Salomatlik Ayollar uchun Ish samaradorligiga putur yetkazadigan 5 ta tonggi odat

Ish samaradorligiga putur yetkazadigan 5 ta tonggi odat

O'qildi: 345


Ish samaradorligiga putur yetkazadigan 5 ta tonggi odat

Ish va faoliyatning qanday o‘tishi atrofimizda yuz berayotgan voqealar, shuningdek, odatlar bilan ham bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Foto: WorkopolisErtalab soat 8-10 oralig‘ida qahva ichish.

Darmutning Geyzel tibbiyot maktabi tadqiqotchilari ma’lumotiga ko‘ra, bu vaqtda stress garmoni — kortizol har doimgidan ham ko‘proq miqdorda ajralib chiqadi. Qahva ichish esa uning miqdorini yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Nima qilish kerak?

Qahvani tushlikdan keyin soat ikkigacha va ikkidan beshgacha bo‘​lgan vaqtda ichish kerak. Chunki bu vaqtda kortizol miqdori kam bo‘ladi. Yoki umuman ichmaslik tavsiya qilinadi. Kanadalik psixologlarning aniqlashicha, 20 daqiqa yugurish qahvadan samaraliroq tetiklashtiradi.

Kundalik qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida o‘ylash.

Avvallari samaradorlik uchun tavsiya qilingan uslub o‘zini oqlamagani ma’lum bo‘lgan. Qilinishi kerak bo‘lgan ishni shunchaki o‘ylab o‘tirmasdan tezroq bajarishga kirishish kerak. Siz xayolingizda o‘ylayverganingiz sari vaziyat ustidan nazoratni yo‘​qotasiz, illyuziyaga berilasiz.

Nima qilish kerak?

Qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni yondaftarcha yoki qog‘ozga yozib boring.

Tongni elektron xabarni tekshirish bilan boshlash.

NYU professori Adam Alterning ta’kidlashicha, xabarni o‘qigandan keyin o‘ziga kelish va ishga kirishish uchun kamida 25 daqiqa ketadi. Bu diqqatning chalg‘ishi bilan bog‘liq.

Nima qilish kerak?

Ko‘zingizni ochishingiz bilan pochtangizni tekshirmang, xabar kelganini bildiradigan funksiyani o‘chirib qo‘ying.

Ishga kechikish.

Vaqtning to‘g‘ri taqsimlanmasligi, nafaqat ishingiz, balki kuningiz qanday o‘tishiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bu esa ish samaradorligi protsentining kamayishi, kunning unumsiz o‘tishiga olib keladi.

Nima qilish kerak?

Hammasi oddiy — erta turish va erta ishga kirishish kerak.

Ish bo‘yicha uchrashuvlarni ertalabga belgilash.

Uchrashuv va majlislarda turli muammolar muhokama qilinib, kishining kunlik kayfiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bu esa ishlashga bo‘​lgan layoqatning o‘​lishiga sabab bo‘​ladi.

Nima qilish kerak?

Tongda o‘ta muhim uchrashuvlardagina ishtirok etish va belgilash, qolganini kechga qoldirish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.