Shopogolizm: Keraksiz narsalarga pul sarflashning sabab va yechimlari
Shopogolik bu xarid qilmasa turolmaydigan, pul sarflamasa o‘zini yomon his qiladigan insonlar. Nemis psixiatr-olimlari tomonidan shopogolizmning kasallik ekani aniqlangan. Do‘kon bo‘ylab aniq nima olishini bilmasdan, aylanib yuraverish shopogoliklarning hammasida kuzatiladigan simptom hisoblanadi. Bunday odamlarda xarid qilish, depressiya, yolg‘izlik va boshqa shaxsiy muammolarga nisbatan taskindek tuyuladi.
Foto: Oh, Italia!Shopogolizm bu qaramlik. O‘zingiz va boshqalarga xarid qilishni bas qila olishingizni ta’kidlagan vaqtingizdayoq siz qaram ekanligingizni o‘z og‘zingiz bilan tan olgan bo‘lasiz.
Haqiqiy shopogolik, arzon va qimmat narsalarning farqini juda yaxshi bilish bilan birga, qimmatga olgan libosi yoki aksessuar narxini atrofdagilarga arzon qilib aytadi, yoki yashiradi. Ularning mantiqlari, yaqinlari asabini buzishdan ko‘ra, cheklarni yashirish kerakligiga asoslangan bo‘ladi.
Yana bir xususiyat, yoqtirgan narsani olmasa o‘zini yomon his qilish, fikr-xayolidan ketmaslik hisoblanadi. O‘sha narsaga erishgandan keyin go‘yo sizdan baxtli odam yo‘qdek tuyiladi, lekin bu bir yoki ikki kunda o‘tib ketib keyin yana yangi o‘ljalar va uni qo‘lga kiritmasa yomon bo‘lib qoladigandek tuyg‘ular qaytalanaveradi.
Agar siz xarid uchun moliyaviy ahvolingiz va rejadagidan ham ko‘p sarf qilayotgan bo‘lsangiz, demak siz ham ushbu kasallikka chalinish arafasidasiz va tezroq chora ko‘rmasangiz bo‘lmaydi.
Foto: GlamourShopogolizmga qarshi qanday kurashish mumkin?
Mablag‘ingizni ta’lim va salomatligingiz uchun zarur bo‘lgan narsalarga yo‘naltiring. Xariddan avval, shu narsa menga rostan ham kerakmi, shusiz umuman iloji yo‘qmi, degan savol berib ko‘ring.
Budjetingizni nazorat qilishni o‘rganing.
Daromad yoki maoshingizni qismlarga bo‘lib, o‘ndan birinigina xaridga ajrating.
O‘zingizni jazolang.
Har qanday keraksiz xarid qilib qo‘yganingizdan keyin eng yoqtirmagan uy ishingizni bajaring.
Stop deyishni biling.
Kassaga yetib borguncha o‘zingizni to‘xtating, o‘ngacha sanang keyin bo‘lsa do‘konni tark eting. Internetdan buyurtma qilmoqchi bo‘lsangiz, yoqtirgan narsalaringizni savatchaga tashlab qo‘ying, lekin xarid qilishga shoshilmang. Bugun siz eng ko‘p istagan narsa, ertaga unchalik muhim bo‘lmay qolishi mumkin. Agar shu tarzda davom etsangiz xarid qilishga bo‘lgan ishtiyoq sekin-asta so‘nib boradi.
Manba