Yalpizdan foydalanishning siz bilmagan 3 usuli
Ko‘plab insonlar o‘z uylarida yalpiz yetishtiradi. Ammo uning quritilib, choyga qo‘shilishidan tashqari boshqa maqsadlarda ko‘proq foydalanish mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto; “Noviy ochag”Aksariyat insonlar yalpizdan ichimlik tayyorlashda yoki ma’lum bir taomni bezash uchun vosita sifatida foydalanadi. Yana kimlardir uni salatlarga, ichimliklarga(ayniqsa tetiklantiruvchi)qo‘shishni yaxshi ko‘radi.
Yalpizdan bir qancha shirinliklar tayyorlash mumkin. Chunki do‘konlarda yalpiz ta’mini beruvchi pechenyelar xarid qilinadi. Ularning uy sharoitida tayyorlangani ham juda foydali, mazali hamda tabiiydir. Salqin ichimliklardan tashqari, yalpizdan damlama, sirop yoki murabbo tayyorlash mumkin. Lekin ulardan yana boshqa maqsadlarda ham foydalanish tavsiya etiladi.
Yalpizli tish pastasi
Foto: “Noviy ochag”Yalpizdan kimyoviy moddalarsiz, tabiiy tish pastasini tayyorlash mumkin.
Buning uchun kerak bo‘ladi:
- yalpiz yog‘i — 15 tomchi;
- iste’mol sodasi — 6 osh qoshiq;
- tuz — 1/3 choy qoshiq;
- glitserin — 4 osh qoshiq.
Yalpizli xushbo‘ylantiruvchi
Foto: “Noviy ochag”Quritilgan yalpizdan chiroyli, tabiiy, xushbo‘y qopchalar yasash mumkin va uni tayyorlash juda oson. Buning uchun bog‘ichli bir nechta xaltacha tikish kerak, ichiga quruq yalpiz, quruq gul barglari yoki boshqa quruq xushbo‘y o‘simliklar solinadi.
Ushbu xaltachalar xonaning har qanday qismiga joylashtiriladi. Ular asab tizimini mukammal darajada tinchlantiradi, uyqu va xotirani yaxshilaydi.
Yalpizli muz bo‘laklari
Foto: “Noviy ochag”Yalpizli muz bo‘lakchalari ichimliklar va kosmetik maqsadlar uchun juda mos keladi. Bunday muz terini mukammal darajada yangilaydi, uni yorqin qiladi.
Yalpizli muz bo‘lakchalari quydagicha tayyorlanadi:
- Yalpiz to‘g‘ralib, ustidan qaynoq suv quyiladi.
- Qopqoq bilan yopilib va suv soviguncha dimlanadi;
- So‘ngra muz qolipiga quyiladi.
- Agar muz bo‘lakchalari chiroyli bo‘lishini istasangiz, unda har bir qolipga yalpiz bargidan solish mumkin — ichimliklar qo‘shilganda juda chiroyli ko‘rinadi.
Manba