Tishlar salomatligiga putur yetkazadigan 10 ta zararli odat
Inson o‘rganib qolgan bir qancha harakatlar ichida salomatlik uchun xavfli bo‘lganlari ham bor. Afsuski, organizmdagi kasalliklar xayolga ham kelmaydigan “odatlar” tufayli yuzaga keladi. Ular, eng avvalo, ishni og‘iz bo‘shlig‘ida tishlarni zararlashdan boshlaydi.
Foto: “Domashniy Ochag”Qalam uchi yoki ko‘zoynak dastasini tishlash
Stol ustidagi uchi tishlangan qalam yoki ruchkalar barchaga tanish bo‘lsa kerak. Agar biror narsani o‘ylash jarayonida bexosdan qalam yoki ruchka uchi tishlanaversa, tishlarda kichik yorilishlar yuzaga keladi. Bundan tashqari, aynan tishlangan vosita orqali og‘iz bo‘shlig‘iga bakteriyalar osonlikcha kiradi. Bordi-yu, nimadir chaynash hisi paydo bo‘lsa, me’yorda saqich chaynash maqsadga muvofiq.
Pista chaqish
Pistalar tishni yemiradi, bundan ajablanmang. U asta-sekinlik bilan amalga oshadi. To‘xtovsiz chaqilgan pista tufayli tishlarda sezilarli darajada o‘yma hosil bo‘ladi. Bu hali hammasi emas, pista chaqish odati milklarga ham zarar beradi va og‘iz bo‘shlig‘ida yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Agar bu odatdan voz kechish qiyin bo‘lsa, pista chaqilgandan so‘ng tishlarni tozalab yuvish kerak.
Tish tozalagichdan foydalanish
Tish tozalagichlar ovqat tanovulidan so‘ng tishlarni tez tozalash uchun yaratilgan. Ammo ular odatda milklarni zararlaydi va qonashiga sabab bo‘ladi. Stomatologlar bu kabi vositani samarali deb hisoblamaydi, chunki tish tozalash vaqtida ular sinib qolishi va tish orasida qolib ketishi mumkin. Bu ko‘proq tish tozalagichning yog‘och turdagisiga tegishli.
Tishlarning orasini ochish
Albatta, iplar yordamida tishlarni orasini ochish oson. Doimo vaqti stomatolog huzurida o‘tishini xohlaganlar va ketgan puliga achinmaydiganlar ushbu odatni bajarishda davom etadi.
Foto: “Domashniy Ochag”Tishni g‘ichirlatish
Uyqu paytida tishlarni bir-biriga ishqalash yoki g‘ichirlatish ko‘pchilikda uchraydigan hol. Bu jarayon aynan tushda sodir bo‘layotganligi tufayli ham uni boshqarish imkonsizdir. Bunday odatga ega insonlar darhol shifokor ko‘rgidan o‘tishi lozim, chunki qandaydir kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin. Tishlarni bir-biriga ishqalash orqali tishni qoplab turuvchi emal yemiriladi, keyinchalik tishlar osongina yoriqlarga bo‘linib ketadi. Shuningdek, tishlarini g‘ichirlatuvchi odamlar uyqudan turgandan so‘ng o‘zlarini yomon his qiladi va bosh og‘rig‘i qiynaydi. Bu kabi og‘ir vaziyatda shifokorlar bemorlar uchun maxsus og‘izga taqiladigan moslamani tavsiya qiladi.
Tilga zirak taqish
Ayni paytda yoshlar orasida tilga va labga zirak(pirsing)taqish odatga aylangan. Stomatologlarnig fikricha, bu zararli odat tishning sinishi va yuqumli kasalliklarning rivojiga sabab bo‘ladi.
Foto: “windsc.ru”Tirnoq chaynash
Tirnoq chaynash odatining bir qancha zararlari mavjud va ulardan biri tishga taalluqlidir. Birinchidan, qo‘ldagi bakteriyalarning asosiy qismi tirnoq ostida joylashgan va uni tishlash orqali ular og‘iz bo‘shlig‘iga o‘tadi. Ikkinchidan, tishlarda yoriqlar paydo bo‘ladi va bu ularning yemirilishiga olib keladi. Uchinchidan, tirnoqni tishlash jarayonida jag‘ning pastki qismi oldinga chiqadi va bu odat sababli pastki jag‘ning tepa qismiga qaraganda oldinga ko‘proq o‘sib ketishi kuzatiladi.
Foto: “dentomed.uz”Tishlarni juda qattiq yuvish
Tishlarni bir kunda ikki marta yuvish – eng yaxshi odatlardan biri, ammo haddan tashqari qattiq cho‘tkada ortiqcha bosim bilan og‘izni qonga to‘ldirib ishqalash esa aksincha yomon. Bu orqali tishning emali yemiriladi. Ularni tozalashda yumshoq yoki o‘rtacha qattiqlikdagi cho‘tkalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Og‘izni ochib uxlash
Uxlaganda og‘izlarning ochilib qolishi eng avvalo, tishlarga zarar keltiradi. Shuningdek, og‘izning ochiq holda bo‘lishi suyuqlik miqdori kamayishiga, bu esa kislotalilikni oshishiga sabab bo‘ladi. Natijada kariyes va tish emalining ko‘chishi kuzatiladi.
Mavzu:
- Zamonaviy turmush tarzida eng ko‘p kuzatiladigan 5 zararli odat
- Salomatlikka chekishdan ham yomonroq ta’sir ko‘rsatuvchi 5 ta zararli odat
Manba