Salomatlik Ayollar uchun Agar har kuni makaron mahsuloti iste’mol qilinsa, nima bo‘ladi? Mutaxassis javob beradi

Agar har kuni makaron mahsuloti iste’mol qilinsa, nima bo‘ladi? Mutaxassis javob beradi

O'qildi: 316


Agar har kuni makaron mahsuloti iste’mol qilinsa, nima bo‘ladi? Mutaxassis javob beradi

Italiyalik oziq-ovqat mutaxassisi Lindsi Keyn spagetti iste’molining zararli hamda foydali tomonlari haqida bir qancha yangi ma’lumotlar berib o‘tdi. Marhamat, ular bilan tanishib, ratsiondan joy olgan makaron mahsulotini iste’mol qilish haqida yana bir bor o‘ylab ko‘rishingiz mumkin.

Foto: “wday.ru”

Ozuqaviy moddalarga boy sifatli parhezning bir qismi sifatida makaron mahsulotlari iste’mol qilinganda salomatlikka zarar yetkazmasligi mumkin. Makaron mahsuloti nafaqat mazali, balki foydali hamdir. Ortiqcha vazn esa faqatgina iste’molchining aybi bilan yuzaga kelishi mumkin.

Xo‘sh, har kuni ma’lum miqdorda spagetti tanovul qilinsa, nima yuz beradi?

Tana katta miqdorda energiya oladi

Jismoniy harakat bilan shug‘ullanuvchi ishtirokchilar uchun uglevod miqdorini oshirish, har qanday musobaqa oldidan organizmning energiya zaxirasini ko‘paytirish usuli uzoq vaqtdan beri odat tusiga kirgan. Sababi organizm uchun asosiy energiya manbayi murakkab uglevodlardir. Ular tanada parchalanib, ortiqcha qismi keyinchalik foydalanish uchun glikogen sifatida saqlanishi mumkin.

Kayfiyatni yaxshilaydi

Murakkab uglevodlar aslida miyada baxt gormoni deb ataladigan serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi. Serotonin, shuningdek, suyaklarning sog‘lig‘ini saqlashda muhim rol o‘ynaydi va jarohatlarni davolashda yordam beradi. Bu markaziy asab tizimiga va triptofan aminokislotasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, makaronni sevuvchilar uyqusizlik va depressiyaga kamroq moyil bo‘ladi.

Foto: “wday.ru”

Hujayra manbayi

Bu ko‘proq don unidan tayyorlangan makaron mahsulotlariga tegishli. Aynan shunday xamirli taom tanani to‘yintiradi. Shuningdek, xolesterin miqdorini kamaytiradi va oshqozon-ichak tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ammo organizm oq, tozalangan undan tayyorlangan makaronni tezroq hazm qiladi va shuning uchun bunday to‘yintirish samarasini bermaydi.

Vitamin va minerallar

Makaronlar nafaqat uglevodlar, balki tana uchun foydali bo‘lgan sog‘lom mikroelementlarning bir qismi hisoblanadi. Kislorod yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlaydi, erta qarish va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradigan erkin radikallarga qarshi kurashishda yordam beradi. Bundan tashqari, fosfor suyaklarning sog‘lig‘ida muhim rol o‘ynaydi va B vitaminlari energiya almashinuviga yaxshi ta’sir o‘tkazadi.

Oshqozon buzilishi

Makaronni ortiqcha iste’mol qilish oshqozonda og‘irlik va oshqozon-ichak tizimidagi boshqa noxush alomatlarni ham paydo qilishi mumkin. Natijada qorin shishadi. Bundan tashqari, qonda shakar o‘zgarishi mumkin, bu quvvatning ortishi o‘rniga sustlik va uyquchanlik holatini keltirib chiqaradi. Shuning uchun iste’mol qilinayotgan makaron hajmi bir musht miqdordan oshmasligi zarur.

Makaron mahsulotini parhez vaqtida yoki alohida iste’mol qilish mumkin

Qattiq bug‘doydan tayyorlangan makaronda juda ko‘p miqdorda kraxmal mavjud. Kraxmal prebiotik vazifani bajarib, bu ichakdagi foydali bakteriyalarni oziqlantirishga yordam beradi. Oziq-ovqat giperglikemiyasidan keyin shakar darajasini pasaytiradi, hujayralarning insulinga sezgirligini oshiradi.

Foto: “wday.ru”

Shuningdek, salat tarkibidagi sovitilgan makaronni iste’mol qilish yangi pishirilgan issiq makaronning bir qismiga qaraganda ancha foydali. Agar chindan ham makaronni yaxshi ko‘rsangiz, har qanday oziq-ovqat do‘konida glyutensiz yorliqli makaron mahsulotlarini xarid qilish mumkin. Ular guruch, makkajo‘xori, grechka va boshqa glyutensiz donlardan tayyorlanadi. Ushbu makaron tarkibidagi kaloriya miqdori qattiq bug‘doydan tayyorlangan makaron bilan bir xil. Biroq ular tarkibida oqsil mavjud emas. Inson o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, ratsioniga makaron mahsulotini kiritishi mumkin, ammo kaloriya miqdorini nazorat qilishni unutmaslik kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.