Bola salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘quv qurollari
Ota-ona farzandi yaxshi ta’lim olishi, ovqatlanishi, kasal bo‘lmasligi va dars tayyorlashi uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni biladi. Lekin farzand salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ayrim detallar haqida bexabar bo‘lishi mumkin. “Domashniy ochag” jurnali qanday o‘quv qurollari bola sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
Foto: “Domashniy ochag”Maktab sumkasi
Foto: “Domashniy ochag”Zamonaviy, yorqin maktab sumkalarining ko‘pi, tarkibida zararli bo‘lgan ftalat va qo‘rg‘oshin bo‘lgan vinil yoki polivinilxloriddan tayyorlanadi. Mazkur birikmalar bola terisi bilan muntazam kontaktda bo‘lishi moddalar almashinuvining buzilishi, astma hamda qandli diabetga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar maktab sumkalarini xarid qilishda tabiiy mato — paxta va lyon yoki neylon va poliefir singari sintetik toladan tayyorlanganiga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Yorqin va yaltiroq qo‘shimcha hamda nakleykali sumkalarni ishlab chiqarishda ham zararli moddalar ishlatilgani bois bunday sumkalar sotib olmaslik maslahat beriladi.
Tushlik taomi solinadigan maxsus qutilar
Foto: “Domashniy ochag”Plastik, xususan, bolalar taomini solish uchun mo‘ljallangan maxsus idishlarni ishlab chiqarishda ham yuqorida zararli ekani ta’kidlangan ftalat moddalarni o‘z ichiga oladigan vinilli plastiklar ishlatiladi. Ftalat plastikning egiluvchan va mustahkamligini ta’minlaydi, lekin shu bilan birga bir qancha jiddiy kasalliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Gap shundaki, uchuvchan hisoblangan ushbu moddalar taom hamda ichimlikka aralashishi mumkin bo‘ladi.
Rangli bo‘r qalamlari
Foto: “Domashniy ochag”
AQShda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, aksari maktab bo‘r qalamlari va qalam markalarida uzoq ta’siri o‘pka saratonini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan asbest borligi aniqlangan. Maktab o‘quv-qurollarida asbest sezilmas darajada ishlatilganiga qaramay, mutaxassislar bola organizmini hatto oz miqdordagi toksin ta’sirida qoldirish kerak emas degan xulosaga kelgan. Bolalar uchun zararsiz hisoblangan asalari mumidan tayyorlangan bo‘r qalamlarni ishlatish tavsiya qilinadi.
Rangli flomasterlar
Ko‘p flomasterlar tarkibida leykemiya, ya’ni oq-qon kasalligi hamda jigar va buyrak faoliyatini yomonlashishiga olib keluvchi — benzol bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida benzol bug‘idan nafas olish bosh aylanishi, og‘rishi va uyquchanlikka olib kelishi mumkin. Shu sababdan maktab bozori qilish vaqtida tarkibi va nimadan tayyorlanganini yaxshilab o‘rganing. Benzolni ichiga oladigan o‘quv-qurollarni xarid qilmang.
Manba