Mikroto‘lqinli pechdan foydalanishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato
Mikroto‘lqinli pechning xavfsizligi haqda hali ham ko‘plab savollar tug‘iladi. Kimyoviy zaharlanish, singan idishlar va portlashlar jihozni noto‘g‘ri ishlatishning mumkin bo‘lgan oqibatlaridan faqat bir nechtasi xolos. “Noviy ochag” nashri ushbu maishiy texnikadan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan xatolardan 10 tasini sanab o‘tdi.
Foto: “Noviy ochag”Muzlatilgan go‘sht
Ko‘pgina mikroto‘lqinli pechlar muzdan tushirish funksiyasi bilan jihozlanganiga qaramay, aksariyat mutaxassislar buni tavsiya qilmaydi. Hammasi haroratning notekis taqsimlanishi bilan bog‘liq: bo‘lakning qirralari erisa-da, go‘shtning o‘rta qismi muzlaganicha qolishi mumkin. Bu pishirilajak taomning ta’miga ta’sir qiladi.
Quritilgan mevalar
Mikroto‘lqinli pechda quritilgan mevalarni yumshatishga urinmaslik lozim. Bu bilan quruq mevalar namlik qoldiqlarini yo‘qotib, yaroqsiz holga keladi. Va ularning ba’zilari(masalan, mayiz)hatto qorayib ketishi ham mumkin.
Achchiq qalampir
Achchiq qalampir qizdirilganda o‘zidan o‘tkir moddalarni chiqaradi. Ular pechning eshigi ochilishi bilanoq ko‘zning shilliq qavatiga tushadi. Bu jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bolalar ovqati
Bolani tunda ovqatlantirish juda ko‘p energiya talab qiladi. Mikroto‘lqinli pechda ona suti yoki sutli bo‘tqani tezda isitish qanchalik oson bo‘lmasin, bu umuman mumkin emas. Mikroto‘lqinli pech ta’sirida suyuqlik qattiq isib ketishi, bu esa chaqaloqni zarar berishi mumkin.
Kiyim
Ajablanarlisi shundaki, mikroto‘lqinli pechning ba’zi egalari ho‘l kiyimlarni tezda quritish texnikasidan foydalanadi. Bu ham yaxshi fikr emas. Pech ichida namlik tezda bug‘lanadi, bu matoga zarar yetkazishi va hatto yong‘inga olib kelishi mumkin.
Stirofomdan tayyorlangan idishlar
Stirofomdan tayyorlangan bir marta ishlatiladigan idishlar hech qachon mikroto‘lqinli pechda qizdirilmasligi kerak. Mikroto‘lqinli pechlar ta’sirida bu plastmassa idishlar o‘zidan zararli moddalarni chiqarishi mumkin.
Qog‘oz paketlar
Qog‘oz paketlar va kartonli qadoqlangan mahsulotlar odatda qizdirilganda yonib ketishi mumkin. Mikroto‘lqinli pechda qog‘oz paketni faqat kamdan-kam hollarda isitiladi. Bu haqda ma’lumot olish uchun mahsulotning yorlig‘i bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Plastik idishlar
Ba’zi plastmassalarni faqat qisqa vaqt davomida isitish mumkin. Oziq-ovqatlarni plastik idishlarda isitish qat’iyan tavsiya etilmaydi. Mikroto‘lqinli pechda plastik idishni ishlatish mumkinligini bilish uchun idishning pastki qismidagi belgilarni tekshirish kerak.
Keramika idishlar
Hamma keramika idishlar ham mikroto‘lqinli pechda foydalanish uchun mos emas. Chunki ularning aksariyati loydan qilingan. Mikroto‘lqinli pechda radiatsiya ta’sirida namlik bug‘lana boshlaydi, bu ko‘pincha idishlarning sinishiga olib keladi.
Bo‘sh mikroto‘lqinli pech
Bo‘sh mikroto‘lqinli pechni qasddan yoqish mumkin emas, ammo bu tasodifan sodir bo‘lishi mumkin. Agar pechda mikroto‘lqinli nurlanishni o‘zlashtiradigan obyekt bo‘lmasa, mikroto‘lqinlar pechning ichidan yana magnetronga qaytadi, bu muqarrar ravishda uning buzilishiga olib keladi.
Manba