Salomatlik Salomatlik Made in India: koronavirusning “hindcha” shtammi odatdagi koviddan nimasi bilan farq qiladi?

Made in India: koronavirusning “hindcha” shtammi odatdagi koviddan nimasi bilan farq qiladi?

O'qildi: 304


Made in India: koronavirusning “hindcha” shtammi odatdagi koviddan nimasi bilan farq qiladi?

Yangi tur — COVID-19 mutatsiyalaridan biri bo‘lib, u delta shtamm ham deyiladi. Birinchi marta JSST mazkur shtamm haqida 2020-yilning oktabr oyida ma’lum qildi, 2021-yilning iyun oyigacha dunyoning 90 dan ortiq mamlakatida ushbu shtamm qayd etilgan.

Foto: Getty Images

Barcha viruslar mutatsiyaga uchraydi. Biologik nuqtayi nazardan bu normal holat. Xuddi shunday COVID-19 ni keltirib chiqargan SARS-CoV-2 virusi ham o‘zgarib bormoqda. Mutatsiyaning bu variantining eng yoqimsiz tomoni shundaki, u virusning boshoqli oqsiliga ta’sir qilgan(S-oqsil), buning natijasida u hujayralarga kiradi. Bu mutatsiyalar uning yuqori tezlikda tarqalishiga imkon beradi va virusga immunitet tizimining bir qismini chetlab o‘tishga yordam beradi.

Koronavirusning “hindcha” shtammi odatdagidan nimasi bilan farq qiladi, u qanday rivojlanadi va undan himoyalanish mumkinmi?

Kattalarda uchraydigan koronavirusning “hindcha” shtammi belgilari va uning farqlari:

  • U avvalgi variantlarga qaraganda yuqumliroq va tez tarqaladi. Virus odamdan odamga faol yuqadi va kasallikning og‘ir shakliga tez aylanadi.
  • Inkubatsiya davri qisqa. Agar “Uxan” virusi uchun 7-14 kun bo‘lsa, “hindcha” shtamm uchun 3-4 kun yetarli.
  • Tanada kasallik qo‘zg‘atish davri 13-15 kun, boshqa turlar uchun 7-9 kun.
  • Jiddiy asoratlari: kasallanganlarda tromb hosil bo‘lish ehtimoli ko‘proq, bu insult, gangrena va o‘pka emboliyasining rivojlanish xavfini oshiradi.
  • Kasallanganlar orasida bolalar va o‘smirlar sezilarli darajada ko‘p.
Delta mutatsiyasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u deyarli yo‘tal keltirib chiqarmaydi, bemorda normal yoki past darajali(37,1-38)harorat bo‘lishi mumkin, lekin bu holatda ham o‘pka qattiq zararlanishi mumkin. Hid va ta’m bilish sezgisi yo‘qolishi kam uchraydi. Odatda kasallik zaiflik, og‘ir bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i, burun oqishi bilan boshlanadi.

Koronavirusning “hindcha” shtammining o‘ziga xos belgilari orasida quyidagilar qayd etilgan: ko‘pchilikda u qorinda noqulaylik, ko‘ngil aynishi va diareya bilan davom etadi. Aynan mana shu vaqtda bemor kovidni sezmaydi va ijtimoiy faol hayot tarzini davom ettiradi, bu esa infeksiya tarqalishiga yordam beradi.

Bolalarda kasallik ko‘pincha alomatlarsiz bir necha kunlik yuqori isitma bilan namoyon bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Davolash

Davolovchi shifokorga odamning qanday mutatsiyaga uchraganligi muhim emas, chunki davolash asosan klinik ko‘rinish va birga keladigan patologiyani hisobga olgan holda simptomatik tarzda olib boriladi. Shuning uchun laboratoriyalar(ilmiy laboratoriyalardan tashqari)qaysi shtamm kasallikka olib kelganini aniqlash uchun koronavirusga batafsil tahlil o‘tkazmaydi.

Oldini olish

Delta mutatsiyasidan kelib chiqadigan asoratlarning oldini olishning eng yaxshi yo‘li — vaksinatsiya. Bundan tashqari, ijtimoiy masofa, niqob taqish, qo‘llarni tez -tez yuvishdir.

Mavzuga doir: 

  • CNN: AQSh razvedkasi Uxan laboratoriyasidagi viruslar haqida ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi
  • Olimlar qora sedana koronavirusga qarshi kurashda samarali ekanini aniqladi
  • Koronavirusdan keyin infarkt va insult xavfi oshishi ma’lum bo‘ldi
  • Olimlar koronavirus yuzaga keltiradigan yangi xavfni ma’lum qildi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.