Tish cho‘tkasidan unumli foydalanishning 8 usuli
Tish cho‘tkasining vazifasi faqatgina tishlarni tozalash emas. U ro‘zg‘orda boshqa maqsadlarda ham asqatadi. “Noviy ochag” nashri tish cho‘tkasidan unumli foydalanishning 8 usuli bilan bo‘lishdi.
Foto: “Noviy ochag”Fen
Foto: “Noviy ochag”Agar fen avvalgidek kuchli havo chiqarmayotgani yoki ko‘proq qizib ketayotgani sezilsa, unga chang tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin. Buning uchun vositaning orqa panjarasini cho‘tka bilan tozalab, avvalgi holga keltirish tavsiya etiladi.
Yopishtirgich
Foto: “Noviy ochag”Yopishtirgich yangi holatida o‘z vazifasini juda yaxshi bajaradi, ammo vaqt o‘tib o‘zida chang, ip va boshqa mayda narsalarni ushlab qoladi. Yopishtirgich butunlay yaroqsiz holga kelmasligi uchun uning har ikki tomonini tish cho‘tkasi bilan tozalash mumkin.
Gaz plitasi
Foto: “Noviy ochag”Gaz plitasida aynan gaz aylanasi atrofiga turli xil yog‘ va changlar yig‘ilib qoladi. Ushbu joyni gubka yoki latta bilan tozalash qiyinchilik tug‘dirsa, tish cho‘tkalari tozalashda ajoyib ko‘makchidir.
Kafellar
Foto: “Noviy ochag”Kafel yuzasini tozalash uchun bir qancha vositalar mavjud, ammo ular orasidagi joylarni tozalash muammo. Kafel oralarini tozalash uchun xlor va suv 1:1 nisbatda suyultiriladi va cho‘tka bilan tozalanadi. 15 daqiqaga qoldirib, yana cho‘tka bilan tozalanadi va toza suv bilan yuviladi.
Mebel va avtomobil o‘rindiqlari
Foto: “Noviy ochag”Divan, kreslo va o‘rindiqlarning tikuvlaridagi changlarni changyutkich bilan olib tashlash juda qiyin. Ammo tish cho‘tkasi yordamida ulardan oson xalos bo‘lish mumkin
Jo‘mraklar
Foto: “Noviy ochag”Murakkab shakldagi jo‘mraklarni doim ham gubka tozalay olmaydi. Umumiy tozalash uchun ba’zan tish cho‘tkasidan foydalangan yaxshiroq.
Rakovina tuynugi
Foto: “Noviy ochag”Rakovina tuynugi ham doimo o‘zida chiqindilarni to‘playdigan joy va uni tozalash biroz murakkab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu yerda ham xuddi jo‘mraklardagi kabi tish cho‘tkasi yordamga keladi.
Har qanday qurilma aksessuarlari
Foto: “Noviy ochag”Ayrim texnikalar ichidan ajrlaib chiqadigan qismlar muntazam ravishda tozalanib turishi kerak. Aks holda ularning ishdan chiqishi tezlashadi. Bu holatda ham tish cho‘tkasi asqatadi.
Manba