar xonalarda toʻplangan oddiy changdan tozalash uchun ajoyib vositadir. Lekin ular polga tushgan har qanday chiqindini tortib olish uchun moʻljallanmagan.
Shisha
Singan oynani changyutgichda tozalamang. Shisha qirralari shlang va chang qopiga osongina zarar yetkazadi, shuningdek, ichki qismlarni yirtib yuborishi va hatto, changyutgichga yopishib qolishi mumkin. Bu vaziyatda supurgini qoʻlga olib, katta boʻlaklarni supurib olish, keyin nam mato bilan maydalarini artib olish yaxshiroqdir.
Soch
Sartaroshingiz kelib ketgach, pollaringizni changyutgichda tozalamang. Oddiy changyutgich koʻp miqdordagi sochlarga dosh bera olmaydi, ular tezda chang yigʻuvchi qismiga toʻplanib qoladi, choʻtka atrofiga oʻraladi va siz barcha qismlarni birma-bir obdon tozalashingiz kerak boʻladi.
Qurilish chiqindilari
Taʼmirdan keyin qolgan qurilish qoldiqlarini changyutgich bilan tozalashning hojati yoʻq, unda xonadon changyutgichi bardosh bera olmaydigan juda koʻp mayda zarralar va qurilish changlari mavjud. Yupqa chang filtrlarni tezda yopib qoʻyadi va qurilmaning ichki devorlarini qoplaydi. Siklonli konteynerli changyutgichlar ham qurilish changiga moʻljallanmagan.
Katta buyumlar
Koʻpincha tozalash paytida paypoqlar, paketlar, bolalar oʻyinchoqlari yoki tangalar changyutgichga tushib etadi. Bularning barchasi shlangga yopishib qolishi mumkin. Koʻp hollarda narsalarni bir uchidan tortib olish oson, lekin biror narsa mahkam yopishib qolgan boʻlsa, changyutgichni oʻchirib, qismlarga ajratib tiqilib qolgan narsani olib tashlang. Eng ogʻir holatlarda yangi shlangga buyurtma berish lozim. Changyutgich mebelga tiqilib qolsa, undan shlangni tortib olmang, shlangda yoriqlar paydo boʻlib, buning natijasida qurilma mustahkamligi va quvvatini yoʻqotishi ehtimoldan holi emas.
Manba