Salomatlik Ayollar uchun Kir yuvish mashinasidagi yoqimsiz hiddan butunlay qutilishning 7 usuli

Kir yuvish mashinasidagi yoqimsiz hiddan butunlay qutilishning 7 usuli

O'qildi: 305


Kir yuvish mashinasidagi yoqimsiz hiddan butunlay qutilishning 7 usuli

Kir yuvish mashinasidan vaqti-vaqti bilan kelib turadigan yoqimsiz hid bekajonlarning eng keng tarqalgan muammolaridan biridir. Marie Claire nashri ushbu muammodan tez va samarali xalos bo‘lishga imkon beradigan foydali layfxaklarni baham ko‘rdi.

Foto: Pinterest

Kir yuvish mashinasidagi yoqimsiz hidlar kukun idishida va qurilmaning boshqa qismlarida zamburug‘ va kir to‘planishi tufayli paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, bu muammo barcha kir yuvish mashinalariga, hatto juda qimmat brendlarga ham tegishli. Ammo har qanday uy bekasi bu muammoni chilangarni chaqirmasdan mustaqil ravishda bartaraf etishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini kirlarsiz ishga tushirish

Birinchidan, maksimal harorat va muddatda kir va kukunsiz oddiy yuvish tavsiya etiladi. Ko‘pincha, bu ma‘lumot mashinaning ko‘rsatmalarida ham ko‘rsatilgan. Ishlab chiqaruvchilar ushbu protsedurani oyiga bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda bajarishni tavsiya qiladi. Bu hidni bartaraf etish va zararli mikroblarni o‘ldirishning eng oson yo‘li.

Foto: Marie Claire

Iste’mol sodasining yordami

Eng mashhur usul — kukun bo‘linmasiga 2-3 osh qoshiq iste’mol sodasi qo‘shiladi va yuvish rejimi 90 darajaga keltiriladi. Iste’mol sodasi kir va zamburug‘ni yo‘q qilishga yordam beradi. Ushbu usul profilaktika chorasi sifatida ham qo‘llanilishi mumkin.

Limon kislotasi

Yana bir usul — kukun bo‘linmasiga limon kislotasini qo‘shish, ammo bu yordam bermasa, 2 va 3-usullarni birlashtirish mumkin. Ya’ni limon kislotasi bilan birga iste’mol sodasi qo‘shiladi va chayish rejimi yoqiladi.

Foto: Marie Claire

Dezinfeksiya

Ko‘pchilik kir yuvish mashinalarini tozalash uchun antibakterial xususiyatlarga ega maxsus yuvish vositalaridan foydalanadi. Ular kir yuvish mashinasini tozalash uchun juda qulay bo‘lib, muammoni bartaraf etishga yordam beradi.

Sirka

Kir yuvish mashinasidagi hidni yo‘qotish uchun sirka ishlatish ham nisbatan oson. Bu mexanizmlardagi kir va zamburug‘larni tozalashga yordam beradi va mashinani mukammal dezinfeksiya qiladi. Buning uchun kukun bo‘linmasiga 2 osh qoshiq sirka qo‘shib, 90 darajada yuvishga qo‘yish kifoya. 15 daqiqali yuvishdan so‘ng bir soatga qoldiriladi va keyin filtrda yuviladi. Ushbu usulga 4 oy ichida 1 martadan ko‘p bo‘lmagan holda murojaat qilish tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire

Yuvish vositalari

Noxush hid barabanning rezina manjetiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aynan shu yerda kir va mog‘or to‘lanadi. Bunday holda manjetni gubka va yuvish vositasi bilan artib olinadi va agar bu yordam bermasa, manjet yangisi bilan almashtiriladi.

Jiddiy tekshirish

Ba’zida yoqimsiz hidning sababi kanalizatsiya tufayli bo‘lishi mumkin. Ehtimol, kir yuvish mashinasi to‘g‘ri ulanmagan yoki uning harakati paytida kanalizatsiya shlangi qisilgan. Shu sababli, qolgan suv kanalizatsiyaga to‘liq tushmaydi, buning natijasida hid paydo bo‘ladi. Hid kela boshlagandayoq uskuna shlangini tekshirish yoki mutaxassisga murojaat qilish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.