Salomatlik Ayollar uchun Bolani uzoq vaqt davomida uxlata olmaslikning 3 sababi

Bolani uzoq vaqt davomida uxlata olmaslikning 3 sababi

O'qildi: 267


Bolani uzoq vaqt davomida uxlata olmaslikning 3 sababi

Yarim kechaligi, bir qancha usullardan foydalanilganiga qaramay, bolangiz uxlashni istamasligi, yig‘lashi va xarxasha qilishiga turli omillar sabab bo‘lishi, shunchaki siz buni payqamayotgan bo‘lishingiz mumkin.

Foto: Freepik

Juda ham erta uxlatasiz

Vaqtga emas, bola hali charchamaganida, tetik vaqti uxlatishga urinishga taalluqli. Avvallari soat tushki 11 dan 13 gacha uxlagani bolaning bundan buyon ham shu vaqtda uxlashini bildirmaydi. Chunki boladagi o‘sish jarayoni sabab bedorligi avvalgidek bo‘lmasligi mumkin. Onalar bunga e’tibor bermagan vaqtda bola o‘sayotgani sabab o‘ynashga ko‘proq, uxlashga esa kamroq vaqt sarflashi mumkin.

Qanday qilib tushunish mumkin?

Bolalar uyqusi bo‘yicha mutaxassislar bola charchaganini o‘zini tutishi singari alomatlardan bilib olish mumkinligini ta’kidlaydi. Bolaning sababsiz yig‘lashi, xarxasha qilishi, ko‘zini ishqalashi va harakatchanligi kamayishi charchagani va uxlashni istayotganidan darak beradi. O‘sayotgan bolada bu belgilar o‘zgarishi, onalar esa avvalgi belgilarga qarab ish tutishga odatlangan bo‘lishi mumkin. Bir yoshgacha bo‘lgan davrda bola tez o‘sishi, o‘zgarishi va faollashishi, bu esa uyqu va uyg‘oqlik rejimiga ham ta’sir qilishi mumkin.

Yana bir sabab uyg‘oqligida qanchalik charchagani

10 oylik bola uyqu orasida 3-4 soat sayr qilishi mumkin. Ammo aslida yetarlicha faol bo‘lgan, emaklash, turish, o‘yinlarga qiziqqan bolani onasi mazkur 3 soat davomida aravachaga yotqizib, ko‘cha aylantirib yurishi bola esa qimirlamay atrofni tomosha qilish bilan cheklanishi mumkin. Uyqu vaqti kelganiga qaramay, avvalroq yetarlicha jismoniy toliqmagani sabab bolaning uxlashi qiyinlashib ketishi mumkin. Uxlagan taqdirda ham, uyqu vaqti qisqa va notinch bo‘lishi mumkin.

Qanday yechim topish mumkin?

Yoshga bog‘liq uyqu me’yorini yodda tutish, nafaqat charchash alomatlari va soatga qarab ish tutish kerak. Qolaversa, bola uyg‘oqligida vaqtini samarali va jismoniy faol o‘tkazishiga e’tibor qaratish kerak.

Juda kech yotqizish

Yuqorida ta’kidlanganidan farqli ravishda, bola me’yoridan ko‘proq uyg‘oq bo‘ladigan bo‘lsa ham, uxlashi qiyin bo‘lishi mumkin. Keragidan qo‘shimcha vaqt davomida bola organizmi kompensatorlik mexanizmini ishga tushirishi, asab tizimi karusel singari ishlab ketishi mumkin. Shu sababdan, eng asosiysi, rejimga rioya qilish kerak.

Ammo uyqu vaqti o‘tib ketadigan bo‘lsa, quyidagilardan foydalaning:

  • Xonaga yorug‘lik tushmasligini ta’minlang.
  • Shovqin bo‘lmasin.
  • Mahkam bag‘ringizga bosib, qo‘lingizda allalang.
  • Suv muolajalari ham yaxshi samara beradi, bola tanasini mochalka yordamida yengil harakatlar bilan siypalang.
Noto‘g‘ri uxlatayotgan bo‘lishingiz mumkin

Uchinchi sabab rejimga emas, onaning uxlatish uchun tanlagan usuli bilan bog‘liq. Siz qo‘lingizda ko‘tarib allalaganingizda bola xarxasha qilaversa, demak bu unga yoqmayotganini bilish mumkin. Bunday vaqtda siz uni uxlashga majburlamasdan, boshqa yo‘l tutib ko‘rishga urinishingiz kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.