Salomatlik Ayollar uchun Qanday qilib dunyoning eng badavlat kishisiga aylanish mumkin: Jeff Bezosdan muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha 10 tavsiya

Qanday qilib dunyoning eng badavlat kishisiga aylanish mumkin: Jeff Bezosdan muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha 10 tavsiya

O'qildi: 339


Qanday qilib dunyoning eng badavlat kishisiga aylanish mumkin: Jeff Bezosdan muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha 10 tavsiya

Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos sayyoraning eng badavlat kishilari ro‘yxatidan o‘rin olgan. 2020-yilga qadar biznesida faqatgina o‘sish va muvaffaqiyat kuzatilgan ishbilarmonning biznes bilan shug‘ullanishni istovchilar faoliyatida qo‘l keladigan tavsiyalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Vanity Fair

Aqlga emas, yurakka quloq soling

Ko‘pincha aql maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qiladigan yo‘l ko‘rsatishi mumkin. Masalan, biron narsa boshlashdan avval ehtiyot bo‘lish kerakligini uqtiradi. Yurak botirlikka va amalga oshirishga undashi, aql esa bunga yo‘l qo‘ymasligi mumkin. Biror narsaga erishishdan avval tajribangiz yo‘qligidan tashvishlanmang, asosiysi, eplay olishingizga ishoning va o‘zingizni sinab ko‘rishdan cho‘chimang. G‘alabaga erishish uchun tavakkal qilib ko‘rish kerak.

Hech qachon afsuslanmang

Biznesda ortga qarab vaqt sarflamasdan, olg‘a intilishni bilish muhim. Afsus va armonsiz odam bo‘lmaydi, ammo hayotingizga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan fikrlar oldingizdagi ochilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymang. Ortga faqat maqsadlaringizga erishganingizdan so‘nggina qarang, unga qadar hayotingizda afsusga o‘rin bo‘lmasin.

Mahsulot yoki loyihaga e’tibor jalb qiladigan nom qo‘ying

Ko‘pincha mahsulot uning nomi va u bilan bog‘liq tafsilotlar bilan diqqatga sazovor bo‘ladi. Mahsulot nomining noaniq yoki mujmalligi esa uning do‘kon peshtaxtasida chang bosib yotishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Qiziqish ortishi uchun potensial mijozlarda hayrat uyg‘otadigan, kamida bu nima ekan deb qarashga undaydigan nom tanlashingiz kerak.

Sifat muhimligini unutmang

Biznesda kimlarningdir haq-huquqlari uchun kurashishingiz unchalik muhim bo‘lmasligi mumkin, ammo sifat bilan bog‘liq masalaga yuzaki qaramaslik kerak. Siz ishlab chiqargan mahsulot iste’molchi ehtiyojiga javob berishi — istalgan biznesda muvaffaqiyatga erishishning garovi.

Mahsulotni marketingdan muhimroq biling

Mahsulotning sifatli va yaxshi bo‘lishiga e’tibor va mablag‘ qancha ko‘p sarflansa, unga bo‘lgan talab va xarid qilishga bo‘lgan xohish shuncha ko‘p bo‘ladi. Mijozlar sizning reklama va piaringiz yaxshi ekanligi uchun emas, mahsulotingiz boshqalardan ajralib turgani uchun murojaat qilsin. Kompaniyangiz marketing strategiyasi zo‘r, ammo mahsulot talabga javob bermaydigan bo‘lsa, biznesingiz uzoqqa bormaydi.

Mijozlar xohishi va qiziqishidan kelib chiqib yondoshing

Iste’molchi va mijoz ehtiyojlarini inobatga olish biznesning asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi. Odamlar nimani xohlayotgani, ularning mahsulot haqidagi fikri va takliflari qandayligi bilan qiziqing. Ular tomonidan berilgan baho va mulohazalar ijobiy bo‘lsa, minnatdorchilik bildirishni unutmang. Mijozlarining fikri va qarashlarini inkor qilib, faqat daromadni ko‘zlagan biznes ishonch bilan birga mijozlarini ham yo‘qotadi.

Sifatli mahsulotga odamlar xarid qilishga qurbi yetadigan narx qo‘ying

Sevimli narsa va buyumlarini ishlab chiqarishga aslida qancha mablag‘ sarflanishidan xabar topgan odamlar ko‘pincha hayron qoladi. Ba’zi tovarlar tayyorlanish jarayoni va kam uchraydigan materiallardan ishlangani sabab qimmat bo‘ladi. Ammo ko‘p hollarda ishlab chiqarishga unchalik ko‘p mablag‘ sarflanmaydi, narxning qimmatlashishi esa chakana savdo bilan shug‘ullanadigan savdogarlar hisobiga bo‘ladi. Shu sabab raqobat muhitida mahsulotingizga chakana savdo qiladiganlarga nisbatan arzonroq narx belgilaganingiz yaxshi.

Loyiha yoki mahsulotingizda o‘ziga xoslik bo‘lsin

Aksari tadbirkor va biznesmenlar ishlab chiqarishda yangilik kiritishda ko‘ra tayyor amaliyotni qo‘llashni va ko‘chirib olishni afzal biladi. Siz esa boshqalardek bo‘lmang. Mahsulotingizda o‘ziga xoslik mujassam bo‘lsin(Bezos Amazon’ga qadar onlayn savdo deyarli mavjud bo‘lmaganini ta’kidlaydi).

Ishingizni ishtiyoq bilan bajaring

Jarayon qiziq bo‘lishi uchun ishingizni bajonidil bajarayotgan bo‘lishingiz kerak. Ishtiyoqsiz biznes mexanik va jonsiz bo‘lib qoladi va ish zavq oladigan jarayon emas, shunchaki pul topish uchungina qilinishi kerak bo‘lgan majburiyatga aylanadi. Alal-oqibat hayotingiz ishga borish va kelishdan, kun chiqishi va kun botishini kutishdan iborat, mazmunsiz ketma-ketlik bo‘lib qoladi.

Tavakkal qilishdan qo‘rqmang

Hatto muvaffaqiyatsizlik kutilishiga qaramay, ba’zida ishga bosh bilan sho‘ng‘ishga to‘g‘ri keladi. Eng yomoni, har qanday biznesda omadsizlik va kutilmagan natijaga duch kelish mumkin. Avval sizda bo‘lmagan narsalarga erishish uchun oldin qilib ko‘rmagan ishlarni bajarishga tayyor bo‘lishingiz kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.