Salomatlik Ayollar uchun Kundalik odatlardan qay biri asabiylashishning oldini olishi mumkin?

Kundalik odatlardan qay biri asabiylashishning oldini olishi mumkin?

O'qildi: 254


Kundalik odatlardan qay biri asabiylashishning oldini olishi mumkin?

“Jv.ru” saytining ma’lum qilishicha, turmush tarzini to‘g‘rilash orqali sog‘liqdagi ko‘plab psixologik muammolarning oldini olish mumkin. Ushbu odatiy yumushlarni tinchlanishga va asabiylashishning oldini olishga yordam beradigan holatda amalga oshirish tavsiya etiladi.

Foto: “Jv.ru”

Kunni ijobiy kayfiyatda boshlash

Buning uchun inson o‘ziga alohida vaqt ajratishi zarur. Buni amalga oshirmasdan avval uy tozalash, ish joyi, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarga kirmaslik tavsiya etiladi. Inson o‘ziga yoqadigan bir necha daqiqalik jismoniy mashqlar yoki kitob o‘qish kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi kerak. Kunning dastlabki 20-30 daqiqasida aynan nima shug‘ullanish muhim emas, bu faqatgina ilhom berishi uchun kerak bo‘ladi. Shu yo‘sinda boshlangan kun quvvatni oshirishga yordam beradi. Shuningdek, qiyin vaziyatlarda xotirjamlikni saqlab qolish uchun ham foydalidir.

Stressni yengillashtiradigan vositalar

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ishxona yoki sumkada stressni yengillashtirishda yordam beradigan vositalarni saqlash kerak. Bu esa o‘z vaqtida dam olishga yordam beradi. Bunga sevimli efir moyi qutisi, mazali choy yoki tinchlantiruvchi qo‘l kremi misol bo‘la oladi.

Ish vaqtida tanaffus qilish

Bu ruhiy sog‘lomlik uchun ham juda muhim. Ish vaqtida tanaffusga vaqt ajratish kerak. Buning uchun chuqur nafas olish, yelka, oyoq va qo‘llarni his qilish kerak. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan deraza oldiga borish amaliyoti ham samara beradi. Bu holatlar kayfiyatni ko‘taradi va yoqimsiz fikrlardan chalg‘ishga yordam beradi. Ammo tanaffusni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazish bu salomatlik uchun jiddiy zarar keltiradi.

15 daqiqa xotirjamlik amaliyotini o‘tkazish

Mutaxassislar tavsiya qilishicha, kun davomida 15 daqiqa ko‘zni yumgan holda nafas olishni nazorat qilish stressni yengishda samarali usul hisoblanadi. Buning uchun 15 daqiqani uch qismga bo‘lgan holda mashqni kun mobaynida amalga oshirish zarur. Ehtimol, bu qiyin tuyulishi, fikr chalg‘ib ketishi mumkin. Ammo xavotir olishning keragi yo‘q. Ushbu jarayon muntazam amalga oshirilsa, ijobiy ko‘rsatkichlar namoyon bo‘ladi.

Kun davomida iloji boricha “ekranlarsiz ishlash”

Ko‘pincha insonlarga uxlashdan oldin smartfon yoki televizor ko‘rmaslik tavsiya qilinadi. Ammo kun davomida ushbu qurilmalardan foydalanishni cheklash yanada samaraliroq bo‘ladi. Bunday vaqtda o‘z-o‘zidan insonda ortiqcha soatlar paydo bo‘ladi. Undan esa kitob mutolaasi, ijodkorlikni rivojlantirish va diqqatni jamlash uchun unumli foydalanish zarur. Bir hafta ichida har qanday inson o‘zidagi o‘zgarishlarni seza boshlaydi. Hayotni yanada yengil va qulay bo‘lishi uchun ushbu maslahatlarga amal qilish tavsiya etiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.