Bekajonlar uchun: 15 daqiqada deraza tozalash sirlari
Qish fasli oxirlashi bilan derazalarni tozalash ishlari boshlanadi. Buning eng tez va samarali usuli bilan tanishib oling.
Foto: “Domashniy ochag”Bulutli kun – eng yaxshi vaqt
Birinchi qoidani unutmaslik lozim: bulutli kunda derazalarni tozalash yaxshiroq. Sababi quyoshda deraza yuvish vositasi tez qurib qoladi. Shunchaki yana nam mato bilan deraza artish esa ortiqcha vaqtni olishi mumkin. Bundan tashqari, qyosh nuri tufayli derazada dog‘lar ham tezda paydo bo‘ladi.
Derazalarni qanday tozalash kerak: eng yaxshi vosita
Foto: “Domashniy ochag”Albatta, deraza tozalovchi vositalar ham yaxshi, ammo oddiygina sirka va suv ham bundan qolishmaydi. Buning uchun sirka va iliq suv 1:8 nisbatda aralashtiriladi, iloji bo‘lsa 10 tomchi limon efir moyi ham qo‘shiladi. Ozroq hidi bo‘lishi mumkin, ammo u tez orada yo‘qoladi.
Dog‘larsiz tozalash
Foto: “Domashniy ochag”Buning uchun derazalar har xil yo‘nalishda tozalanishi kerak. Tozalagichni avval yuqoridan pastga, so‘ng o‘ngdan chapga qarab harakatlantirish lozim. Shundagina har qaysi tomonda mavjud bo‘lgan dog‘lar tozalanadi.
Romlarni qanday tozalash kerak?
Foto: “Domashniy ochag”Bu tish cho‘tkasi yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Dastlab ifloslangan ramkalar burchagiga iste’mol sodasi, so‘ngra sirka sepiladi. Aralashma ko‘pira boshlaydi. 15 daqiqadan so‘ng cho‘tka yordamida burchakdagi kirlar markazga to‘planib, tozalab olinadi.
Maxsus tozalagichlar
Foto: “Domashniy ochag”Ushbu tozalash vositasi matolarga qaraganda ancha qulay. Agar derazaning ahvoli juda yomon bo‘lsa, unda dastlab mato bilan, so‘ngra maxsus vosita bilan tozalash kerak.
Melamin shimgich
Romlardagi har qanday dog‘larni melamin shimgich bir zumda tozalaydi. Shundan so‘ng romlar yangi va oppoq ko‘rinishga keladi. Faqat shimgichlarni katta yuzalarga ishlatmaslik zarur, u ishqalanish davomida o‘z hajmini yo‘qotadi. Qor va yomg‘irdan qolgan aralash kirlarni mato, boshqa dog‘larni esa shimgich yordamida tozalash tavsiya etiladi.
Teleskop tozalagich
Foto: “Domashniy ochag”Qo‘l yetmaydigan yoki tozalash xavfli bo‘lgan joylarni teleskop tozalagich yordamida artish mumkin. Hozir uni barcha do‘konlardan xarid qilsa bo‘ladi.
Katta derazalar uchun changyutgich
Foto: “Domashniy ochag”Uyda derazalari ko‘p bo‘lgan bekajonlar uchun foydali qurilma. Bu vaqtni tejash bilan birga, derazalarni ko‘ngildagidek tozalaydi. Dastlab derazaning o‘ta kir joylari mato yoki boshqa vosita bilan tozalab olinadi. So‘ngra changyutgich yordamida derazalar tozalanadi. Lekin rom va tokchalar mato yordamida artilishi kerak.
Temir kurak
Foto: “Domashniy ochag”Agar derazalarda bo‘yoqdan yoki yopishqoq biror buyum natijasida dog‘lar qolgan bo‘lsa, u holda temir kurak yordamga keladi. Ushbu vosita derazalarni qirmasdan va boshqa zarar yetkazmasdan dog‘larni osongina bartaraf etadi.
Deraza uchun suyuq tozalash vositalari
Bu katta yo‘l yoqasida yoki chang va shirali daraxtlar soyasidagi derazalar uchun ayni muddao. Ushbu vosita derazalarga sepilganidan so‘ng biroz vaqt o‘tmay, darrov derazadagi dog‘larni yuvib tushadi.
Manba