Salomatlik Salomatlik Har kuni qahva ichish yoki umuman ichmaslik natijasida organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Har kuni qahva ichish yoki umuman ichmaslik natijasida organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

O'qildi: 282


Har kuni qahva ichish yoki umuman ichmaslik natijasida organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Kunni nimadan boshlash kerak?Agar qahvasiz uyg‘onishning imkoni bo‘lmasa, demak, ushbu ichimlik tanada qanday o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘lishini bilib qo‘yish kerak. Beauty Ballers loyihasining asoschisi shifokor-dietolog Anna Ivashkevichning qahva va tana o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi bir nechta fikrlari bilan tanishing.

Foto: Pinterest

Qahva nima?

Ushbu ichimlik bir necha turdagi o‘simliklarning qovurilgan urug‘laridan tayyorlanadi va ichimlik qovurilish darajasiga ko‘ra ham bir necha turlarga bo‘linadi. Bir stakan qahva barcha o‘ylaganidek, ichimlik emas, yegulik hisoblanadi. Mayda kukun ko‘rinishidagi qahvalar esa ko‘p ishlov berilishi natijasida bir qancha foydali moddalarni yo‘qotadi.

Qahvaning salbiy tomonlari

  • Qahvani och qoringa ichish mumkin emas, chunki u hazm qilishni amalga oshiruvchi xoletsistokinin gormonini ishlab chiqaradi. Agar qahva ichilganda oshqozon bo‘sh bo‘lsa, ushbu jarayondan so‘ng jig‘ildon qaynashi va gastrit alomatlari paydo bo‘ladi. Qahva oshqozon kislotaliligi hamda qon bosimini oshiradi. Shuningdek, uyqusizlikni ham keltirib chiqaradi.
  • Qahva tarkibidagi konservantlar modda almashinuvi jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Tetiklashtiruvchi ta’sir ham salbiy tomonga ega. Qahva ichilganidan so‘ng bir soat vaqt o‘tib, ish faoliyati oshadi va yana bir soatdan so‘ng uyquchanlik paydo bo‘ladi.
  • Homilador va emizikli ayollar qahva ichmasligi kerak. Kofein homilador ayollarning qonida to‘planib, ona sutida temir va boshqa mineral elementlarining miqdori kamayishiga olib keladi.
  • Qahvani haddan ortiq ko‘p ichish natijasida tanada suvsizlanish yuz beradi.
Qahvaning asosiy afzalliklari
  • Qahva tarkibida antioksidantlar mavjud – ular organizmdan qarishga hissa qo‘shadigan erkin radikallarni olib tashlaydi.
  • Qahva antioksidantlari saraton, yurak kasalliklari va qandli diabet va parkinson kasalligi bilan kurashda yordam beradi.
  • Tabiiy qahva yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish ehtimolini pasaytiradi va ovqat hazm qilish traktini rag‘batlantiradi.
  • Qahva miyada qon tomirlarini kengaytirgani uchun ham bosh og‘rig‘ini kamaytiradi yoki butunlay yengillashtiradi.
Nima uchun uyg‘ongan zahoti qahva ichish mumkin emas?

Foto: Pinterest

Kunduzi tana tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy gormon – kortizol bo‘lib, u ertalab uyg‘onish va kechasi uxlashga yordam beradi. Ertalabda gormon darajasi eng yuqori pog‘onada bo‘ladi va agar bu vaqtda qahva iste’mol qilinsa, ichimlik ushbu gormonni ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi. Biroz o‘tib, yana uyqu bezovta qiladi. Odatda kortizol ertalab soat 6-9 gacha ishlab chiqariladi, shuning uchun qahvani soat 10 dan keyin ichish tavsiya etiladi.

Umuman qahva ichmaslik natijasida nimalar yuz beradi?

Ushbu ichimlik bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramay, u hamma uchun ham yoqimli emas. Shuningdek, qahvani juda yaxshi ko‘ruvchi insonlarning 10 foizigina uni me’yorida iste’mol qiladi. Qolganlari esa kuniga kamida 4 stakan qahva bilan me’yorni buzadi.

Qahvadan voz kechilsa:

Foto: Pinterest

Tana vitaminlarni yaxshi singdiradi

Kofein B guruhi vitaminlarini o‘ldiradi, organizmdagi temir, kaliy, rux, kalsiy miqdorini pasaytiradi. Bundan tashqari kofein kalsiyni tanadan yuvishi natijasida suyaklar mo‘rtlashib boradi.

Ortiqcha vazndan qutilish mumkin

Kofein kortizol ishlab chiqarishni ko‘paytiradi va buyrak usti bezlariga ta’sir qiladi. Buyrak usti bezlari qalqonsimon bez bilan birgalikda ishlaydi. Qahvani tark etish modda almshinuvi jarayoni uchun foydali bo‘lib, ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi.

Immunitet oshadi

Kofein qalqonsimon bez tufayli immunitet tizimiga do‘stlik qilmaydi. Qaloqnsimon bezning cheklangan holda ishlashi immunitetning zaiflashishiga olib keladi, bu esa har qanday kasallikning sababi bo‘lishi mumkin. Tez kasal bo‘lishga moyil bo‘lganlar o‘zini yaxshi his qilguniga qadar qahvadan uzoqroq turishi kerak.

Jigarda muammolar bo‘lmaydi

Qahva unchalik ham yaxshi hazm qilinmaydi. Jigar esa qahvani parchalaydigan va moddalarni almashtiradigan fermentlarni ishlab chiqarish uchun ishlaydi. Lekin boshqa zararli kimyoviy moddalar uchun fermentlar kerak bo‘lganda, jigar to‘satdan dangasa bo‘lib qolishi mumkin. Qahva sevuvchilarning aksariyati dangasa bo‘lib qolayotgan jigarlarga ega bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.