Kosmetika sumkasidan tez yordam: Kiyimlardagi muammoni bartaraf etishda yordam beradigan layfxaklar
Ba’zan kosmetik vositalarni o‘zida jamlagan sumka kutilmagan vaziyatlarda yordam beradi. Uni hattoki kichik ta’mirlash ustaxonasi bilan almashtirish mumkin, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”Tirnoq pilkasi — zamshni tozalash uchun
Zamsh poyabzaldagi qurigan loy va kirni tirnoq pilkasi bilan osongina olib tashlash mumkin. Dog‘ pilka bilan ishqalanadi. Buni qog‘oz yoki gazeta ustida qilishni unutmaslik lozim.
Soch uchun lak — lab bo‘yog‘i dog‘lari uchun
Lab bo‘yog‘i dog‘i ustiga lak sepiladi(lekin avval mato yuvilishi mumkinligiga ishonch hosil qiling)va u bir necha daqiqaga qoldiriladi. Dog‘ tozalanadi va keyin kiyimlar kir yuvish mashinasiga tashlanadi. Lakdan foydalanishdan oldin uning tarkibi bilan tanishib chiqish lozim. Chunki spirtsiz mahsulot ish bermasligi mumkin.
Tirnoq bo‘yog‘i kiyim tugmalari uchun
Agar koftadagi tugmachani ushlab turgan ip to‘satdan bo‘shagan bo‘lsa va tugmaning tushish xavfi tug‘ilsa, uni vaqtincha mahkamlash uchun ipni lak surtib, mahkamlash mumkin.
Tirnoq bo‘yog‘i kolgotkalar uchun
Agar kolgotka teshilgan bo‘lsa, uni to‘xtatish uchun yirtilgan joyga lak surtish kifoya.
Vazelin — qattiq zamoklar uchun
Agar kiyim yoki poyabzaldagi zamok yopishib qolsa yoki uni ochish qiyin bo‘lsa, uni moyli vazelinga botirilgan paxta bilan yog‘lash mumkin.
Limon sharbati va iste’mol sodasi — dog‘lar uchun
Ularning yordami bilan oq kofta, futbolka va ko‘ylaklarning qo‘ltig‘idagi sarg‘ish dog‘larni tozalash mumkin. Buning uchun limon sharbati va soda aralashmasi suv bilan namlangan dog‘ga qalin xamir shaklida qo‘llanadi, mato yaxshilab ishqalanib, so‘ngra kir mashinada yuviladi.
Sharob sirkasi — charmni tozalash uchun
Agar charm poyabzallarga yomg‘ir, qor yoki muz putur yetkazgan bo‘lsa, sharob sirkasi bunda yordam beradi. Unga tish cho‘tkasi namlanadi va dog‘larni olib tashlash uchun charm muloyimlik bilan tozalanadi..
Ichimlik sodasi poyabzal hididan xalos bo‘lish uchun
Poyabzal ichiga bir hovuch soda solinadi, bir necha soatga qoldirib, keyin olib tashlanadi. Iste’mol sodasi terni o‘zlashtiradi va barcha hidlarni bartaraf etadi.
Manba