Salomatlik Ayollar uchun Paltolarni to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 5 ta oddiy maslahat (foto)

Paltolarni to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 5 ta oddiy maslahat (foto)

O'qildi: 264


Paltolarni to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 5 ta oddiy maslahat (foto)

Sifatli hamda urfga mos palto tanlash aslida qiyin. Keyinchalik ularni to‘g‘ri saqlay olish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi. Paltolarni hamisha yangi va yaxshi ko‘rinishda saqlab qolish uchun quyidagi oddiygina 5 ta maslahat foydali bo‘lishi mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Kuchli qor va yomg‘irdan so‘ng paltolar ham ho‘l bo‘lishi tabiiy. Uni quritish uchun esa biroz osib qo‘yish kifoya. Agarda namlik o‘ta yuqori darajada bo‘lsa, namlikni yutadigan qog‘oz sochiqlar ustiga qo‘yib chiqib, so‘ngra osib qo‘yish kerak.

Foto: Cosmopolitan

Paltoga qahva yoki boshqa bir suyuqlik to‘kilib ketsa, o‘sha zahoti uni tozalash kerak. Buning eng yaxshi usuli esa kimyoviy tozalash xizmatlariga murojaat qilish. Unga qadar sovunli suv bilan ham tozalash mumkin. Lekin bu unchalik ham samara bermaydi. Aralashma to‘g‘ridan to‘g‘ri zararlangan joyda qo‘llanilishi kerak. Shundan so‘ng changdan tozalaydigan uskunada tozalash zarur. Agar palto matosi juda tez chang tortsa, unda yopishqoq yuzaga ega cho‘tka yordam beradi.

Foto: Cosmopolitan

Palto yuzasida muntazam ishqalanish uning matosida dumaloq to‘pchalar paydo bo‘lishiga yoki sitilishiga ham olib keladi. Kichkina dumaloq mato to‘pchalarini tozalovchi maxsus qurilma mavjud bo‘lib, undan foydalanish paltoni yana avvalgi holatiga qaytaradi. Shuningdek, qaychidan ham foydalanish mumkin, ammo bu biroz ko‘p vaqtni oladi va to‘satdan palto matosiga zarar yetkazish ehtimoli ham mavjud.

Foto: Cosmopolitan

Jun matoli palto deyarli g‘ijim bo‘lmaydi. Agarda unda qandaydir burmalar hosil bo‘lsa, namlik yuqori bo‘lgan xonaga ilib qo‘yish zarur. Masalan, hammomda kun davomida namlik yuqori bo‘lsa, u yerga ilish tavsiya etiladi.

Foto: Cosmopolitan

Jun matoli paltolarni dazmollash mumkin, faqatgina doka bilan. Agar palto ustida chiziqlar paydo bo‘lsa, uni paxta bilan artish yoki dazmol bug‘ida ushlab turish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.