Salomatlik Ayollar uchun Yiliga bir marta tozalanishi kerak bo‘lgan uy jihozlari (foto)

Yiliga bir marta tozalanishi kerak bo‘lgan uy jihozlari (foto)

O'qildi: 407


Yiliga bir marta tozalanishi kerak bo‘lgan uy jihozlari (foto)

Uy ishlari hech qachon tugamaydi, biroq juda kam hollarda tozalashni talab qiladigan uy jihozlari bor. “Noviy ochag” nashri uyda yiliga bir marotaba tozalanishi kerak bo‘lgan buyumlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Idishlar shkafini tozalash

Idishlar saqlanadigan shkafni tartibga solish qolgan ishlaringizni ham yengillashtiradi. Undagi qoshiq, sanchqi, pichoq, likopchalar va boshqa idishlarning o‘rnini alohida qilsangiz olishga va ishlatishga yanada qulay bo‘ladi.

Foto: “Noviy ochag”

Qandillarni yuving

Oshxonadagi yoki hammomdagi lampalar chang va yog‘ni tez yig‘adi. Natijada ular yorug‘likni xiralashtiradi. Elektron lampalardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, eng birinchi navbatda ularni to‘g‘ri tanlashni bilishingiz kerak. Bir narsani unutmang: lampochkalarni yechgandan keyin hech qachon nam mato bilan ushlamang.

Foto: “Yandex.ru”

Pardalarni tozalang

Pardalaringizni kimyoviy tozalashga olib boring, bu eng to‘g‘ri yo‘l. Ularni uyda yuvsangiz sifatiga ta’sir qilishi mumkin.

Yumshoq mebellar

Yumshoq mebellaringizni ham yiliga bir marotaba kimyoviy tozalashdan o‘tkazing. Chunki qoplama va plombalarning ichida chang paydo bo‘lishi, hasharotlar paydo bo‘lishi mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Toza gilamlar

Uyingizdagi gilamlarni changyutgich orqali tozalang. Ularning yumshoqlik darajasini inobatga olgan holda yiliga bir marotaba yuvish kerak.

Foto: “Yandex.ru”

Mavzuga doir:

  • Suv, yogurt, ko‘zoynak: jazirama kunlarda mashinada qoldirib bo‘lmaydigan buyumlar
  • Ayollar garderobidagi bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan buyumlar
  • Oddiy odamlarning yog‘ochdan yasagan san’at asari darajasidagi jihozlari(foto)




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.