Uzoq vaqt davomida saqlash mumkin bo‘lgan 10 ta mahsulot
Qaysi mahsulot qancha vaqt davomida saqlanishi kerakligiga qiziqayotganlar uchun ushbu ma’lumotlar ayni muddao, deb yozadi “Lisa.ru”.
Foto: “Lisa.ru”Makaron
Tadqiqotlarga ko‘ra, makaron o‘n yilgacha saqlanishi mumkin. Agar iloji boricha qorong‘i va quruq joyda saqlansa, unga hech narsa bo‘lmaydi. Havo qanchalik quruq bo‘lsa, saqlash muddati shunchalik uzoq bo‘ladi.
Oq guruch
Foto: “Lisa.ru”Oq guruchning saqlash muddati yanada uzoqroq. Agar u saqlanadigan harorat taxminan 4 daraja yoki undan past bo‘lsa, u 30 yil yoki undan ko‘proq vaqt davomida turishi mumkin. Shu bilan birga, u hech qanday ta’m yoki ozuqaviy xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Uni saqlashda shisha idishlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Sut kukuni
Ushbu mahsulot avvaldanoq katta hajmlarda ishlab chiqarilgan. Sut kukunidan foydalanib, juda ko‘p narsalar pishirish mumkin, shu bilan birga ushbu mahsulot uzoq vaqt davomida saqlanadi.
Quritilgan go‘sht
Quritilgan go‘shtning saqlash muddati uzoq vaqtni tashkil etadi. Oziqlanish xususiyatlarini yo‘qotishdan tashvishlanmasdan, uni har qanday shaklda iste’mol qilish mumkin.
Quritilgan loviya
30 yildan keyin ham yeyish mumkin bo‘lgan yana bir mahsulot. Aytgancha, bu boshqa dukkakli ekinlarga ham tegishli. Asosiysi ularni to‘g‘ri saqlash.
Makkajo‘xori
Quruq shaklda uning saqlash muddati ham 30 yil bo‘lishi mumkin. Lekin quruq joyda saqlash kerak. Havo aylanishi buzilmasligi uchun makkajo‘xorini poldan uzoqroq joyga qo‘ygan yaxshiroq.
Gerkules
Gerkules eng foydali don mahsulotlardan biridir. Uning yaroqlilik muddati yarim asr ekani haqidagi xabar esa quvontirmay qolmaydi. Shu bilan birga, sifatni saqlab qolish uchun harorat 24 darajadan past bo‘lishi kerak.
Bulyon bo‘laklari
Albatta, ular haqiqiy go‘shtli sho‘rva o‘rnini bosa olmaydi. Ammo shu bilan birga, ular tezda xushbo‘y taom tayyorlashga yordam beradi. Ularni o‘n yilgacha saqlash mumkin.
Non
Foto: “Lisa.ru”Agar non muzlatkichga qo‘yilsa, u o‘z ta’mini yo‘qotmasdan uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Uni pechda past haroratda isitib, iste’mol qilish mumkin.
Shakar
Ro‘yxatdagi yana bir uzoq umr ko‘radigan mahsulot. Shakar quruq, salqin joyda saqlanishi kerak. Shunda u asl ta’mini yo‘qotmaydi.
Manba