Ingliz tilini tez va oson o‘rganishga yordam beradigan dasturlar
Turli ilova va dasturlar sabab ingliz tilini o‘rganish avvalgidek mushkul emas. Qo‘l telefonidan to‘g‘ri foydalanishni bilish va mustaqil izlanish orqali, repititorga borish, pul sarflashga hojat yo‘q. Xohish va intilish bo‘lsa kifoya. Quyidagi dasturlarni yuklab olish orqali yangi so‘zlar, ularning talaffuzi va grammatikani o‘rganishingiz, mashq va testlarni bajarish orqali esa bilimingizni mustahkamlab borsangiz bo‘ladi.
Quizlet
Foto: People TalkUshbu dasturda yangi leksik kartochkalarni tashkil qilishingiz yoki tayyor boshqa foydalanuvchilarnikidan foydalanishingiz mumkin. Imtihon yoki testga tayyorlanishi kerak bo‘lganlar uchun qulay bo‘lgan ushbu ilovada so‘zlar transkripsiyasini ko‘rish hamda ularning to‘g‘ri talaffuzini tinglash imkoniyati mavjud.
Simpler
Foto: People Talk
Ushbu ilovada yangi so‘zlarni mustahkamlash imkoniyati, grammatik qoidalar, matnni tinglash hamda boshqa ko‘plab qulayliklar mavjud. Til o‘rganishni boshlayotganlar uchun ushbu ilovadan foydalanish tavsiya qilinadi.
Skyeng
Foto: People TalkSkyeng ingliz tilini repititor orqali o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun onlayn-maktab. Ushbu ilovadan mustaqil foydalanish yoki individual tarzda o‘qituvchi bilan birga shug‘ullanish mumkin. Qay birini tanlash foydalanuvchining istak va xohishiga bog‘liq.
VocApp
Foto: People TalkUshbu ilovadan foydalanishni boshlaganlarga ertalabdan kun so‘zi xabar bo‘lib keladi, keyinroq esa ma’nosi va to‘g‘ri foydalanish uchun ushbu so‘zni turli gaplarda qanday qo‘llanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
EWA
Foto: People TalkKitob va tayyor tarjima orqali til o‘rganishga yordam beradigan qulay ilova. Har bir foydalanuvchi ingliz tilini bilish darajasiga muvofiq tarzda o‘ziga to‘g‘ri keladigan o‘rganish usulini tanlashi hamda kitoblarni audio orqali tinglashi mumkin. Bu so‘zlar talaffuzini bilish va qanday ifoda etilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishga ko‘maklashadi.
Manba