Salomatlik Ayollar uchun Changyutkichdan foydalanishning tozalashdan tashqari 5 ta foydali usuli

Changyutkichdan foydalanishning tozalashdan tashqari 5 ta foydali usuli

O'qildi: 474


Changyutkichdan foydalanishning tozalashdan tashqari 5 ta foydali usuli

Har bir inson changyutkichdan qanday foydalanishni biladi. Lekin undagi har bir qo‘shimcha nima uchun mo‘ljallangani va sozlamalarni mohirona tushunadiganlar kamdan kam. Lifehacker nashri changyutkichdan unumli foydalanish sirlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Aslida, changyutgich aqlbovar qilmaydigan qurilma. U har qanday mayda chiqindilarni bir zumda tozalaydi. Biroq agar changyutkichdan faqat tozalash uchun foydalanilsa, ko‘p narsa yo‘qotish mumkin. Uning yordamida quyidagi maqsadlarda ham unumli foydalanish tavsiya etiladi.

Mayda buyumlarni topish mumkin

Agar zirak yoki shu kabi kichik narsa yo‘qolgan bo‘lsa, o‘sha paytda xonadan biror narsani topish mutlaqo mumkin emas. Yo‘qolgan narsalar haftalar yoki hatto yillar davomida topilmaydi va keyinchalik ular kutilmagan joylardan chiqadi.

Bir necha soatlab uyni kattalashtiruvchi oyna bilan aylanib yurish o‘rniga, changyutkich trubasining pastki qismini bo‘shatib, paypoq yoki yupqa futbolkani tortib, u elastik tasma bilan mahkamlanadi. So‘ngra changyutkich tugmasi bosiladi. Agar gilamda yoki plitkalar orasida narsa yashiringan bo‘lsa, u, albatta, yuzaga chiqadi va matoga yopishib qoladi.

Gilamdagi mebel izlarini bartaraf etadi

Gilam ustida uzoq turgan mebel keyinchalik o‘z o‘rnida iz qoldiradi. Aynan changyutkich ularni olib tashlashga yordam beradi. Dastlab izlar ustiga muz bo‘laklari qo‘yiladi, ular eriguncha kutiladi va zararlangan joylar changyutkich bilan tozalanadi. Ushbu layfxak nam bo‘lgan gilam tolalarini yuqoriga tortadi va izlarni yo‘q qiladi.

Bolani tinchlantiradi

Shovqin aslida bolalarning uxlab qolishiga yordam beradi, bu g‘alati, ammo tasdiqlangan haqiqat. Uy hayvonlari changyutkichning ovozidan qochishi mumkin, ammo yig‘layotgan bola tinchlanadi. Agar bola uchun har safar changyutkichni shkafdan olish malol kelsa, shunchaki telefonga uning ovozini yuklab olish tavsiya etiladi. Bola yig‘lagan zahoti uni telefon orqali ham eshittirish tinchlanishga yordam beradi.

Yostiqlarni yangilash mumkin

Inson uyqusi davomida ter chiqaradi, tana esa turli xil mikroblarga ega. Albatta, bularning barchasi yostiq, choyshab va odeyallarga tushadi. Shuning uchun, vaqt o‘tishi bilan ulardan yoqimsiz hid kela boshlaydi. Boshqacha qilib aytgandagi barcha buyumlar eskirgan tusga kiradi va hidlanadi, lekin uy egalariga bu unchalik sezilmaydi.

Yaxshiyamki, changyutkich bu muammoni ham hal qilishi mumkin. Yostiqlarga ozgina qabartma nam gubka bilan surtiladi va bir soatga qoldiriladi. Keyin ularni odatdagidek changyutkich yordamida tozalash kerak.

Havo almashtirishda ayni muddao

Hamma asta-sekin uy hidiga ko‘nikadi. Ko‘chadagi yoqimsiz hid uyda tabiiydek ko‘rinadi. Biroq hidlarni his qilmaslik ularning mavjud emasligini anglatmaydi.

Ammo hamyonbop usul barcha muammoni bartaraf etishga yordam beradi. Masalan, paxtaga bir necha tomchi efir moyi quyib, tozalashdan oldin uni changyutkichning filtr bo‘limiga joylashtirish kerak. Xonadan xonaga o‘tayotganda, changyutkich chang va kirni so‘rib oladi, yomon hidlarni filtrlaydi va keyin ancha toza hamda yoqimli havo chiqaradi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.