Salomatlik Ayollar uchun Ertalab oson va tetik uyg‘onish uchun nima qilish kerak?

Ertalab oson va tetik uyg‘onish uchun nima qilish kerak?

O'qildi: 320


Ertalab oson va tetik uyg‘onish uchun nima qilish kerak?

Bugungi davrga kelib to‘g‘ri va to‘liq uyqu muammoga aylangan. Kundalik ish va tashvishlar, grafikdagi o‘zgarishlar sabab har kuni muayyan bir vaqtda uyquga yotib 8 soat uxlash imkonsizdek. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, bahorgi lokdaundan keyin ahvol yana ham yomonlashgan, stress va uzoq vaqt uyda o‘tirish sabab kishilarning hayot tarzi va amal qiladigan rejimi butkul o‘zgarib ketdi.

Foto: Trend HunterTunda organizm tiklanishi va kuch yig‘ishi uchun vaqt kerak bo‘ladi hamda bu o‘rtacha 7-8 soatni tashkil qiladi. Ammo bir narsani ham yodda tutish kerak, nafaqat kam balki me’yoridan ko‘p uxlash ham salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu vazn ortishi, teri bilan bog‘liq muammolar va diqqatning kamayishiga olib kelishi mumkin. Olimlarning aniqlashiga qaraganda, faqatgina uyquning davomiyligi emas, qaysi vaqtda uxlash ham ahamiyatli hisoblanadi. Uyquga ketish, tiniqib uxlash va oson uyg‘onish bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Olimlarning fikricha, tungi soat 10 dan 11 gacha bo‘lgan vaqt ideal hisoblanadi. Bu vaqtda stress gormoni — kortizol kamayib, uyqu gormoni melatonin ko‘proq ishlab chiqarilayotgan bo‘ladi. Ma’lumotlarga qaraganda, aynan ushbu vaqt oralig‘ida uyquga yotgan kishilar tongda o‘zini tetik va tiniqib dam olgandek his qiladi.

Shunga qaramasdan, bu hammaga ham birdek samara bermasligi mumkin. Agar siz juda ham kech uxlashga odatlangan bo‘lsangiz, soat 10 da uxlolmasligingiz ehtimoli katta va urinish uyqusizlik hamda tongda yomon ahvolda uyg‘onish bilan yakun topishi mumkin. Bunda uyqu sikliga e’tibor qaratish kerak. Bir sikl 90 daqiqa davom etadi va mutaxassislar uyqu vaqti bir qancha to‘laqonli sikldan iborat bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Sikl buzilsa, uyqu sifatsiz bo‘ladi va tongda uyg‘onish qiyinchilik keltirib chiqaradi. Aynan shu sabab ham, tushlik vaqtida uxlash haqida yanglish tushuncha kelib chiqqan. Aslida esa biroz mizg‘ib olish zarar qilmaydi, aksincha kunning ikkinchi qismi davomida kuch va energiyaga to‘la bo‘lishingizga sabab bo‘ladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.