Salomatlik Goʼzallik Foto: Dunyoning eng mashhur “jonli Barbi”lari

Foto: Dunyoning eng mashhur “jonli Barbi”lari

O'qildi: 547


Foto: Dunyoning eng mashhur “jonli Barbi”lari

Bolaligida qo‘g‘irchoq o‘ynagan qizaloqlar hozirda o‘zlari qo‘g‘irchoqqa aylangan. Dunyodagi eng mashhur “tirik Barbi”lar bilan tanishing.

Sindi Jekson

Amerikalik Sindi Jekson eng ko‘p plastik operatsiya qildirgan ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Hammasi Sindi 30 yoshida ega bo‘lgan meros voqeasidan boshlandi. O‘sha paytda u sevib qolgan erkaklar qiz bilan yaxshi muomalada bo‘lmas, uni semiz, xunuk deb tashlab ketardi. Katta miqdordagi merosga ega bo‘lgan Sindi yuzini torttirish va qorin bo‘shlig‘ini liposaksiya qilish, ko‘z qovoqlari, burun va iyakni plastik operatsiya qilish, ko‘krak va lablarni kattalashtirish, qovurg‘alarni olib tashlash, yonoq suyaklarini to‘g‘rilash uchun implantant qo‘ydirish, qalin sochga ega bo‘lish uchun soch follikulalarini ektirish kabi bir qancha jarrohlik muolajalarini qildirgan. Uning “Jonli Barbi” kitobi nashrdan chiqqach esa qiz mediaolamda tanilib, ko‘plab jurnallar muqovasini bezadi. Hozirda 64 yoshli ayol plastik jarrohlik klinikasining rasmiy yuzi hisoblanadi. Sindi tanasining o‘zgarishsiz qolgan yagona qismi — bu pastki labidir.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Valeriya Lukyanova

Asli kelib chiqishi Odessadan bo‘lgan 35 yoshli Valeriya o‘zini ma’buda yoki samoviy mavjudot deb ataydi. Qizig‘i shundaki, tirik Barbi o‘zining tashqi ko‘rinishiga jarrohlar aralashuvini qat’iyan rad etadi. Valeriya hinduizm, meditatsiya va ichki xotirjamlik haqidagi bloglarga qiziqadi, lekin, asosan, model sifatida ishlaydi. Fotosessiya va tadbirlar uchun qiz murakkab makiyajdan foydalanadi, uning so‘zlariga ko‘ra, bunday makiyajni faqatgina uning o‘zi qila oladi. Ammo jarrohlarning aytishicha, Lera qovurg‘alarni olib tashlash, liposaksiya, rinoplastika, heyloplastika, blefaroplastika va yonoq suyaklarini o‘zgartirish kabi operatsiyalarni boshdan o‘tkazgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Hanna Gregori

Britaniyalik talabaning bel aylanasi 55 sm, ko‘zlarini linza yordamida kattalashtiradi. Qizig‘i shundaki, barcha “tirik Barbi”lar orasida Xanna haqiqatan ham hech qanday operatsiya qildirmagan kam sonli qizlardan biri. Qiz Instagram yulduziga aylanishidan oldin olingan fotosuratlarini yashirmaydi va ularda ham tubdan o‘zgarishlar sezilmaydi. Hanna Barbi obrazida odamlardan yashirinish osonroq, deb hisoblaydi, chunki ular faqat qo‘g‘irchoqni ko‘rishadi va u aslida kim ekanligi bilan umuman qiziqmaydi. “Men uyatchan va odamovi bo‘lib ulg‘ayganman, menga doim qo‘g‘irchoqqa o‘xshashim haqida aytishardi. Qo‘g‘irchoq obrazi orqali tashqi dunyo bilan aloqa qilishim osonroq, chunki menda juda ko‘p komplekslar bor”, — deya tan oladi Hanna.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Anastasiya Shpagina

Kasbi vizajist bo‘lgan Anastasiya yoshligidanoq animelarni yaxshi ko‘rgan. Oddiy xobbi bo‘lib tuyulgan narsa shunchalik jiddiylashib ketganki, qiz hatto o‘ziga Nik Fukkatsumi taxallusini o‘ylab topdi va o‘zini “gullar parisi” deb atay boshladi. Plastik jarrohlik yordamida u faqatgina ko‘z shaklini o‘zgartirgan, boshqa barcha narsalar mohirona va juda murakkab makiyaj natijasidir. Uning aytishicha, Anastasiya ertalab soat 5 da turadi, obrazi uchun 2 soatdan ko‘proq vaqt sarflaydi. Anime makiyajsiz u uydan chiqmaydi, go‘zallik salonida ham u faqat anime personaji sifatida ishlaydi. Anastasiya vaqti-vaqti bilan videoblogida makiyaj qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarni bosqichma-bosqich o‘rgatib boradi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Lolita Richi

Kiyevlik qiz 44 santimetrlik belga ega va u ham plastik jarroh aralashuvini butunlay rad etadi. Bundan tashqari, u diyeta qilmasligini va sport zallariga ham qatnamasligini ta’kidlaydi. Lolita — bu uning taxallusi bo‘lib, unga teatr aktrisasi bo‘lgan onasi tanlab bergan. U qizining agenti sifatida fotosuratlarni internetga joylaydi va shu orqali oilaviy biznesini yo‘lga qo‘ygan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Dakota Rouz

Dakota AQShda tug‘ilgan va bolaligidanoq mashhur bo‘lishni orzu qilgan. Bugun uning orzusi amalga oshdi: u internetda mashhur bo‘lib, uni doimiy ravishda suratga olish va namoyishlarda ishtirok etishga taklif qilishadi. Plastik jarrohlar operatsiya qildirganini inkor etadigan Dakotani bir necha bor fosh etishga urinishgan, ammo hech kim qiz operatsiya qildirganini isbotlay olmagan. Doimiy parhezlar, malakali makiyaj va mohirona fotoshop: Dakota tashqi ko‘rinishini kosmetika va kompyuter yordamida to‘g‘rilashini yashirmaydi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Alina Kovalevskaya

Alina quyosh nurlari ostida yurmaydi, teri rangini saqlab qolish uchun foydali mahsulotlar iste’mol qiladi, oqsil, yog‘ va uglevodlar balansiga amal qiladi. Shuningdek, u sochlarini vaqti-vaqti bilan yangilaydi, chunki qizning aytishicha, haqiqiy sochlari u qadar ko‘rkam emas. Biroq boshqa tirik qo‘g‘irchoqlardan farqli ravishda Alina o‘zining tashqi qiyofasi yordamida pul ishlash va model bo‘lishni xohlamaydi: qiz institutni tugatib, mutaxassisligi bo‘yicha ishlashni rejalashtirmoqda. Lekin qaysi yo‘nalish bo‘yicha ekanligini oshkor qilmaydi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan





Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.