Deyarli hamma uyda bo‘lgan inson umrini qisqartiruvchi buyumlar
Atrofga nazar tashlash vaqti keldi. Ehtimol uy jihozlari sog‘liqqa asta-sekin ta’sir o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin. Buni inson o‘zi sezmaydi yoki sezsa ham kelib chiqish sababini aniqlay olmaydi. Buyumlar esa o‘z navbatida nafaqat sog‘liqqa, balki hayot davomiyligiga ham ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.
Foto: Getty ImagesNosoz elektr toki
Ko‘p qavatli uylarning aksariyati bir necha yillar avval favqulodda vaziyatda qurilgan. Vaqt o‘tishi bilan barcha narsa eskirganidek uylardagi elektr simlari ham chiriy boshlaydi. Garchi yong‘in xavfsizligi choralari oldindan ko‘rilgan bo‘lsa ham yashirin elektr simlari o‘t chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish uchun simlarning ishlash muddati va o‘rnatish sifatiga e’tiborli bo‘lish kerak. Alyumin 10−15, mis simlarni 20−30 yildan keyin almashtirish shart. Bu ishni ortga surib bo‘lmaydi, sababi qisqa tutashuv ro‘y berganda uni bartaraf etishning imkoni yo‘q. Shuningdek, avval o‘rnatilgan simlar hozirgi elektr toki bilan ishlaydigan jihozlar uchun mo‘ljallanmagan.
Sun’iy taxta mebellar
Yoshi katta onaxonlar “nemis to‘plami” uchun necha oylab navbat kutganini yaxshi eslaydi. Ayni damda mebel ishlab chiqarish sanoati qanchalik yaxshi rivojlanmasin, narxlar doimgidek sifatlisi − qimmat va sun’iylari − arzon. Shu sababdan ham ikkinchi variant ancha mashhur.
Ammo arzonga intilish bilan sog‘liqni yo‘qotish, hattoki umrni qisqartirish ham mumkin ekan. Ayrim ishlab chiqaruvchi korxonalar mebellarda qurilish uchun mo‘ljallangan plitalardan foydalanadi. Ular organizmga juda zararli bo‘lgan fenol va formaldegid moddalarini chiqarganligi sababli o‘tkir kimyoviy hidi bilan ajralib turadi. Ushbu moddalar nafas olish tizimida jiddiy muammolar keltirib chiqaradi.
Yelim idishlar
Turli dizayndagi yelim idishlar qulayligi bilan oshxonadagi javondan joy olgan. Albatta, unda ovqat isitish mumkin, tushirib yuborilsa sinmaydi, yuvish ham oson. Ma’lumotlarga qaraganda Yevropada bir marta ishlatiladigan yelim idishlar sotish taqiqlangan. Lekin bu qaror foydalanuvchilarning sog‘lig‘i uchun emas, balki tashqi dunyoga g‘amxo‘rlik uchun qabul qilingan.
Afsuski, iste’molchilarning aksariyati yelim idishlarni avaylab, ko‘p yillardan buyon foydalanib kelmoqda. Sababi bunday idish inson salomatligiga qanchalar xavfli ekanligi ularga ma’lum emas. Yelim idishlarni saqlash muddati maksimal 1 yil. Vaqt o‘tishi bilan idish yuzasida paydo bo‘ladigan yoriqlar pantogen mikroblar va bakteriyalar uchun zamin bo‘ladi. Ularni qaynoq suvda sterilizatsiya qilish foyda bermaydi. Aksincha yelim idish isitilganda bisfenol A va ftalat – odamning gormonal fonini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan moddalar ajralib chiqadi. Aynan shu sababga ko‘ra, yelim idishlarni 60 darajadan yuqori haroratda isitish tavsiya etilmaydi.
Havoning yaxshi aylanmasligi
Uydagi ob-havo eng muhimidir. Xonadondagi iqlim buzilishi odamning sog‘lig‘iga, kayfiyatiga va hatto ish farovonligiga ham ta’sir o‘tkazadi. Axir Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘tgan asrning 70-yillarida “kasal bino sindromi” kabi tushunchani kiritgani bejiz emas edi. Bu ma’lum bir xonada uzoq vaqt bo‘lish tufayli inson o‘zini yomon his qiladi. Ushbu kasallik havoning yomon sifati fonida rivojlanadi.
Xonalarda havo aylanishi me’yorida bo‘lmasa, derazalar parlana boshlaydi. Natijada kondensatsiya deraza va devorlarga oqib tushadi. Uy burchaklarida mog‘orlanish jarayoni kuzatiladi. Buning ortidan allergiya va nafas yo‘llarida turli kasalliklar paydo bo‘ladi. Hattoki saraton kasalligiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Maishiy kimyo
Kiyimdagi dog‘larni ketkazish, chivin yoki suvaraklarga qarshi kurash, xonada atirgul hidi kelib turishini ta’minlash – bularning barchasi uyni toksinlar bilan zaharlaydi.
Masalan, havo spreyi tarkibidagi etilenglikol zaiflik, bosh og‘rig‘i, aylanishi, nafas qisilishi va yurakning tez urishiga sabab bo‘ladi. Ftalik kislota efirlari tug‘ilmagan bolaning rivojlanishiga ta’sir qilishi va reproduktiv qobiliyatni salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uy sharoitida foydalanadigan xlor bug‘idan ham zaharlanish mumkin. Undan foydalanishda gipertenziya, yurak va qon tomirlari bilan bog‘liq muammolar yoki allergiya, keyinchalik bronxial astma rivojlanishi mumkin.
Kuyaga qarshi vosita
Lavanda, gerani va apelsin po‘stlog‘ini mo‘ynali kiyimlar orasiga qancha bo‘lsa ham qo‘yish mumkin. Kuya kapalaklarni yo‘q qilish uchun naftalindan foydalaniladi. To‘g‘ri, buning uchun tarkibida chindan ham o‘ldiradigan konsentratsiya bo‘lishi kerak. Afsuski, ushbu vosita odamlar uchun ham xavfli hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘z-o‘zidan qayt qilish, bosh og‘rig‘i va diareya kasalligi kelib chiqadi.
Sintetik gilamlar
Gilam qadam tovushlarini yutib, uyni issiq tutadi. Shuningdek, ushbu jihoz chang ham yig‘adi. Yil davomida 2-3 kilogramm chang yig‘ishi kuzatilgan.Yil davomida yig‘ilgan changlar orasida minglab parazitlar yashaydi. Ularni esa faqat mikroskopda ko‘rish mumkin. Ular allergiya, astma va nafas olish muammolarini keltirib chiqaradi.
Albatta, har kuni tozalash ishlari olib boriladi. Faqatgina gilam sintetik materiallardan bo‘lsa, u sog‘liqqa jiddiy zarar keltirishi mumkin. Polipropilen, akril, poliuretan, vinil, neylon – bularning barchasi inson salomatligi uchun zarar. Gilam yangi paytda zaharli moddalar intensiv ravishda ajralib chiqadi. Shuning uchun yangi gilamni bir hafta davomida hech kim yashamaydigan joyga yoyish kerak. Garchi zaharlar butunlay yo‘qolib ketmasa-da, ularning konsentratsiyasi sezilarli darajada kamayadi.
Lazerli printerlar
Kutilmagan bo‘lsa-da, ammo haqiqat. Lazerli printerning zarari tamaki tutunidan kam emas. Qurilma ishlash jarayonida toner kukunini havoga tarqatadi. U o‘pkaga tushganida nafas olish qiyinlashishi yoki surunkali kasallikni keltirib chiqaradi. Printerdagi ozon filtrini almashtirmaslik qon oksidlanishi va erta qarishga olib keladi. Umuman olganda, printer havo yaxshi aylanadigan joyda turishi va iloji boricha kamroq ishlatilishi kerak.
Manba