Bir yil davomida hech narsa sotib olmay, uy uchun pul yig‘gan bloger ayoldan maslahatlar
Lana Joanna Jarvis taniqli bloger bo‘lib, u oilaviy budjet va mablag‘ni tejash bo‘yicha bir qancha maslahatlar beradi. Bloger 2019-yilni “xaridsiz bir yil” nomi ostida o‘tkazdi. Bu maqsadsiz xarid, xarid uchun sayohat va dam olish uchun savdo markazlarida do‘stlar bilan aylanishni anglatadi. Qilingan xarajatlar esa faqatgina kerakli bo‘lib, yil oxiriga kelib esa Lana salkam 35 ming dollar tejadi. Bu orzudagi uyning bir qismini to‘lash uchun yetarli edi.
Foto: The MirrorLara agar hali ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarni tejashga imkon topa olmaganlar uchun ortiqcha pul sarflamaslikka yordam qiluvchi 5 ta maslahat berib o‘tdi:
30 kunlik kutish qoidasi
Foto: “Domashniy ochag”Agar do‘konda biror buyum yoqib qolsa, plastik kartasini ochishga shoshmaslik zarur. Buyum chindan ham zarur bo‘lsa, o‘ylab ko‘rish uchun 30 kun muhlat tayinlash kerak. So‘ngra bir oy mobaynida mazkur buyum istaklar ro‘yxatiga kiritib borilsin. O‘tgan vaqt mobaynida ham istak o‘zgarmasa, demak, uni xarid qilish mumkin.
Ushbu qoida keraksiz sarf-xarajatlarning oldini oladi. Laraning aytishicha, ko‘pincha inson vaqt o‘tib xarid qilgan narsasiga muhtoj emasligini anglaydi. Ba’zida kayfiyatni ko‘tarish uchun ham ko‘ylak sotib olish mumkin. Lekin keyinchalik uning keraksizligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ovqatlanish rejasi
Foto: “Domashniy ochag”Avval ovqatlanish rejasi tuziladi va bir oylik mahsulotlar oldindan sotib olinadi. Sifati tez buziladigan masalliqlarni har hafta xarid qilgan ma’qul. Bu har tomonlama tejash imkonini beradi. Ulgurji sotib olingan mahsulotlar uyda bo‘lganidan so‘ng, ularni do‘konma-do‘kon izlashga ortiqcha vaqt sarflanmaydi.
Ovqatlanish rejasini tashkil etishning yana bir sababi shundaki, u stressni yengillashtiradi. Sovutgich hamisha to‘la va tushlik yoki kechki ovqat uchun nima tanovul qilinishi ma’lum. Shu tarzda pul, vaqt va salomatlikni asrash mumkin.
Naqd pul foydaliroq
Foto: “Domashniy ochag”Naqd pul orqali to‘lov qilish hamisha tejamkorlikni keltirib chiqaradi. Xaridor bu borada qancha pul sarflaganini aniq bilib turadi va aqchalarga e’tiborsiz bo‘lmaydi. Plastik kartochka orqali qilingan to‘lovga odatda insonlar unchalik ham ahamiyat bermaydi va pullarni shu darajada oson sarflab yuborilganini ham sezmaydi.
Yoqtirgan libosda suratga tushish
Foto: “Domashniy ochag”Garderob to‘la kiyim bo‘lsa-da, go‘yoki kiyadigan hech qanday libos yo‘qdek tuyuladi. Shuning uchun ham tez-tez kiyim do‘koniga tashrif buyurish kuzatiladi. Lara esa shkafni butunlay nazoratga olish va yoqtirgan liboslarni kiyib, suratga tushishni tavsiya qiladi. Bu orqali shkafda tuzukroq kiyim yo‘qligini bahona qilgan vaqtda, telefondagi suratlar orqali inson o‘ziga yarashgan liboslarni tanlashi oson hamda samarali.
“Nega” degan savolga javob
Foto: “Domashniy ochag”Agar insonda katta maqsadlar bo‘lmasa, demak, unga motivatsiya yetishmaydi va bu tejamkorlik haqidagi maslahatlar befoyda. Avval nimaga erishish uchun tejamkorlikni boshlashni aniqlab olish zarur. Bu balki smartfon, mashina, sayohat yoki uy uchun to‘lov bo‘lishi mumkin. Ana shu orzuni tasavvur qilish va shunga o‘xshash suratni xonaga osib qo‘yish tavsiya etiladi.
Manba