Salomatlik Bolalar Farzandimizga imtihon topshirishda yordam beramiz

Farzandimizga imtihon topshirishda yordam beramiz

O'qildi: 360


Farzandimizga imtihon topshirishda yordam beramiz

“Ekzamen”, ya’ni “imtihon” so‘zi lotinchadan “sinov” deb tarjima qilinadi. Ko‘pchilik bolalar uchun imtihonlar aynan sinovga aylanadi. Bunday davrda siz farzandingizga qanday yordam berishingiz mumkin?

Foto: Flickr
  1. Imtihonlar boshlanishidan ancha oldin bola bilan aynan nimalardan topshirmoqchi, qaysi fanlar unga qiyinroq tuyulishi va uning sabablari to‘g‘risida gaplashib oling. Bu ma’lumot tayyorlanish rejasini birgalikda tuzishga yordam beradi.
  2. Bola bilan birga uning “unumli soatlari”ni aniqlab oling. Qiyin mavzularni unumlilik yuqori bo‘lgan soatlarda o‘rganish ma’qulroq.
  3. Bola bilan imtihon arafasida kechqurun tayyorlanishni to‘xtatish, sayr qilish, yuvinish va o‘z vaqtida yotib uxlash to‘g‘risida kelishib oling. Oxirgi 12 soat bilimni emas, balki organizmni tayyorlashga sarflanishi kerak.
  4. Dam olish kunlari bolaga imtihon topshirishni repetitsiya qildiring. O‘tirg‘izing va imtihondagidek vaqt belgilang. “Imtihon” tamom bo‘lgandan keyin u bilan birgalikda vazifaning to‘g‘ri bajarilganini tekshiring. Xatolarni to‘g‘rilashga harakat qiling va ular nima uchun paydo bo‘lgani haqida fikrlashib oling.
  5. Bolaning tayyorlanish vaqtida muntazam ravishda qisqa tanaffuslar qilib turishiga e’tibor bering.
  6. Bolaning imtihonda oladigan bahosi to‘g‘risida xavotirlanmang va imtihondan keyin bolani tanqid qilmang. Bolani imtihonlar bahosi uning imkoniyatlarining haqiqiy o‘lchovi emasligi to‘g‘risidagi fikrga ishontiring.
  7.  Bolalarga dalda bering, ularning qilgan yaxshi ishlarini maqtang.
  8. Bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiring, chunki bola omadsizlikdan qancha ko‘p qo‘rqsa, xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli shuncha kattaroq bo‘ladi.
Manba: “Lyceum.com”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.