Salomatlik Ayollar uchun Yangi yilning avvalida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 7 ta muhim ish

Yangi yilning avvalida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 7 ta muhim ish

O'qildi: 329


Yangi yilning avvalida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 7 ta muhim ish

Yangi yilda barcha o‘zgarishni istaydi, shuning uchun eski yil so‘ngida reja va maqsadlar tuzib, uni, albatta, amalga oshirishga o‘z-o‘ziga va’da beradi. Ammo bayram ziyofati, tonggacha uxlamaslik va ko‘p taom iste’mol qilish natijasida kirib kelgan yilning birinchi kunidanoq belgilangan tartib-qoidalarni buzish boshlanadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Kunni sog‘lom nonushta bilan boshlash

1-yanvar kechagi ziyofatdan qolgan salat va bir qancha yeguliklar iste’mol qilinadigan an’anaviy kun hisoblanadi. Ammo ushbu an’anani buzgan holda, mayli kech bo‘lsa-da, kunni sog‘lom nonushta bilan boshlash tavsiya etiladi. Butun oila davrasida meva va sabzavotlardan tayyorlangan vitaminlarga boy nonushta tayyorlashga harakat qilish kerak.

Yangi faoliyat turini boshlash

Biror sport turi bilan har bir inson muntazam ravishda shug‘ullanishi kerak. Yil davomida o‘zingiz uchun qiziq bo‘lmagan sport turi bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bayramdan so‘ng ta’til davomida qiziqarli sport turi yoki boshqa foydali mashg‘ulot tanlash imkoni mavjud.

Meditatsiya dasturini yuklash

Meditatsiya — stressni yengish uchun eng yaxshi usul. U orqali tushkunlikka tushish va surunkali og‘riqlarni yengish mumkin. Buning uchun meditatsiya dasturlarini iloji boricha ertaroq yuklab olish tavsiya etiladi.

Kichikroq maqsad sari intilish

Ko‘pchilik oldiga qo‘ygan katta maqsadiga erisha olmasa, keyinchalik u tashvish yoki tanqidga sabab bo‘ladi. Shuningdek, maqsadlar kundalik rejalarga asoslangan va amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lsa, yanada yaxshi. Unga tezroq yetishish va bundan mamnun bo‘lish hissiyoti esa har qanday kishiga mislsiz energiya baxsh etadi.

Shukronalik ro‘yxatini tuzish

Dekabr oyida yil natijalari sarhisob qilinadi, qishki ta’tilda esa kimlarga va nimalar uchun minnatdorlik bildirish kerakligini yozib chiqish mumkin. Bundan tashqari yangi yildan boshlab har kuni uxlashdan avval kichik va arzimas bo‘lsa-da, kun davomida bo‘lib o‘tgan voqealarga nisbatan shukronalik ro‘yxatini tuzishni unutmaslik kerak.

Hordiq chiqarish

Ta’til hordiq chiqarish uchun bo‘lmasa, nima uchun kerak?Yangi yildan boshlab to ta’til tugagunga qadar avvalgidan ko‘ra ko‘proq, kunduzi kamida 40 daqiqa uxlash kerak. Bu nafaqat sog‘liq uchun foydali, balki kayfiyatga ham ta’sir qiladi.

Do‘stlar bilan uchrashuv

Ta’til do‘stlar bilan uchrashuv tashkillashtirish uchun eng qulay vaqt. Bunday vaqtda ish yoki boshqa muammolar bezovta qilmaydi. Albatta, bu kabi uchrashuvlar zararli ichimliklarsiz, ayniqsa, tabiat qo‘ynida bo‘lsa, yillik charchoqlar o‘rnini tetiklik egallaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.