Nima uchun qahvadan keyin suv ichish kerak?
Bir stakan yangi qahva — tongni boshlashning ajoyib usuli. Kofeinning yuqori miqdori tufayli ichimlik tetiklashtiradi, samaradorlik va konsentratsiyani oshiradi va diqqatni jamlashga yordam beradi. Shu bilan birga, qahvaning nojo‘ya ta’siri ham bor: u organizmni suvsizlantiradi, tish emaliga putur yetkazadi, shuningdek, qon bosimining keskin oshishiga olib kelishi mumkin. Bu noxush oqibatlardan himoyalanish uchun qahva bilan bir stakan suv ichish kifoya.
Foto: PinterestSovitilgan qaynoq suv bilan qahva ichish odati ko‘p asrlar davomida Sharq mamlakatlarida mavjud. Ular, birinchi navbatda, qahva ta’mini yaxshiroq his qilish uchun suv ichishdi: ichimlikning har bir qultumidan keyin retseptorlar suv bilan tozalansa, u yanada aniq ta’mga ega bo‘ladi. Hozirda esa har qanday ovqatlanish mutaxassisi butunlay boshqa sabablarga ko‘ra qahva bilan suv ichishni maslahat beradi.
Birinchidan, kofein kuchli suyuqlik haydovchi ta’sirga ega, buning natijasida organizm suvsizlanadi. Bu juda ko‘p noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun organizmdagi suyuqlik darajasini diqqat bilan kuzatib borish kerak. Qahvadan keyin darhol bir stakan suv ichish orqali suv muvozanati tiklanadi va suvsizlanish xavfi kamayadi. Yodda tutish kerakki, bu stakan kundalik suyuqlik talabining bir qismi bo‘lmasligi lozim. Agar kuniga ikki litr suvdan tashqari har bir stakan qahva bilan ham suv ichish kerak.
Ikkinchidan, qahva tish emalining rangini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan o‘simlik bo‘yoqlariga boy. Bunda yana suv yordamga keladi. Qahva qoldiqlarini suv bilan yuvish orqali kislota va emal o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir reaksiyasining oldini olish mumkin. Shu bilan birga, qahvadan keyin darhol tishlarni yuvmaslik kerak – bu tish salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, kofein qon bosimini keskin oshirishi mumkin, bu odatda gipertoniya bilan og‘rigan odamlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Suv qahvani suyultiradi, buning natijasida yurak va qon tomirlarining zo‘riqishi bartaraf etiladi va bosimning keskin oshish xavfi butunlay kamayadi.
Mavzuga doir:
- Tetiklashtiruvchi ta’siri qahvanikidan kam bo‘lmagan mahsulotlar
- Qahvadan boshqa tarkibida kofein mujassam bo‘lgan mahsulotlar
- Qahvaning nafaqat mazali, balki foydali bo‘lishiga ham hissa qo‘shadigan 5 oddiy qoida
Manba