Millionerlardan maslahat: Pul ishlab topish va uni yo‘qotmaslik uchun nima qilish kerak?
Tadbirkor va yozuvchi Greg Rid qanday qilib bunday moliyaviy ustunlikka erishgani va yo‘qotmagani haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun turli sohadagi dunyoning eng badavlat kishilari bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan. Intervyular Wealth Made Easy kitobiga kiritilgan. Ushbu kitobdan o‘rin olgan 4 strategiyani e’lon qilamiz.
Foto: Resourse9Mulk sotib olingImkoniyatingiz doirasidan kelib chiqqan holda chekka hududdan kichik bo‘lsa ham yer sotib oling. Agar olgan yeringiz yo‘l yuzida bo‘lsa, yana yaxshi. Uni mahalliy fermerlarga ijaraga bering. Kafe, do‘kon va shunga o‘xshash markazlar asosan yo‘lning yuzida, odamlar ko‘ziga ko‘rinadigan joyda ochiladi. Siz yer olgan hudud chekka hududda bo‘lgani bilan bora-bora markazga aylanishi yoki gavjumlashishi mumkin. Ana shunda siz sotib olgan yeringizni muayyan bir savdo yoki biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishiga bir necha barobar qimmatga sotsangiz yoki ijaraga bersangiz bo‘ladi. Foyda ko‘rishingiz aniq.
Turli biznes g‘oyalarni birlashtiring
Chuck E. Cheese’s restoranlar tarmog‘i asoschisi Jin Landram, oilaviy ovqatlanish va dam olish maskanini birlashtirib yangi biznes modeliga asos solgan. Siz ham biznes boshlash istagida bo‘lsangiz, shundan ilhomlanishga harakat qiling, ya’ni ham mazali ovqatlanish, bolalar ko‘ngil yozishi va kattalar ham ovqat yeyishdan tashqari boshqa bir maroqli mashg‘ulot bilan shug‘ullanishini mumkin bo‘lgan majmua oching. Bolalar maydonchada miriqib o‘ynayotganida, ota-onalar do‘stlari bilan erkin suhbatlashishi va ovqatlanishi ularga ma’qul kelib, yana takror kelishi yoki boshqalarga ham tavsiya etishi mumkin.
Yaxshi yangilik unutilgan eskilik bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylang
Kredit kartalar uchun magnitli chiziq o‘ylab topgan Ron Klayn, kimlardir chiqindi hisoblagan narsalarda imkoniyat ko‘rgan. U General Associates’da faoliyat yuritayotgan vaqtida Western Union’dan keraksiz bo‘lgan bir qancha teletayp — axborotlarni qabul qilish va uzatish uchun mo‘ljallangan harf bosish apparati sotib olgan. Eski qurilmalarni ta’mirlagan va yirik kommunikatsiya kompaniyalariga katta narxga sotib yuborgan. Shunday ekan nimanidir tashlab yuborish yoki voz kechishdan avval ushbu buyum yoki qurilma nimaga yarashi va qanday maqsadda foydalanish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Oqimga qarshi suzing va raqiblar bilan ishlang
Raqobat bu yangi hamkorlik demak. Gavjum mashinalar kesib o‘tadigan yo‘l yuzida ketma-ket yoqilg‘i quyish shoxobchalari yoki bir-biriga o‘xshash tovar sotadigan do‘konga ko‘zingiz tushsa ajablanmang. Texas shtatidagi Ancira-Winton Chevrolet avtosaloni boshqaruvchisi kichik Ernesto Ansiro, raqobatchilar bir-biriga ko‘maklashadi, deb hisoblaydi. U krizis vaqtida Texas avtomobil dillerlari uyushmasidagi raqobatchilar bilan maxsus takliflar hamda mijozlar uchun qo‘shma tadbirlar ustida faoliyat olib borgan. Natija esa kutilganidan ham a’lo bo‘lgan, bunga eng asosiysi mijoz va sotuvchi o‘rtasida ishonch paydo qilishga muvaffaq bo‘lgani sabab bo‘lgan.
Manba