Suvga tushib ketgan telefonni qutqaradi, teri uchun foydali. Guruchning ko‘pchilik bilmaydigan foydali xususiyatlari
Guruchdan faqat taom tayyorlash mumkin, deganlar adashadi. U ro‘zg‘orda boshqa maqsadlarda ham qo‘l kelishi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Agar tasodifan telefon suvga tushib ketsa, ortiqcha vahimaning keragi yo‘q. Uni guruch bilan to‘ldirilgan idish yoki xaltachaga solish kerak. Pishmagan guruch donachalari ortiqcha namlikni yutib oladi. Buni tuz bilan ham amalga oshirish mumkin. U holda guruchga tuz qo‘shiladi.
Foto: “Domashniy ochag”Guruchdan ajoyib isitish vositasi ham yasash mumkin. Biror xalta yoki sumkacha ichi guruch donachalari bilan to‘ldiriladi. Agar tananing biror qismida og‘riq kuzatilsa, guruch to‘ldirilgan xaltacha mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi va biroz qizdiriladi. So‘ngra og‘riqli joyga bosiladi.
Foto: “Domashniy ochag”Guruch yordamida guldon yoki shunga o‘xshash idishlarni yuvish mumkin. Sababi guruchlar skrab kabi ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘l bilan idish ichini yuvish biroz qiyinchilik tug‘dirgan vaqtda guruch solib, idishni yaxshilab silkitish lozim. Natijada idish devoridagi kirlar bartaraf etiladi.
Foto: “Domashniy ochag”Qahva tayyorlash qurilmasini ham guruch yordamida tozalash mumkin. Buning uchun uning ichiga ma’lum miqdorda xom guruch solinadi, so‘ngra u ishga tushiriladi. Shuningdek, biror meva yoki sabzavot yetilib pishishini xohlasangiz, ularni guruch solingan idishga joylashtirish kifoya. Bundan tashqari, guruch pishirayotganda uning suvidan ham unumli foydalanish mumkin. Faqat tuz solmaslik tavsiya etiladi. Guruch suvi sovitilganidan so‘ng yuzga surtilsa, teridagi muammolarni bartaraf etadi, ayniqsa, jigarrang guruch suvi.
Manba