Uy beklari uchun layfxak: tish pastasi bilan nimalarni tozalash mumkin?
Oddiy tish pastasining foydalari haqda ko‘pchilik bilmaydi. Ushbu vosita kundalik hayotda ko‘p narsada yordam berishi mumkin. “Noviy ochag” nashri oddiy tish pastasidan unumli foydalanish sirlari bilan bo‘lishdi.
Foto: “Noviy ochag”Zargarlik buyumlari
Maxsus tozalash vositalarini sotib olishning hojati yo‘q. Namlangan zargarlik buyumlariga ozgina pasta surtiladi va eski tish cho‘tkasi bilan ishqalandi. So‘ngra suv bilan yaxshilab yuvib tashlash mumkin. Ushbu layfxak melxior(mis va nikel aralashmasi)qoshiq va sanchqilarida ham qo‘llaniladi.
Xrom jo‘mraklar
Aslida oddiy iste’mol sodasi yoki sirka eritmasi ham juda yaxshi tozalaydi. Ammo ular bo‘lmaganda, nam gubkaga tish pastasini surtib, buyumni tozalash mumkin.
Chinni idishdagi choy va qahva dog‘lari
Iste’mol sodasi bo‘lmaganda tish pastasiga murojaat qilish mumkin. Aytgancha, bu sayohatda juda qo‘l keladi. Ko‘pchilik safarda sevimli stakanini o‘zi bilan olib ketadi. Lekin bu vaqtda iste’mol sodasini olib yurish shart emas. Shunchaki tish pastasidan foydalanish kifoya.
Kosmetik ko‘zgudagi dog‘lar
Pomada, tonal krem, upa bilan birgalikda turgan ko‘zgu ularning rangi tufayli xiralashib qolishi tabiiy. Oddiy paxtaga tish pastasini surtib, bir zumda uni tozalash mumkin.
Piyoz yoki sarimsoq hidi
Agar pichoq zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lsa, unda piyoz yoki sarimsoq hidi qolmaydi. Lekin boshqa turdagi pichoqlardan hidni bartaraf etish uchun tish pastasi surtilib, 10 daqiqaga qoldiriladi va yuvib tashlanadi. Qo‘ldan keladigan sabzavot hidlariga ham xuddi shu usulni qo‘llash mumkin.
Stol ustidagi stakan izlari
Bir tomchi tish pastasi surtilgan quruq salfetka bilan stol ustini artish kifoya.
Mebel ustidagi chiziqlar
Bolalar mebel ustiga qalam yoki marker bilan chizib yuborganda, tish pastasi muammoni bartaraf etadi.
Oyoq kiyimlarning oq tagliklari
Bir haftalik foydalanishdan keyin poyabzal o‘z ko‘rinishini o‘zgartirdimi?Pasta nafaqat tishlarni tozalaydi, balki krossovkalarni xuddi yangi sotib olgandek oppoq ko‘rinishga keltiradi. To‘g‘ri, buning uchun juda ko‘p pasta va eski cho‘tka kerak bo‘ladi, lekin natija bunga arziydi.
Manba