Salomatlik Ayollar uchun Uy bekalari uchun: hammomni tozalashda qo‘l keladigan eng yaxshi layfxaklar

Uy bekalari uchun: hammomni tozalashda qo‘l keladigan eng yaxshi layfxaklar

O'qildi: 455


Uy bekalari uchun: hammomni tozalashda qo‘l keladigan eng yaxshi layfxaklar

Agar ushbu layfxaklar amalda qo‘llanilsa, hammomni toza va tartibli saqlash uchun ko‘p harakat talab etilmaydi. “Noviy ochag” nashri bekajonlar uchun ajoyib layfxaklar taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Soqol olish uchun gel

Kichkina miqdordagi soqol olish uchun mo‘ljallangan gel kosmetik vositalardan qolgan dog‘larni osongina ketkazadi. Dog‘ ustiga bir yoki ikki tomchi krem quyilib, uni 10 daqiqaga qoldirish lozim. Shundan so‘ng oddiy gubka bilan artiladi. Kiyimlarni esa kir yuvish mashinasida yuvish mumkin.

Suv purkagich

Agar suv purkagich yoki jo‘mrakdan suv yaxshi oqmasa, ajratkichda xlor hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin, bu esa teshiklarni berkitib, suvning erkin oqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Buning uchun suv va sirka solingan idish yoki paket ichiga suv purkagich bog‘lanadi. Eritma ta’sir qilishi uchun sirkali paketni bir kechaga qoldirish kerak.

Melamin gubka

Vanna va dushning devorlaridan kir va bug‘lanishdan keyin qolgan qoplamani olib tashlash imkonini beruvchi qulay vosita. Dush qabul qilishdan oldin melamin gubkasi yordamida bir zumda ulardan qutilish mumkin.

Qiyin joylar uchun xitoy tayoqchalari

Jo‘mrak va boshqa tor joylardagi kirni tozalash uchun yaxshi vosita. Tozalash matosi tayoqchaga o‘raladi va yuzalar artib olinadi. Bundan tashqari, havo almashtirgich teshiklari uchun ham ushbu tayoqni ishlatish mumkin, chunki bu yerda juda ko‘p chang tiqilib qoladi.

Oyna tozalagich

Dush qabul qilayotganda hammom ko‘zgularini xiralashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun soqol kremi yordam beradi. U oyna yuzasiga yupqa qatlam bilan qo‘llanadi va mikrofiber mato bilan artib olinadi. Aytgancha, soqol kremi avtomobillarda ko‘zoynak yoki orqa ko‘zgularni artish uchun ishlatilishi mumkin.

Vanna tozalash uchun aspirin

Bir nechta aspirin tabletkalari vannani maxsus vosita kabi tozalashi mumkinligini bilasizmi?Aspirin tarkibidagi salitsil kislotasi tufayli ajoyib natijaga erishiladi. Shunday qilib, agar vannani tozalash vositasi tugasa, ikkita tabletkani suvda maydalab, odatdagidek tozalashni boshlash kerak. Aspirin har qanday tozalash kukuni yoki geli kabi rakovinalarda ham ishlatilishi mumkin.

Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan jo‘mraklar

Ularni soqol kremi bilan tozalash juda oson, u toza latta yoki gubkaga qo‘llanadi. Krem tarkibidagi emulsifikatorlar va faol moddalar har qanday zanglamaydigan po‘latdan yasalgan mahsulotlarni kimyoviy moddalardan foydalanmasdan parvarish qilish imkonini beradi.

Chaqaloq moyi

Oddiy chaqaloq yog‘i latta ustiga qo‘llanadi va dushdagi barcha jihozlar artib olinadi. Yog‘ kirlarni eritadi va uni tezda tozalab olish imkonini beradi. So‘ngra quruq latta bilan artish davomida ozroq chaqaloq yog‘idan foydalanilsa, jihozlarni yangidek ko‘rinishga keltiradi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.