Pechdan foydalanishda pishiriq hamda qurilmaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 7 xato
Pishiriqlar ko‘ngildagidek mazali chiqmaydimi?Balki pechdan foydalanishda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yilayotgandir. “Lisa.ru” nashri pishiriqlarga ham, qurilmaga ham zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatolarni sanab o‘tdi.
Foto: “Lisa.ru”Pechdan fen yoki isitkich sifatida foydalanish
Isitish tizimlari yoqilgunga qadar, shahar aholisi uyni ko‘proq pech bilan isitadi. Ammo qurilma qo‘llanmasi buni taqiqlaydi. Bu sog‘liq uchun xavfsiz degani emas(jiddiy kuyishlar yuz berishi mumkin), shuningdek, isitish elementlarining haddan tashqari qizishi uning ishdan chiqishiga olib keladi. Shuning uchun pechdan qo‘shimcha vazifalar talab qilmaslik lozim, uni maqsadga muvofiq ishlatish yaxshiroq.
Pechda boshqa idishlarni saqlash
Pechda qoldirilgan idishlar foydalanuvchining keng tarqalgan xatosidir. Birinchidan, tutqichlar yoki qopqoqlar u qizdirilganda erishi mumkin. Ikkinchidan, pishiriq qo‘shimcha hidlarni o‘zlashtiradi va kutilgan natijani bermyadi. Uchinchidan, elektr energiyasini sarflash ortadi, chunki qurilma nafaqat pishirish varag‘ini, balki qo‘shimcha idishlarni ham isitishi kerak. Shuning uchun pishirish vaqtida pech ustida hech narsa qolmaganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta taomlar pishirish
Bir vaqtning o‘zida bulochka va baliq pishirish yaxshi fikr emas. Garchi bu vaqtdan unumli foydalanishga yordam bersa ham. Umuman olganda, mahsulotlarning bir-biriga muvofiqligi bo‘yicha pishirish mumkin. Shundagina ta’m va hid borasida ham bir-biriga zarar yetkazmaydi. Yoki alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan katta pechlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Pishirish vaqtida pech eshigini tez-tez ochish
Har qanday pishirish jarayoni ma’lum harorat rejimini o‘z ichiga oladi. Agar tinimsiz pech eshigi ochib turilsa, texnika buziladi va natija sizni xursand qilishi dargumon. Go‘shtli pirog yoki shirinliklar uchun bu yaxshi emas, chunki ular ko‘tarilmasligi mumkin. Yaxshisi, pishirish vaqti tugaguncha uni derazasidan kuzatish tavsiya etiladi.
Pechga g‘amxo‘rlik qilmaslik
Pechni muntazam tozalashni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Bu nafaqat foydalanilgan pishirish varag‘iga, balki eshik va pech devorlariga ham tegishli. Agr har safar undan foydalanilgandan keyin oddiy nam mato bilan artilsa, unda yog‘ va yoqimsiz qolmaydi. Bordi-yu, buning aksi bo‘lsa, yog‘ va kir pechga havo kirib turishi kerak bo‘lgan teshiklarni yopib qo‘yadi va bu texnikaning ishdan chiqishiga olib keladi.
Pechdan chiqqan issiq pishiriqni uning eshigiga qo‘yish
Pechning yaxshi ishlamasligining yana bir sababi bor — eshikni ehtiyotkorlik bilan ishlatish. Pech eshigi og‘ir yuk uchun mo‘ljallanmagan. Shuningdek, biz uni keskin ochish ham tavsiya etilmaydi. Yuqori haroratda pishishi kerak bo‘lgan taomga birdan kirib borgan sovuq havo unga va pechga ham zarar yetkazishi mumkin.
Noto‘g‘ri idishlardan foydalanish
Pechning qo‘llanmasida maxsus idishlardan foydalanish haqda ko‘rsatmalar mavjud. Masalan, har qanday yeguliklarni pechning pishirish varag‘ida tayyorlagan ma’qul. Shuningdek, zapekanka va boshqa suyuq taomlar uchun maxsus chuqur cho‘yan idishlar, pirog va boshqa shirinliklar uchun silikon qoliplar mavjud. Boshqa oddiy, mumkin bo‘lmagan idishlar esa yuqori haroratda sinib yoki erib ketshi mumkin.
Manba