Salomatlik Ayollar uchun Maishiy texnikalarning faqat narxini oshiruvchi keraksiz funksiyalari

Maishiy texnikalarning faqat narxini oshiruvchi keraksiz funksiyalari

O'qildi: 403


Maishiy texnikalarning faqat narxini oshiruvchi keraksiz funksiyalari

Kundalik hayotda ro‘zg‘or uchun yordam beradigan ko‘p funksiyali qurilma sotib olish kerakmi?Ammo ishlab chiqaruvchilar uskunalarni qimmatroq sotish uchun qanday hiyla-nayranglardan foydalanishini bilib oling.

Foto: Pinterest

Changyutkich

Foto: Grazia

Avvalo, qurilmaning kuchi va g‘ildiraklarga e’tibor berish kerak. Katta xonadonlar uchun shnurning uzunligi muhim. Chang qoplari yoki konteyner har kimning xohishiga bog‘liq, bu tozalash sifatiga ta’sir qilmaydi. Lekin chang qoplarini muntazam ravishda sotib olish kerak bo‘ladi. Qurilmaning cho‘tkasiga o‘ralgan sochlarni kesib tashlaydigan qo‘shimcha maxsus pichoqqa ega bo‘lsa, bu ko‘pchilikka yoqadi. Agar xonadonning yengil bo‘yalgan devorlari bo‘lsa, rezina qoplamali changyutgich kerak bo‘ladi, aks holda devorda qora chiziqlar yuzaga keladi.

Xushbo‘y hid taratuvchi changyutgichlar biroz shubhali. Xushbo‘y hid tozalashdan keyin bir necha soat ichida yo‘qoladi. Yaltiroq yoki shaffof korpusli changyutgich yangi bo‘lgandagina chiroyli ko‘rinadi, keyin esa ichida, albatta, to‘planib qoladigan chang va kir tufayli chiroyli ko‘rinishini yo‘qotadi. Yuvish funksiyasiga ega changyutgichlarni tozalashdan keyin to‘g‘ri yuvish uchun vaqt bo‘lmasa, yoqimsiz hid paydo bo‘ladi. Kir konteynerni tozalashga vaqt yo‘qotishdan ko‘ra, polni yaxshi latta bilan yuvish yaxshiroqdir.

Kir yuvish mashinasi

Foto: Grazia

Kir yuvish mashinasini tanlashga ko‘pincha uning o‘lchamlari ta’sir qiladi. Shu sababli, ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning muhandislari har bir santimetr uchun kurashib, keng baraban bilan ixcham modelni yaratishga harakat qilmoqda. Shunday qilib, oltin o‘rtachani tanlash lozim. Hajmidan tashqari, energiya samaradorligi ham muhim.

Tavsiya etilgan dasturlarning soni emas, balki yuvish paytida suv haroratini va aylanishlar sonini sozlash qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Agar bunday funksiya mavjud bo‘lsa(deyarli barcha zamonaviy mashinalarda mavjud), har qanday dasturni o‘rnatish mumkin. Djinsi shimlar, bolalar kiyimlari, to‘q rangli va yengil kiyimlar – bu kir yuvish mashinasining xotirasiga o‘rnatilgan harorat va tezlikning variantlaridan boshqa narsa emas. Bug‘li yuvish funksiyasi yomon emas, lekin bu bilan faqatgina kir yuvish mashinasining narxi oshadi xolos. Quritish funksiyasiga ega mashinalar kurtka va yostiqlar uchun juda mos keladi. Bundan tashqari, yuvilgandan keyin kirlarini osib qo‘yish uchun joyi yo‘q bo‘lganlar uchun ham yaxshi. Ushbu funksiyaga ega kir yuvish mashinalari ikki baravar qimmat hamda elektr energiyasi uchun ko‘proq pul to‘lash kerak bo‘ladi.

Muzlatkich

Foto: Grazia

Muzlatkich har doim ishlab turgani sababli, energiya sarfiga e’tibor berish kerak. Sovutkichning o‘lchamini tanlashda oila a’zolarining soni hamda sotib olinadigan mahsulotlar miqdori inobatga olinishi zarur. Barcha modellarda ham mavjud bo‘lmagan foydali funksiyalardan biri – bu yoqimsiz hidlarni o‘zlashtiradigan maxsus ichki qoplama va uglerod filtrlari mavjudligini ta’kidlash mumkin.

O‘rnatilgan muzgenerator faqat o‘z hayotini sovuq ichimliklarsiz tasavvur qila olmaydiganlar uchun kerak. Aks holda, oddiy muz bo‘laklari uchun oddiy idishlar yetarli va ular muzlatkichda ko‘p joy egallamaydi. Vitamin Plus funksiyasi C vitamini bilan to‘yingan meva va sabzavotlarni qo‘shimcha ravishda foydali xususiyatlarini saqlab qolish va saqlash muddatini uzaytiradi. Ammo muzlatkichga bu kabi mahsulotlar qo‘yilsa-chi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Qo‘shimcha idishlar va javonlar ko‘pincha ortiqcha bo‘lib, katta joyni egallaydi. Masofadan boshqarish pulti bilan ishlab chiqarilayotgan muzlatkichlar internetga ulangan maishiy texnikalar orasida yangi tendensiyasidir. Ehtimol, yaqin kelajakda smartfon orqali uskunani boshqarish imkoniyati paydo bo‘lishishi ham mumkin.

Idish yuvish mashinasi 

Foto: Grazia

Eng ko‘p ishlatiladigan dastur – tez yuvish darajasi 40 daqiqagacha. Idishlarni yuvish vositalarisiz yuvadigan dastur ham qulay. Idishlar kichik bo‘lsa, ularni tez yuvish mumkin va to‘liq aylanish uchun hatto mashinada ham qoldirish mumkin.

Ko‘pgina qo‘shimcha dasturlar odatda 4-6 ta yetadi. Grafik interfeysga ega rangli ekran chiroyli bo‘lishi mumkin, ammo idishlarni yuvish sifatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Masofadan boshqarish funksiyasi tufayli idish yuvish mashinasining narxi, shubhasiz, yuqoriroq bo‘ladi, lekin idishlar kuniga bir necha marta yuvilmasa, energiya tejamkorligi unchalik sezilarli darajada bo‘lmaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.