Salomatlik Ayollar uchun Dukkakli, makaron va konservalangan mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash bo‘yicha tavsiyalar 

Dukkakli, makaron va konservalangan mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash bo‘yicha tavsiyalar 

O'qildi: 436


Dukkakli, makaron va konservalangan mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash bo‘yicha tavsiyalar 

Don, makaron va konservalangan mahsulotlarni qanday saqlash kerak? Ularni qancha muddat davomida saqlash tavsiya etiladi?Quyida bunga aniqlik kiritamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Mos keluvchi joy

Albatta, don mahsulotlari uchun ham issiq bo‘lmagan, quruq joy kerak. Shuningdek, harorat o‘rtacha bo‘lishi shart. Ya’ni don mahsulotlari uchun oshxonadagi javonlar to‘g‘ri keladi. Lekin makaron mahsulotlarini uzoq vaqt davomida oshxonada saqlash tavsiya etilmaydi. Yaxshisi, ushbu mahsulotdan zaxiraga kamroq xarid qilgan ma’qul.

Mahsulotni saqlash mo‘ljallangan javon darhol kirsovun bo‘lagi bilan artib chiqiladi va mahsulotlar joylashtiriladi.

Birlamchi qayta ishlash

Mutaxassislar va tajribali uy bekalari donli mahsulotlarni idishga joylashtirishdan oldin ularni muzlatgichda bir kun ushlab turish yoki pishiriq qog‘ozida bir soat davomida pechda qovurishni tavsiya etadi. Ikkisi ham foydali, qolaversa, bu jarayon parazitlarning lichinkalaridan xalos qiladi.

Kerakli konteyner

Don mahsulotini zavod qadoqlaridan shisha idishlarga o‘tkazish tavsiya etiladi. Ular shaffof bo‘lishi kerak, chunki qorong‘i joyda saqlanadi. Asosiysi, qopqoq havo o‘tkazmasligi zarur. Quruq limon yoki apelsin qobig‘ini bankaga tashlab qo‘yish ham mumkin. Makaron mahsuloti esa o‘zining o‘ramida yaxshi saqlanadi.

To‘g‘ri foydalanish

Don mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash bilan birga, undan qanday foydalanishni ham bilish lozim. Buning uchun don idishdan to‘kib yoki quruq qoshiq bilan olinadi va idish yana germetik tarzda yopiladi. Darhol bo‘lmasa-da, bir soatga qolmay shkafga qo‘yish zarur. Shu odatga ko‘ra mahsulotni yaxshi saqlash mumkin.

Mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash uchun quyidagi sharoit muhim:

  • quruq;
  • toza;
  • qorong‘i;
  • issiq emas.
To‘g‘ri emas:
  • gaz yoki suvga yaqin joyda saqlash;
  • donni ho‘l qoshiq bilan olish;
  • bankaga barcha yangi donlarni to‘kib tashlash va eskisini bankaning tag qismida qoldirish.
Unutmang:
  • Makaron uchun qurt va mita xavfli emas, asosiysi, quruq va salqin joy;
  • Tariq, jo‘xori uni, guruch kabi donli mahsulotlar mitti zararkunandalardan qo‘rqadi.
  • Kelajakda foydalanish uchun suli, jo‘xori yormasi va jo‘xori uni sotib olmaslikka harakat qilish lozim, ularning o‘rtacha saqlash muddati bir yildan kam.
  • Don va maydalangan donlar uchun ochilishdan oldin yoki keyin saqlashda unchalik katta farq yo‘q. Zavod qadoqlari kamdan kam hollarda mukammal muhrlanadi.
Konservalangan mahsulotlarni qanday saqlash kerak?

Birinchidan, ular agar metall idishda bo‘lsa, unda hech qanday chuqurlik yoki zang yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak. Shisha bo‘lsa, qopqoqning mahkamligi tekshiriladi.

Ikkinchidan, barcha konservalarni qorong‘i va salqin joyda saqlash kerak. Va ularni hech bo‘lmaganda vaqti-vaqti bilan qopqog‘ini bosib, tekshirib turish kerak. Agar biror o‘zgarish bo‘lmasa, ular uzoqroq turishi mumkin. Lekin faqat qadoqda ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugagunga qadar. Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar maxsus texnologiyalar va xavfsiz oziq-ovqat qo‘shimchalari va konservantlardan foydalanadi, bu esa saqlash muddatini va yaroqliligini sezilarli darajada uzaytiradi. Zavoddagi go‘sht va baliq konservalari uchun bu muddat, qoida tariqasida, 3 yildan oshmaydi.Uzoq muddatli sut ham eng yaxshisi salqin va qorong‘i joyda saqlanadi, albatta, yaroqlilik muddati tugagunga qadar – qadoqda ko‘rsatilgan ishlab chiqarish sanasidan 9 oy o‘tgach tugaydi.

Yorma va makaron mahsulotlari qancha vaqt davomida saqlanadi?

  • Makaron o‘rtacha bir yarim yil saqlanadi. Sut yoki tuxum qo‘shilgani taxminan olti oy.
  • grechka – bir yarim yildan ikki yilgacha;
  • guruch – bir yarim yil;
  • no‘xat(ham butun, ham bo‘lingan)– 2 yil;
  • manniy yormasi– taxminan 9-10 oy;
  • bug‘doy, arpa, makkajo‘xori donlari – taxminan 9-12 oy;
  • suli yormasi – 6-8 oy.
Agar siz ushbu qoidalarning barchasiga rioya qilsangiz, oshxonadagi barcha mahsulotlar uzoq vaqt davomida xizmat qiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.