Tushlikdan keyingi qisqa uyquning foydasi
O'qildi: 354
Cherchill mudrashni yaxshi ko‘rgan. Bu siyosat arbobi uyquni o‘zining siyosatdagi muvaffaqiyatlarining asosiy sababchilaridan biri deb hisoblagan. Uning ta’kidlashicha, tushlikdan keyingi ikki soatlik uyqu ish qobiliyatini ancha oshirar ekan.
Foto: “Layfxaker”Uyqu – bu haqiqatan ham sog‘liqning garovi hisoblanadi, hatto tushlikdan keyingi qisqa uyqu bo‘lsa ham. Uyqu sohasidagi ekspertlarning aniqlashicha, tushlikdan keyingi qisqa uyqu:
- Fikrlashni yaxshilaydi;
- Ijod qilishga yordam beradi;
- Stressni kamaytiradi;
- Zehnni, chidamlilikni, faollikni oshiradi;
- Kaloriya sarflashga yordam beradi;
- Yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi va kayfiyatni ko‘taradi.
Samarali mudrashga yordam beruvchi bir necha qoidalar mavjud.
- Uyquga ketish uchun sizga qancha vaqt kerak bo‘lishini aniqlab oling.
- Ko‘p uxlamang. Kunduzgi uyquning davomiyligi – 10—20 daqiqadan oshmasin. Kuchlarni qayta tiklash va ishga tezda kirishish uchun bu yetarli bo‘ladi.
- To‘g‘ri vaqtni tanlang. Tushlikdan keyingi uyqu uchun eng muvofiq vaqt – soat 13 dan 16 gacha. Lekin bu sizning kun tartibingizga ham bog‘liq.
- Tajribada sinab ko‘ring. Tushlikdan keyingi uyquning foydasini sezishning eng yaxshi yo‘li – uxlab ko‘rish. Buning uchun qulay joyni tanlang: tinch va unchalik yorug‘ bo‘lmagan joy. Shuningdek, olimlarning fikricha hamma joyda – mashinada ham, stol yonida ham, divanda ham mudrash mumkinligini esda saqlang.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.