Semirmaslik uchun 35 yoshgacha amal qilish kerak bo‘lgan odatlar

Semirmaslik uchun 35 yoshgacha amal qilish kerak bo‘lgan odatlar

O'qildi: 104


Yoshlikdayoq gazli ichimlik, fastfud va yog‘li taomlar asta-sekin sog‘liqqa putur yetkazadi. 35 yoshdan o‘tgach ayollar orasida semirishga moyillik kuzatiladi. Ortiqcha vaznga ega bo‘lmaslik uchun amal qilish kerak bo‘lgan 7 ta odat bilan tanishing. 

Foto: Cosmopolitan

Kendis Seti – ovqatlanish mutaxassisi yoshga bog‘liq metabolik pasayish va gormonal o‘zgarishlarga qaramay, qanday odatlar ozishga yordam berishi haqida gapirib berdi.

“Aslida, metabolizm, albatta, 35 yoshga to‘lganingizda tezlashtirilgan rejimdan sekin rejimga o‘tmaydi. Metabolizm tana o‘sishni to‘xtatgan paytdan boshlab o‘zgara boshlaydi, bu davr hamma uchun individualdir. Lekin hamma uchun tamoyil bir xil: tana suyak va mushak massasini yig‘ish uchun material kerak bo‘lmagach, oziq-ovqatdan olinadigan energiya iste’moli kamayadi va yog‘ massasi ko‘paya boshlaydi. Sport bilan shug‘ullanish va ovqatning har bir qismini nazorat qilmasdan bu jarayonning oqibatlaridan butunlay qochishning iloji yo‘q. Yiliga 0,5 kg o‘sish norma hisoblanadi, ya’ni agar 20 yoshli qizning vazni, masalan, 55 kilogramm bo‘lsa, u holda 30 yoshga kelib 60 kg vazn uning uchun norma bo‘ladi. Ammo, ochiqchasiga, tan olish kerakki, juda kam sonli qizlar 10 yil davomida 5 kg vaznga oshishga muvaffaq bo‘ladi.

Ushbu tizim grammlarni ta’qib qilmaydigan va kaloriyalarni hisoblashga tayyor bo‘lmaganlar uchun mo‘ljallangan. Bu pitssa va pirojniyga begona bo‘lmagan, ter to‘kib sport zalida shug‘ullanadigan, lekin yaxshi ko‘rinishni va sog‘lom bo‘lishni xohlaydigan oddiy odamlar uchun. Bu “7 odat” deb ataladi, chunki avvaliga ozroq harakat talab qilsa, keyinroq shunday ovqatlanishga odatlanib qolish hech gap emas.

Konserva

Foto: Cosmopolitan

Qanchalar qiyin bo‘lmasin, konserva va yaroqlilik muddati uzoq bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Ular foydaliligidan tashqari, ular tarkibida kaloriya miqdori ancha yuqori, shuningdek, ishtahani ochadigan konservantlarga boy. Odatda ular juda sho‘r bo‘lib, bu tanadagi suyuqlikni ushlab turishga yordam beradi. Albatta, har kuni eng yangi go‘sht va sabzavotlarga pul sarflash to‘g‘ri emas. Lekin agar siz konservalarni muzlatilgan bilan almashtirilsa, bundan bir necha baravar ko‘p foydali bo‘ladi.

Taomni o‘zingiz tayyorlang

Foto: Cosmopolitan

Noma’lum oshpaz ovqat uchun yog‘ni qancha ishlatganini bilish imkonsiz. Shuningdek, ta’m beruvchilar, souslar qo‘shilishi ham mumkin. Inson o‘zi ovqat tayyorlaganida esa sog‘liq uchun zararli bo‘lgan qo‘shimcha mahsulotlar qo‘shishdan tiyiladi. Shuning uchun restoran yoki buyurtma taomlarni emas, uyda tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishga odatlanish kerak.

Ongli ravishda taomlaning

Foto: Cosmopolitan

Insonlardan ko‘pincha qanday taom yegani haqida so‘ralganida, ular buni yodda saqlab qolmaydi. Sababi pala-partish taomlanishdir. Kunning qaysi qismida qanday taomlarni iste‘mol qilish foydali yoki zararli ekaniga e’tibor qaratish lozim. Shundagina ovqatlanish ortidan vazn ortish holati kuzatilmaydi.

Shakarning yarmini iste’mol qiling

Foto: Cosmopolitan

Qahvasiga 2 osh qoshiq shakar soladigan insonlarga uni bittaga kamaytirish tavsiya etiladi. Agar bir qoshiq bo‘lsa, yarmini solgan ma’qul. Bordi-yu, shirinlik uchun bir bo‘lak pirog iste’mol qilinadigan bo‘lsa, uni o‘rtoq yoki hamkasb bilan bo‘lishish kerak. Ratsiondagi shakar miqdorini 2 barobar qisqartirish umumiy kaloriya miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi.

Ovqatlanishdan avval suyuqlik iching

Foto: Cosmopolitan

Tana ko‘pincha chanqoqlik va ochlikni chalkashtirib yuboradi. Ayniqsa, inson chanqaganida, odatdagidan ko‘proq ovqatlanadi. Shuning uchun ovqatlanish istagi paydo bo‘lganda, yarim stakan suv ichish va 5 daqiqa kutish lozim. Agar ochlik hissi o‘tgan bo‘lsa, ovqatlanish tavsiya etilmaydi. Bordiyu, 5 daqiqadan keyin ham tana ovqatni talab qilsa, demak, taomlanish vaqti kelgan.

Jismoniy mashqlar bajaring

Foto: Pinterest

Qo‘rqinchli ko‘rinadi, lekin me’yordan oshmaslik talab etiladi. Jismoniy faoliyat uchun nafaqat sport zali yoki yugurish, balki tez yurish yoki uyni faol tozalash, toza havoda bolalar bilan o‘ynash yoki liftsiz bir necha qavatga ko‘tarilish juda yaxshi tanlov.

Spirtli ichimliklardan voz keching

Foto: Cosmopolitan

Spirtli ichimliklar juda yuqori kaloriyali bo‘lib, ishtaha ochilishini rag‘batlantiradi. Shuning uchun chanqoqlik tufayli spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni to‘xtatish lozim. Shunda jigar va oshqozon osti beziga kamroq zarar yetadi. Dastlab voz kechish qiyin bo‘lishi mumkin, ammo u keyinchalik odatga aylanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.