Salomatlik Ayollar uchun Nima uchun go‘shtni mikroto‘lqinli pechda muzdan eritish mumkin emas?

Nima uchun go‘shtni mikroto‘lqinli pechda muzdan eritish mumkin emas?

O'qildi: 401


Nima uchun go‘shtni mikroto‘lqinli pechda muzdan eritish mumkin emas?

Bugungi kunda muzdan eritish funksiyasiga ega bo‘lmagan mikroto‘lqinli pechning modelini topish qiyin. Ammo bu haqiqatan ham foydalimi? “Noviy ochag” nashri mutaxassislarning bu boradagi fikri bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Muzlatkich va mikroto‘lqinli pechda go‘shtni muzdan eritishning eng mashhur ikkita usulini taqqoslab, mutaxassislar bir ovozdan birinchisini tavsiya qiladi. Shotlandiyaning Dandi shahridagi Abertay universiteti professori Kostas Statxopulosning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot 2 dan 6 darajagacha bo‘lgan haroratda bir necha soat davomida eritilishi kerak. Aks holda, mahsulotda zararli bakteriyalar tufayli zaharlanish xavfi paydo bo‘ladi.

Mikroto‘lqinli pech, professor Statxopulos muzdan eritishning yaxshi usuli emasligini ishonch bilan ta’kidlaydi. Sovuq harorat yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari, shu jumladan E. coli bakteriyalarining ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi, go‘shtning issiq muhitda keskin erishi esa bakteriyalarning sonini taxminan ikki baravar oshiradi, bu esa turli xil ovqat hazm qilish kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Go‘shtni xona haroratida muzdan tushirish ham yaxshi emas. Bu jarayon tez amalga oshmaydi va go‘sht oshxona stolida bo‘lsa, u millionlab patogen bakteriyalar bilan qoplanadi. Shuningdek, to‘satdan mahsulotni pishirish haqidagi fikr o‘zgarsa, uni qayta muzlatish jarayonida zararli mikroorganizmlarning aksariyati omon qoladi va go‘shtni iste’mol uchun yaroqsiz holga keltirish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.